Sabzi soyabongullilar oilasiga mansub, ikki yillik o‘simlik. Birinchi yili yo‘g‘onlashgan ildizmeva hosil qiladi, ikkinchi yili urug‘ hosil qiladi.Sabzi sovuqqa chidamli, urug‘i 2-4°S unib chiqadi, muqobil harorat 18-20°S. Maysalari -5-6°S sovuqqa chidamli. Ildizi yaxshi rivojlanganligi uchun yozgi qurg‘oqchilikka chidamli.O‘sish davrida tuproq doimiy bir xilda nam bo‘lishini talab qiladi.Sabzi o‘simligi oziq moddalarni ko‘proq o‘suv davrini ikkinchi yarmida ko‘proq talab qiladi. O‘suv davri 120-130 kun bo‘ladi. Urug‘ olish uchun onalik ildizmeva ikkinchi yili ekiladi. - Sabzi soyabongullilar oilasiga mansub, ikki yillik o‘simlik. Birinchi yili yo‘g‘onlashgan ildizmeva hosil qiladi, ikkinchi yili urug‘ hosil qiladi.Sabzi sovuqqa chidamli, urug‘i 2-4°S unib chiqadi, muqobil harorat 18-20°S. Maysalari -5-6°S sovuqqa chidamli. Ildizi yaxshi rivojlanganligi uchun yozgi qurg‘oqchilikka chidamli.O‘sish davrida tuproq doimiy bir xilda nam bo‘lishini talab qiladi.Sabzi o‘simligi oziq moddalarni ko‘proq o‘suv davrini ikkinchi yarmida ko‘proq talab qiladi. O‘suv davri 120-130 kun bo‘ladi. Urug‘ olish uchun onalik ildizmeva ikkinchi yili ekiladi.
- Maxsus xashaki navlar ekiladi- SHantene-2461, Geranda, Valeriya -5.
- SHolg‘om karamdoshlar oilasiga mansub, ikki yillik o‘simlik, birinchi yili yo‘g‘onlashgan ildizmeva hosil bo‘ladi, ikkinchi yili ildizmeva ekilganda u nav chiqarib gul hosil qilib urug‘ tugadi.
- Xashaki sholg‘omning urug‘i 1-2° issiqlikda unib chiqa boshlaydi. Nam tuproqqa ekilgan sholg‘om urug‘da etarli xarorat bo‘lsa, 3-4 kunda unib chiqadi. YOsh nihollari - 5°, yirik o‘simliklar esa - 6° sovuqqa chidam bera oladi.
- Namga talabchan o‘simlik. Uning erta pishar navlari 60-70 kunda, kechpishar navlari esa 100-110 kunda pishib etiladi. O‘zbekistonda “Esti Naeris“ va Osterzundonskiy “Moskovskiy” va skorospelo‘y VIK” navlari ekilib, ulardan yuqori hosil olinadi.
Etishtirish texnologiyasi. Etishtirish texnologiyasi. - YAxshi o‘tmishdosh- karam. kartoshka, makkajo‘xori, g‘o‘za, beda.
- Erni tayyorlash Kuzda er 20-25 sm chuqurlikda haydaladi, sho‘rlangan erlar sho‘ri yuviladi, erta bahorda borona qilinadi, chizellanadi, mola bosiladi. Ekish.- mart va aprel oylarida ekiladi. Har gektariga 7-8 kg urug‘ sarflanib, qator orasi 60-70 sm, o‘simlik orasi 20 sm, ekish chuqurligi 3-4 sm bo‘dladi. Parvarishlash. To‘la maysalar ko‘karib chiqgandan keyin qator orasiga ishlov beriladi, yagana qilinadi, gektarda 70-75 ming tup o‘simlik qoldiriladi. O‘suv davrida 2-3 marta qator orasiga ishlov beriladi, 1-2 marta qo‘shimcha oziqlantiriladi, 3-4 marta sug‘oriladi.
- Hosil yig‘ish - barg sarg‘arganda ildizmeva kovlab olinadi, barglardan tozalanadi.va maxsus ajratilgan maydonlarda saqlanadi. Urug‘ etishtirish texnologiyasi qand lavlaginikiga o‘xshash.
Do'stlaringiz bilan baham: |