1. Xalqaro kredit, uning funksiyalari va tamoyillari Xalqaro kreditning asosiy shakllari


Xalqaro kredit, uning tamoyillari va funksiyalari


Download 36.12 Kb.
bet2/5
Sana30.04.2023
Hajmi36.12 Kb.
#1415396
1   2   3   4   5
Bog'liq
ELYOR KURS ISHI

1.Xalqaro kredit, uning tamoyillari va funksiyalari
T.I. BOBAKULOV U.A. ABDULLAYEV
Xalqaro kredit — davlatlar, banklar, firmalar, bir mamlakatdagi jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan boshqa mamlakatlar hukumatlari, banklari, firmalariga beriladigan kreditlar; pul va moddiy vositalarning xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi harakati. Xalqaro kredit jahon xoʻjaligiiint paydo boʻlishi va rivojlanishi bilan bogʻliq. Xalqaro kreditning moxiyati, shakli va vazifalari ijtimoiyiqtisodiy sharoitga qarab oʻzgarib turadi. Muddatiga koʻra qisqa (1 yilgacha), oʻrta (1 yildan 5—7 yilgacha), uzoq (5—7 yildan koʻp) muddatli boʻladi. Firma kreditlari asosan qisqa va oʻrta muddatlarda tovar shaklida taqdim etiladi. Bank kreditlari tijorat yoki eksportimport banklari tomonidan yirik loyihalarni moliyalashtirishda qoʻllaniladi. 20-asrning 50-yillaridan boshlab davlatlararo kreditlar keng tus oldi. Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro tiklanish va tarakqiyot banki, Yevropa tiklanish va tarakkiyot banki, Osiyo rivojlanish banki va boshqa banklar faoliyatida aʼzo mamlakatlarga kreditlar ajratish muhim oʻrinda turadi. 20-asr oxirlaridan Xalqaro kreditning lizing, faktoring va qoplanma bitishuvlar boʻyicha kreditlar turlari keng tarqaldi.
Xalqaro kreditning tamoyillari uning iqtisodiy mohiyatini yanada chuqurroq ochib beradi. Xalqaro kreditning takror ishlab chiqarish bilan aloqasi uning quyidagi asosiy tamoyillari yoki prinsiplarida ko‘rinadi: 1) Qaytarishlilik: xalqaro kredit ham ichki kreditga o‘xshab kelishilgan muddatga qaytarilishi lozim. Agar olingan mablag‘lar qaytarilmasa, u holda qaytarilmas pul kapitalini o‘tkazish xususiyatiga ega, moliyalashtirish ko‘rinishiga ega bo‘lib qoladi. 2) Muddatlilik: kredit shartnomasida o ‘matilgan muddatlarda kreditni qaytarilishini ta’minlaydi. 3) To’lovlilik: qiymat qonunini amal qilishini va kredit differentsial shartlarini amalga oshirish yo‘llarini ifodalaydi va xalqaro kredit uchun o ‘matilgan foizlar shu kreditning bahosi hisoblanadi. 4) Moddiy ta’minlanganlik: kredit bo‘yicha yuzaga keluvchi risklardan himoyalab kreditni to‘lab berish kafolatini anglatadi. 5) Maqsadga yo‘naltirilganlik: ssudaning aniq obyektlarini aniqlash, buni qo‘llanilishidan asosiy maqsad kreditor davlatning eksportini rag‘batlantirishdir

Download 36.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling