1. Xalqaro huquqda hudud tushunchasi va turlari


Download 12.02 Kb.
Sana12.05.2020
Hajmi12.02 Kb.
#105271
Bog'liq
5-mavzu xalqaro huquq(1)


1. Xalqaro huquqda hudud tushunchasi va turlari

Xalqaro va milliy huqukda "hudud" iborasi erdagi boshqa may-donlardan ma’lum yuza (chegara) bilan chegaralangan, Yuridik maqom va shunga mos ravishda huquqiy tartibga ega bo`lgan erdagi va, shu-ningdek, erdan tashqaridagi kosmik maydonni belgilash uchun qo`lla-niladi. Xalqaro huquqda barcha hududlar o`z huquqiy maqomining asosiy turlariga qarab uch guruhga:

birinchidan, davlat hududlari;

ikkinchidan, xalqaro rejimga ega bo`lgan hududlar;

uchinchidan, aralash rejimdagi hududlarga bo`linadi.

2. Davlat hududining huquqiy maqomi

Davlat hududi - er maydoni bo`lib, uning doirasida davlatga xos bo`lgan hududiy ustuvorlik amalda bo`ladi. Mazkur maydon doirasida davlat oliy hokimiyatni amalga oshiradi va uni tasarruf qiladi, ma’muriy asosda (boshqarish maqsadlari kelib chiqib) uni tashkil etadi va uning (butun hududda yoki uning qismida) huquqiy tartibni o`rnatadi.



3. Davlat chegarasi tushunchasi va turlari

Davlat chegaralarining asosiy vazifasi davlat hududi doirasi-ni belgilashdan iborat. Davlat chegarasi - muayyan chiziq va mazkur chiziq orqali o`tgan vertikal tekislikdir.Davlat hududi quruqlik, suv va havo chegaralari kabi turlardan iborat. Hozirgi zamon xalqaro huquqiga muvofiq chegaralarni ikki asosga ko`ra:birinchidan, xalqdar va millatlar tomonidan o`z taqdirini o`zi belgilash huquqini amalga oshirishlari natijasida (bu holatda davlatlarning bo`linishi yoki qo`shilishi yuz beradi va, tabiiyki, uning oqibatida yangi davlat chegaralarini o`rnatish yoki bekor qilishga zaruriyat tug‘iladi);ikkinchidan, chegaradosh davlatlar o`rtasida uncha katga bo`lmagan hududlarni almashishlari natijasida o`zgartirish mumkin.



4. Hududiy nizo

Hududiy nizo davlat hududining u yoki bu qismini Yuridik taalluqliligini belgilovchi xalqaro huquq (shartnoma yoki odat) normalarining mavjudligi yoki harakatiga nisbatan tomonlarning turli (bir-biridan farq qiluvchi) nuqtai-nazarlarining mavjud-ligidan kelib chiqadi. Bu holatda shu narsani ta’kidlash lozimki, hududiy nizoni tan olish hali Yuridik taalluqliligi tugal belgi-lanmagan ma’lum hududnig mavjud ekanligini tan olish bilan ba-robardir.



5. Qurolsizlantirilgan va betaraf (neytral) hududlar

Qurolsizlantirilgan hudud - davlat hududining shunday hududiki, mazkur davlat ushbu hududda mudofaa inshootlari va istehkomlarni qurish, qurollarning ma’lum turlarini joylashtirish hamda qurolli kuchlarni qisqartirish yoki ega bo`lmaslik (xalqaro) majburiyatini oladi. Bunday hududlar xalqaro bitimlar (shartnomalar) asosida manfaatdor davlatlar tomonidan o`zaro xavfsizlikni mustahkamlash maqsadida yaratiladi.



6. Antarktikanipg xalqaro-huquqiy maqomi

Antarktikaning qalin muz bilan qoplangan ushbu qitaning unga tutashib turuvchi suv va orollarning alohida xalqaro-huquqiy maqomi XX asr boshida bir qator davlatlar tomonidan u yoki bu asoslarda ushbu hududning alohida rayonlariga nisbatan o`z suverenitetini e’lon qilishlari va buning natijasida davlatlar o`rtasida nizolar va qurolli to`qnashuvlar kelib chiqishi bilan bog‘liq.
Download 12.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling