24-variant kreditning asosiy tamoyillari


Download 261.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana03.02.2023
Hajmi261.98 Kb.
#1150264
  1   2
Bog'liq
Pul va banklar 24-variant



24-VARIANT 
1. Kreditning asosiy tamoyillari 
Kredit munosabatlari iqtisodiyotda mavjud aniq uslubiy asoslarga tayanadi. 
Uning asosiy elementlari bo’lgan ssuda kapitali bozori operatsiyalari ma’lum 
tamoyillar asosida olib boriladi. Bu tamoillar kredit rivojlanishining birinchi 
bosqichida ko’zga tashlangan edi, keyinchalik esa ular umumdavlat va xalqaro 
kredit qonunchiligida yaqqol o’z aksini topdi. Iqtisodiy kategoriya sifatida kredit 
bir necha tamoyillarga ega. Bular kreditning qaytib berish, kreditning muddatliligi, 
kreditning ta’minlanganligi, maqsadliligi va to’lovlilik tamoyillaridir.
1. Kreditni qaytib berish tamoyili-
 
Bu tamoyil kreditning mustaqil 
iqtisodiy kategoriya ekanligining shartidir. Qaytib berish kreditning umumiy 
belgisi hisoblanadi. Qaytib berish o’z-o’zidan vujudga kelmaydi: u moddiy 
jarayonlarga, qiymatning aylanishining tugashiga asoslanadi. Ammo aylanma 
oborotning tugashi - bu qaytarib berishi emas, faqat qaytarib berish uchun zamin 
tayyorlashidir. Kreditni qaytarish oborotdan chiqqan mablag’lar qarz oluvchiga pul 
mablag’larini qaytarish imkoniyatini bergan taqdirda qaytariladi. Qaytarib berish
ikkiyoqlama jarayonni ifoda etadi, u kreditor uchun ham, qarz oluvchi uchun ham 
bir xil darajada muhimdir. 
2. Kreditning muddatliligi-
Bu tamoyil kredit beruvchidan olingan kreditni 
o’z vaqtida qaytarib berish muddatini, ya’ni kreditning qanday muddatga 
berilganligi bilan xarakterlanadi. Bunda shu muddatlilik tamoyiliga ko’ra kredit 
uzoq va qisqa muddatli kreditlarga bo’linadi. Kreditning muddatlilik tamoyili 
qarzdor uchun qulay bo’lgan har qanday vaqtda emas, balki kredit bitimida 
ko’rsatilgan malum muddatda kreditning qaytarilishi zarur ekanligini bildiradi.
Kreditning muddatliligi har ikkala tomon, kreditor va qarz oluvchi uchun 
muhimdir. Agar kreditor qarzni foizi bilan o’z vaqtida qaytib olsa, uni egasiga o’z 
vaqtida qaytarish yoki yana kreditga berish imkoniyatiga ega bo’ladi. Qarz oluvchi 
kreditni samarali ishlatib, uni o’z vaqtida kreditorga qaytarish va shu bilan 
shartnomadagi jazo choralaridan qutilishidan manfaatdor.Kreditning muddati 
bo’yicha kredit shartnomada ko’rsatilgan shartlarning buzilishi natijasida qarz 
beruvchi qarz oluvchiga iqtisodiy choralar ( jarimalar shaklida, kredit bo’yicha foiz 
darajasini oshirish, kreditning muddatini qisqartirish va boshqa ) ni qo’llashi 
mumkin.Bu choralar ham yordam bermagan hollarda qarz beruvchi moliyaviy 
talablarni xo’jalik sudi orqali undirib olishi mumkin. 

Download 261.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling