1. Xalqaro ayirboshlashning nazariy asoslari. Xalqaro savdo rivojlanishining zaruriyati va tashqi savdo operatsiyalari
GATT/JST doirasida amalga oshirilgan muzokaralar evolyutsiyasi
Download 365.68 Kb.
|
Tema2
2.6. GATT/JST doirasida amalga oshirilgan muzokaralar evolyutsiyasi
GATT doirasida tashkil etilgan halqaro konferentsiyalar "raundlar" deb nomlangan va ularning birinchi beshtasida muzokaralar asosan bojxona bojlarini pasaytirishga bag’ishlangan. GATTning keyingi raundlarida bojxona bojlarini pasaytirish bilan birgalikda boshqa masalalar ham o’rganilgan. Masalan, 1964-1967 yillardagi Kennedi raundida dempingga qarshi choralar muhokama qilingan. 1973-1979 yillarda 102 ta mamlakat ishtirokida bo’lib o’tgan Tokio raundi notarif to’siqlar bilan kurashishga bag’ishlangan. Ushbu o’tkazilgan raund natijasida 9 ta sanoat maxsulotlarining jahon bozoridagi bojxona bojlari 1/3 qismga, jumladan, sanoat maxsulotlarilan undiriladigan bojxona bojining o’rtacha stavkasi 4,7% gacha pasaydi. Tokio raundi jarayonida qator masalalar hal etilmadi. Jumladan, qishloq xo’jalik maxsulotlari savdosi, tashqi savdodagi himoya choralari bo’yicha kelishuvlar qabul qilinmadi. Ko’pchilik davrlarda qabul qilingan kodekslarni yetakchi taraqqiy etgan mamlakatlar imzolashdi. YUqoridagi sabablarga ko’ra hal qilinmagan masalalar Urugvay raundiga qoldirildi. GATT doirasida bo’lib o’tgan sakkizinchi Urugvay raundi davomiyligi va ishtirokchilari soni jihatidan avvalgi raundlardan katta bo’ldi. Urugvay raundi 1986-1994 yillarda bo’lib o’tdi va unda 123 ta mamlakat qatnashdi. Urugvay raundida halqaro xizmatlar savdosi, intellektual mulk huquqiga amal qilish, savdodagi nizolarni hal etish qoidalari, a’zo mamlakatlar tashqi savdo siyosati to’g’risida axborot berish, qishloq xo’jalik maxsulotlari savdosi kabi masalalar muhokama qilindi. GATTda ko’plab qarorlar qabul qilinishi AQSH, yeI, Kanada va YAponiyadan iborat "kvarro guruhi"ning o’zaro kelishib olishiga ustun darajada bog’liq edi. 1993 yilda kvarro guruhi qishloq xo’jalik maxsulotlarining savdosi bo’yicha yagona qarorga kelganini e’lon qildi. Ushbu sababga ko’ra Urugvay raundi 1994 yil 15 aprelda Marokashda o’z nihoyasiga yetdi. Birinchi bosqichda JSTga qo’shilishni hohlovchi davlatlarning hukumat boshliqlari JSTda kuzatuvchilik huquqini beruvchi ariza beradi. Bunda hukumat JSTga yuboruvchi o’z memorandumida mamlakat savdo va iqtisodiy siyosatini to’liq qamrab olgan jihatlarni taqdim etadi. Bu memorandum qo’shilish to’g’risidagi so’rovlarni to’liq o’rganish uchun asos bo’ladi. SHundan so’ng JSTga ariza beruvchi davlatlar bo’yicha ishchi guruh tuziladi. Ikkinchi bosqichda ishchi guruh yig’ilishlarida ariza bergan hukumat tovar va xizmatlar savdosiga nisbatan o’z huquq va majburiyatlarini ishlab olish maqsadida qiziquvchi a’zo mamlakatlar hukumatlari bilan ikki va ko’p tomonlama muzokaralar olib boradi. Muzokaralar natijasida JSTga kirayotgan davlat tovarlar va xizmatlar savdosi bo’yicha bajarishi lozim bo’lgan va o’zgartirilmaydigan aniq tariflar beradi. Uchinchi bosqichda ariza beruvchi davlatning savdo rejimini o’rganish va bozorga kirishga imkon beruvchi muzokaralar tuzish bilan ishchi guruh asosiy qo’shilish shartlarini ishlab chiqadi. Ushbu shartlar "A’zolik to’g’risidagi Protokol" va a’zo bo’layotgan mamlakat imzo qo’yishi lozim bo’lgan ro’yxatda aks ettiriladi. Yig’ilish natijasiga ko’ra JSTga kirayotgan davlat to’g’risida qaror tayyorlaydi va bu xujjatlar Bosh kengash yoki Vazirlar konferentsiyasida tasdiqlash uchun taqdim etiladi. To’rtinchi bosqich qaror qabul qilish bosqichi xisoblanib, xisobot, protokol va majburiyatlar ro’yxati JST Bosh Kengashi yoki Vazirlar konferentsiyasiga taqdim etiladi. Qo’shilish to’g’risidagi qaror JST a’zolarining 2/3 qismi ovoz bergan taqdirda imzolangan xisoblanadi. JSTga a’zo bo’lgan davlat Urugvay raundi qamrab olgan bitimlarni qabul qilishi va amalga oshirishi kerak bo’ladi. Download 365.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling