1. XIX asrning oxiri — XX asr boshlarida Afrika mamlakatlari
Ortiq biz sizning maymuningiz emasmiz!
Download 440.45 Kb.
|
Saydullayeva Odina
Ortiq biz sizning maymuningiz emasmiz!
Belgiyaga qarshi norozilik kayfiyatining kuchayishi rasmiy Bryusselda Kongodan ketish vaqti kelganligiga ishora qilardi. Lekin shunday bo‘lsa-da, Belgiya hukumati Kongoda o‘z ta’sirini saqlab qolish haqida reja tuzardi. Lumumba esa belgiyaliklar Kongodan bir umrga ketishlarini talab qilishi ortidan, Belgiya rasmiylari orasida eng yoqimsiz va istalmagan shaxsga aylangandi. Lumumbaning so‘l qarashlari belgiyaliklar bilan birgalikda Kongodagi voqealarni diqqat bilan kuzatayotgan AQShni ham xavotirga solardi, chunki Lumumba Sovet Ittifoqi bilan yaqinlashish va hamkorlik o‘rnatish sari intilayotgandi. 1960-yilning may oyida Kongoda ilk marta parlament saylovlari o‘tkaziladi. Saylov natijalariga ko‘ra Patris Lumumbaning Milliy harakat partiyasi g‘alaba qozonadi va Patris Lumumba Kongo Respublikasining bosh vaziriga aylanadi. Belgiya Kongoning mustaqilligini rasman e’tirof etgan holda, mamlakatdagi oq tanlilar va Belgiya tarafdorlari bo‘lgan mahalliy aholi yordamida mamlakatni o‘z ta’sir doirasida ushlab turishga intilardi. 1960-yilning 30-iyun sanasida Belgiya qiroli Boduen I Kongoga rasmiy tashrif buyuradi. Tashrif chog‘ida Kongoning birinchi prezidenti Jozef Kasavubu tantanali marosimda Kongoni milliy jihatdan modernizatsiyalash, ko‘p irqli jamiyat va sobiq metropoliya bilan aloqalarni davom ettirish haqida nutq so‘zlaydi. Bosh vazir Patris Lumumba esa sobiq mustamlakachilarga hech ham mulozamat qilmasdan qirol Boduen I ga qarata “Biz ortiq sizning maymunlaringiz emasmiz” deya xitob qiladi. Boduen I Patris Lumumbaning mazkur nutqidan o‘zini yo‘qotib qo‘yadi. Lumumba hukumati mamlakatning iqtisodiy zaxiralariga kongoliklarning o‘zlari egalik qilishini, davlat iqtisodiyotini rejalashtirish, asosiy ehtiyoj mahsulotlariga qat’iy narx belgilanishini, ishchilarning ish haqlarini oshirishlarini rejalashtirayotgandi. Qolaversa Lumumba hukumati cherkovni davlatdan ajratadi, tashqi siyosatda qo‘shilmaslik harakati g‘oyasiga amal qiladi va Afrikada irqchilikni tugatish va mustaqillikni to‘la to‘kis amalga oshirilishi uchun harakat qiladi. Lumumba tanlagan yo‘l esa Kngodagi ko‘pchilikka ma’qul emasdi. Prezident Kasavubu Lumumbaga qarshi chiqadi. Armiya isyon ko‘taradi, “Yunion Minyer” belgiya kompaniyasining ish boshqaruvchisi Moiz Chombe esa tabiiy zaxiralarga boy Katanga viloyatini Kongodan mustaqil davlat deya e’lon qiladi. Belgiya hukumati esa Kongodagi vaziyatni tartibga solish uchun sobiq koloniyasiga qo‘shin kiritadi. Bosh vazir Patris Lumumba esa 14-iyul sanasida BMT xavfsizlik kengashiga murojaat qilar ekan Kongoni Belgiyaning tajovuzidan himoya qilishda ko‘mak berishini so‘raydi. Biroq moviy kaska kuchlari mamlakatdagi tartibsizlikni keltirib chiqarishda Patris Lumumbaning Milliy harakatini ayblaydi. Aynan shunda Patris Lumumba Sovet Ittifoqidan yordam so‘rashga qaror qiladi, biroq Lumumba kech qolgandi. Mamlakatdagi vaziyatni allaqachon Lumumbaning siyosiy raqiblari nazorat qilardi. Qolaversa AQSh hukumati ham Lumumbaning so‘l kayfiyatdagi siyosiy chiqishlaridan “bizga Afrikada yana bitta Fidel” kerak emas deb turgandi. Moiz Chombe prezident Kasavubuga talab qo‘yadi. Agarda Patris Lumumbani iste’foga chiqarsangiz o‘z isyonimni to‘xtataman, deydi. Kasavubu Lumumbani bosh vazirlikdan iste’foga chiqarib uy qamog‘iga oladi, ammo Katangadagi isyonga barham berilmaydi. Lumumba esa uy qamog‘ida qolaveradi. Mamlakatga kiritilgan moviy kaskalar esa tinchlikni saqlovchi kuchlar sifatida emas, istilochilar sifatida harakat qiladi. Download 440.45 Kb. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling