24-variant kreditning asosiy tamoyillari
Kreditning tovar - moddiy boyliklar bilan ta’minlanganligi
Download 261.98 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqPul va banklar 24-variant
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. To’lovlilik tamoyili
- 2. O‘zbekiston Respublikasi pul tizimini rivojlanishi.
3. Kreditning tovar - moddiy boyliklar bilan ta’minlanganligi-Bu
tamoyil yordamida xalq xo’jaligining rivojlanishida qiymat va moddiy shilab chiqarish o’rtasida bo’lishi zarur bo’lgan proportsiyalarining bir me’yorda bo’lishi rag’batlantiriladi. Bu tamoyilning asosiy mohiyati shundaki, bunda xo’jalik oborotida ishtirok etuvchi bank mablag’larining har bir so’miga muayyan moddiyboyliklarning bir so’mi qarama-qarshi turishi kerak. Banklar tomonidan xalq xo’jaligi tarmoqlariga berilgan kreditlar to’liq tovar moddiy boyliklari va malum xarajatlar bilan ta’minlangan bo’lishi kerak. Tarmoqlarga ta’minlanmagan kreditlarning berilishi bank kreditlarining bankka qaytib kelmasligiga asos hisoblanadi. Bu o’z navbatida bankning likvidliligiga va pul muomalasiga katta tasir ko’rsatadi. Shuning uchun ham bozor iqtisodiyoti sharoitida banklar tomonidan beriladigan kreditlarning tovar moddiy boyliklar va xarajatlar bilan ta’minlangan bo’lishiga muhim e’tibor berilmoqda. 4. To’lovlilik tamoyili-Bu tamoyil aylanma fondlarining doiraviy aylanishini, kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini ta’minlovchi to’lov resurslari summasini avanslashtirish zaruriyatidan kelib chiqadi. Bu tamoyilga asosan korxonalar foydalanilgan qarz mablag’lari uchun kreditorga foiz shaklida to’lovni o’tkazadilar. Kreditning to’lovligi uni to’liq summada o’z egasiga qaytarilishinigina emas, shu bilan kredit uchun foiz shaklidagi to’lov bilan qaytarilishini ifodalaydi. Demak, kreditor o’z mablag’larini hech vaqt o’z hajmida qaytarib olish sharti bilan bermaydi, bunda u mablag’ni qarzga berganligi uchun muayyan to’lov talab qiladi. 2. O‘zbekiston Respublikasi pul tizimini rivojlanishi. O’zbekiston Respublikasi pul tizimining bosqichlari – I bosqich 1992 yilni 15- noyabridan so’m kuponlarni joriy etilishi va II bosqich 1994 yilni 1-iyulidan milliy valyuta so’mni muomalaga kiritilishi. Rivojlanayotgan mamlakatlar pul tizimining elementlari – pul birligi; valyuta kursini belgilovchi omillar; baho masshtabi; pul ko’rinishidagi kredit biletlari; qog’oz pul va tanga emissiya tizimi; davlat yoki kredit apparati. Pulning sotib olish qobiliyati shu pul birligiga to’g’ri keluv-chi tovar va xizmatlar miqdori bilan ifodalanadi. Binobarin, pul-ning sotib olish qobiliyatini ifodalovchi «ko’rsatkich» tovarlar va xizmatlar bahosi hisoblanadi. Agar tovar va xizmatlar bahosi bar-qaror bo’lsa, pulning sotib olish qobiliyati ham barqaror bo’ladi. Agar pul o’zgarmagan sharoitda tovarlar bahosi oshadigan bo’lsa, bu hol pulning sotib olish qobiliyati tushganini ko’rsatadi va aksincha, tovar va xizmatlar bahosining tushishi pulning sotib olish qobiliyatini oshganligidan dalolat beradi. Demak, pulning qadri tovarlar va xizmatlar bahosiga teskari proportsional – narx pasaysa, pul qadri oshadi yoki narx oshsa pulning qadri tushadi. Pul tovar bo’lganligi uchun ham unga talab va taklif ta’sir qiladi. Pul taklifi muomalaga chiqarilgan turli shakldagi pullarning yig’indisi bo’lib, u talabdan ortiq yoki kam bo’lishi mumkin. Muomalaga chiqarilgan pul miqdori pulning aylanish tezligiga qarab ham o’zgarib turishi mumkin. Pulga bo’lgan talab mamlakat pul aylanmasi asosida aniqlanadi. Pul talabi korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, aholi, davlat tashkilotlari olib boradigan naqd pullik va naqd pulsiz aylanma uchun zarur pul miqdori asosida aniqlanadi. Pulga bo’lgan ehtiyoj xo’jalik sub’ektlari - ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o’rtasida bo’ladigan pullik jarayonlarning ko’lamiga va tezligiga bog’liq. Pulni qo’llash yo’li bilan bajariladigan jarayonlarning ko’lami qancha keng bo’lsa, pulga bo’ladigan talab shuncha ko’p bo’ladi. Agar pul bilan bog’liq operatsiyalar tez bajarilsa, pulga bo’lgan talab shuncha kam bo’ladi demak, muomalaga kam pul chiqarish kerak bo’ladi. Pulga bo’lgan taklif va talabning tengligi pul muvozanatini bildiradi. Pulga bo’lgan taklif, unga bo’lgan talabdan oshmasa pul barqaror deb xulosa qilish mumkin, aksincha bo’lsa, pulning qadri tushib ketadi va puldan qochish jarayoni boshlanadi. Amaliyotda pulni jamg’argandan ko’ra uni tovarlarga aylantirib qo’yish yoki boshqa bir qadrliroq valyutani jamg’arish qulay bo’lib qoladi. Pulning barqarorligini ta’minlashning asosiy yo’nalishlaridan yana biri byudjet taqchilligining bo’lmasligidir. Davlat byudjeti xarajatlarining daromadlaridan oshib ketishi natijasida yuzaga keladigan byudjet taqchilligi muomalaga tovarlar bilan ta’minlangan pullar chiqarish hisobidan qoplanadi. Bu tadbir muomalada ta’minlangan pulning ko’payishiga, oqibatda pul qadrining tushib ketishiga olib keladi. Shuning uchun har bir mamlakat pul taqchilligi bo’lmasligiga yoki uning salmog’i sezilarsiz bo’lishiga erishishi kerak. Pulning barqarorligini ta’minlashning yana bir yo’nalishi bu oltin va valyuta zaxiralarining mavjudligi va ularning ko’payishidir. Oltin valyuta zaxiralarining salmog’i qancha ko’p bo’lsa, pul shuncha barqaror bo’lishi mumkin. Milliy valyutani mustahkamlashning yana bir sharti – inflyattsiyaga qarshi puxta o’ylangan siyosat yuritishdir. Muomalaga chiqarilgan har bir so’m muayyan miqdordagi tovar va xizmatlar bilan ta’minlangan bo’lishi zarur. Ichki bozorimizni tovarlar bilan to’ldirish, aholiga xizmat ko’rsatishning sifati va turlarini oshirish ham milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashning asosi hisoblanadi. Ma’lumki, har bir davlat o’zining pul tizimiga ega bo’ladi. O’zbekistonning mustaqil davlat sifatida ajralib chiqishi uning mustaqil pul tizimiga ega bo’lishini taqozo qildi. Mustaqil pul tizimi joriy qilinishining I bosqichi 1993 yildan boshlab «so’mkupon»larning muomalaga chiqarilishi hisoblanadi. O’zbekiston pul tizimini qurishning ikkinchi bosqichi – 1994 yil iyuldan boshlab milliy valyuta– «so’m»ning muomalaga chiqarilishi bo’lib, u O’zbekiston tarixida juda katta ahamiyatga ega. Har bir davlatning pul tizimi ma’lum elementlardan tashkil topadi va qonun asosida yuqori davlat organlari orqali boshqarib boriladi. O’zbekiston Respublikasi pul tizimi elementlari quyidagilar hisoblanadi: – pul birligining nomi; – pul birligining turlari - qog’oz va metall pullar; – ularni muomalaga chiqarish qoidalari; – pul, kredit, valyuta boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat organlari; – naqd pulsiz to’lov aylanmasi va kredit pullar (chek, veksel) muomalasini olib borishda davlat tomonidan belgilangan shartlar; – milliy valyutani chetga olib chiqish va chetdan olib kelish qoi-dalari; – xalqaro hisob-kitoblarni tashkil qilish asoslari; – milliy valyutani chet el valyutasiga almashtirish tartibi va davlat tomonidan o’rnatilgan valyuta kursi. Download 261.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling