1. XIX asrning oxiri — XX asr boshlarida Afrika mamlakatlari
Afrika xalqlari ozodligi kurashchisi Patris Lumumba haqida
Download 440.45 Kb.
|
Saydullayeva Odina
Afrika xalqlari ozodligi kurashchisi Patris Lumumba haqida.Patris Emeri Lumumba 1925-yilning 2-iyul sanasida “tark etgan mintaqa” Belgiya Kongosida dunyoga keladi. “Xudo unutgan mintaqa” deb nomlanishi bejizga emasdi, sababi XIX va XX asrlarda aynan shu mintaqada Belgiya hukmdorlari Kongoni o‘zlarining manzil mustamlakasiga aylantirgan va hududda shafqatsiz genotsid jinoyatlarini sodir etganligi haqida tarixiy manbalar guvohlik beradi. Belgiya qiroli Leopold II nihoyatda baxil va shafqatsiz bo‘lib, mahalliy aholi beshafqat tarzda quldek ishlatilar, ishlamagan kongolik tub aholining esa qo‘llari kesib tashlanardi. Tarixiy manbalarda yozilishicha, 1885 va 1908-yillar oralig‘ida oq tanli belgiyaliklar Kongo aholisining 10 millionga yaqinini jismonan yo‘q qilib yuborgan. 1908-yilga kelib Kongoda belgiyalik hukmdorlarning qilmishlari ommaviy axborot vositalarining diqqat markaziga tushadi, jurnalistlar o‘z maqolalarida Belgiya qirollarining Kongodagi vahshiyliklarini ochib tashlashi ortidan, Belgiya hukumati jamoatchilik fikri ta’sirida Kongodagi mustamlakachilik bilan bog‘liq ajdarho qonunlarni yumshatishga majbur bo‘ladi. Ammo Kongo hamon Belgiyaning mustamlaka o‘lkasi edi. Qashshoq oilada tug‘ilgan Patris omadli edi, uni katolik missionerlar maktabiga o‘qishga qabul qilishadi. 13 yoshga to‘lgan Lumumba o‘qishini protestantlik maktabida davom ettiradi. Protestantlik maktabida feldsherlik sir asrorlarini o‘rganadi. Keyin esa kotib, so‘ng qalay qazib chiqarish bilan shug‘ullanadigan kompaniyada xizmatchi bo‘lib ish boshlaydi. Ish faoliyati davomida kechki kurslarga qatnab, falsafa, tarix va adabiyot fanlarini o‘rganadi. Kurslarni tamomlagach Kisanganidagi mahalliy pochta idorasida pochtalyon bo‘lib xizmat qiladi. Patris Lumumbaning tarjimai holi haqida gap ketganda, uning do‘stlari va dushmanlari Afrika xalqlari ozodligi kurashchisining bosib o‘tgan yo‘li haqida turli fikrlar va nuqtai nazarlarni ilgari suradi. Jonajon Kongosidagi murakkab siyosiy vaziyat Patris Lumumbani 1950-yillarga kelib inqilobchilar safiga qo‘shilishiga sabab bo‘ladi. Patris Lumumba dushmanlari nazarida esa, u mustamlakachi tizimda karyera qilishga bel bog‘laganligi, pul bilan bog‘liq o‘g‘rilikda ayblanib, mustamlakachilardan o‘ch olish uchun ham inqilobchi bo‘lganligi aytiladi. Nima bo‘lgan taqdirda ham Patris Lumumba 1958-yilga kelib taniqli inqilobchi sifatida tanilishga ulgurgan va hattoki Milliy Kongo harakati partiyasini tashkil qilishga erishgandi. Download 440.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling