1. Xalqaro savdo bitimlari bo’yicha tijorat kelishuvlari Xalqaro oldi-sotdi bitimlar va ularning turlari


Download 76.51 Kb.
bet1/10
Sana16.06.2023
Hajmi76.51 Kb.
#1501683
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
21. TURLI MAMLAKATLARDA SAVDO AMALIYOTINING TASHKIL ETILISHI VA MONOPOLIYALARGA BOʼLGAN MUNOSABATLAR


MAVZU: TURLI MAMLAKATLARDA SAVDO AMALIYOTINING TASHKIL ETILISHI VA MONOPOLIYALARGA BOʼLGAN MUNOSABATLAR.



REJA:
1. Xalqaro savdo bitimlari bo’yicha tijorat kelishuvlari
2. Xalqaro oldi-sotdi bitimlar va ularning turlari.
3. Tovar ayirboshlash bitimlari.
4. Kelishuv turlari.
5. Turli mamlakatlarda monopoliyaga munosabat va cheklangan savdo amaliyoti.

1. XALQARO SAVDO BITIMLARI BO’YIChA TIJORAT KeLIShUVLARI
Xalqaro savdoda bitimlarni bir qator belgilarga ko’ra quyidagi turlarga taqsimlash mumkin:
oldi-sotdi bitimlari;
 tovarayirboshlash bitimlari;
 barter bitimlari.
Xalqaro bitimlar vaqt ko’rsatkichlariga ko’ra quyidagi turlarga taqsimlanadi:

  • uzoq muddatli;

  • qisqa muddatli;

  • muddatsiz;

  • darhol yetkazib berish shartli bitimlar.

Xalqaro bitimlarni tomonlar o’rtasida huquq va majburiyatlar taqsimlanishiga ko’ra quyidagicha taqsimlash mumkin:

  1. bir tomonlama;

  2. ikki tomonlama; k

  3. o’p tomonlama.

Xalqaro savdo valyuta operatsiyalari (bitimlari) bilan bog’liq, chunki bir savdogarning valyutasi ikkinchi savdogar uchun xorijiy valyuta hisoblanadi. Valyuta operatsiyalari ikkita valyuta nisbatidan iborat bo’lgan valyuta kurslari bo’yicha amalga oshiriladi. Valyuta kursi turli xil milliy valyutalar o’rtasida aloqa o’rnatish, ularni taqqoslash va operatsiyalarni amalga oshirshga imkon beradi. Valyuta kursi doimiy emas, ya’ni bir valyuta turi pasayib borsa, ikkinchisining kursi o’sadi. Valyuta kursining tebranishiga ta’sir ko’rsatuvchi bir qancha omillar mavjud bo’lib, ular talab va taklifga bog’liq bo’ladi. Valyuta kursini aniqlash uchun to’g’ri va teskari kotirovkadan foydalanish mumkin.
To’g’ri kotirovka xorijiy pul birligining milliy valyutada baholanishini ifodalaydi. Masalan, 1 funt sterling 1,540 AQSh dollariga teng. To’g’ri kotirovkadan foydalanishda xorijiy valyuta birligi milliy valyutada, bizning holatda AQSh dollarida aks ettiriladi. To’g’ri kotirovkadan asosan AQShda foydalaniladi. Bir qator evropa mamlakatlarida milliy valyuta birligini xorijiy valyutada aks ettiruvchi teskari kotirovka qo’llanadi.
Valyutalarni AQSh dollariga nisbatan kotirovkasi keng tarqalgan, ya’ni AQSh dollari asosiy valyuta kotirovkasi hisoblanadi. Turli xil valyutalarning AQSh dollariga nisbatini bilgan holda ularning bir-biriga nisbatini ham aniqlash mumkin. Bu kross-kurs deb atalib, ikkita valyuta kursini AQSh dollariga bo’lish yoki ko’paytirish natijasida olinadi.

Download 76.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling