1. XIX asrning oxiri — XX asr boshlarida Afrika mamlakatlari
Download 440.45 Kb.
|
Saydullayeva Odina
Mahdiylar qozg`oloni. XIX asr oxiri— XX asr boshlarida Sharqiy Sudan Misr qaramog`ida edi. 1881- yilning mayida sudanliklarning yetakchisi Muhammad Ahmad xalqni Misr-Turk zulmiga hamda yevropaliklarga qarshi «muqaddas urush»ga chaqirdi. Muhammad Ahmad o`zini Mahdiy deb e'lon qildi. Gubernator Mahdiyni qamash uchun yuborgan 200 kishilik harbiy guruh yo`q qilib tashlandi.
1882- yilda Xartumga Misrlik Abdul Qodir general-gubernator etib tayinlandi. U mahdiylar harakatini bostirishga urindi. Lekin, mag`lubiyatga uchradi. Bu orada inglizlar Misrni bosib oldilar. 1883yili general Xiks boshliq ingliz qo`shini Sudan ansorlari tomonidan El Obeyd yonida qirib tashlandi. 1884- yili inglizlar Sudanga general Gordon boshchiligida harbiy qism yuborishdi. Biroq, bu qo`shin ham ansorlar tomonidan yo`q qilindi. General o`ldirildi. Sudan ozod qilindi. 1885- yilda Sudanda mustaqil mahdiylar davlati tuzildi. Qo`zg`olon rahbari mahdiy Muhammad Ahmad vafot etib, uning birinchi xalifi (xaliflari to`rtta edi) Abdulloh hokimiyatni o`z qo`liga oldi. Omdurman shahri poytaxt etib belgilandi. Mamlakat viloyatlarga bo`lindi. 200 ming kishilik qo`shin davlatning asosiy tayanchi bo`lib qoldi. Ichki nizolar mahdiylarni kuchsizlantirdi. Bundan foydalangan Angliya Efiopiyani Sudanga qarshi gijgijladi. Natijada, 1885- yil bu ikki viloyat o`rtasida urush harakatlari boshlandi. Bu orada Italiya Efiopiyaga hujum qildi. 1887- yil 16- yanvarda Adua yonida Italiya qo`shini tor-mor qilindi. Efiopiya hukmdori Yo`xonni Abdullohga murojaat qilib, umumiy dushmanga qarshi birgalikda kurashga chaqirdi. Lekin, Abdulloh buning evaziga Yo`xonnidan islomga o`tishini talab qildi. Oqibatda, zarur bitim tuzilmay qoldi. Efiopiya- Sudan urushida ko`p qon to`kildi. 1889- yil mart oyida Efiopiya imperatori Menelik sudanliklar foydasiga tuzilgan bitimni imzolashga majbur bo`ldi. 1889- yil avgustda esa Angliya — Misr birlashgan qo`shinlari Sudan mahdiylari qo`shini ustidan g`alaba qozondi. 1898- yilga kelib Sudanning asosiy qismini bosib, olishga erishdi. Liviya uzoq vaqt Turkiya mustamlakasi bo`lib keldi. 1911- yil 28- sentabrda Italiya Liviyaga bosqinchilik urushi boshladi. Turkiya tayinli javob chorasi ko`rolmadi. 1911- yil 5- noyabr kuni Liviya Italiya mulki deb e'lon qilindi. 1883- yil Tunisda Fransiya hukmronligi o`rnatildi. Bungacha Fransiya Jazoirni ham egallagan edi. Jazoirda XIX asr oxirida 300 mingdan ortiq fransuz yashardi. Hosildor yerlar fransuzlar qo`lida edi. 1905—1906- yillarda Jazoirda mustamlaka zulmiga qarshi kurash boshlandi. «Yosh jazoirliklar» tashkilotlari paydo bo`ldi. Ular jazoir xalqini jabr-zulmdan, kamsitishdan qutqarish yo`llarini qidirdilar. 1912- yilda «Yosh Jazoir» partiyasi tuzildi. Bu partiya sud ishlarida jazoirliklar uchun «mahalliy kodeks» nomli kamsituvchi tartibni bekor qilish, soliq olishda jazoirliklar va yevropaliklarni tenglashtirish, xalq maorifmi kengaytirish, arablar uchun saylanadigan lavozimlarni ko`paytirish kabi talablarni qo`ydi. Yevropa davlatlarining mustamlaka taqsimotida Fransiya Marokashga ham ega bo`ldi. 1900- yili Italiya Fransiyaning Marokashga nisbatan «huquqlarini» tan oldi. Buning evaziga Italiya Liviyaga daxldor «huquq»qa ega bo`ldi. Fransiya Marokashga qarshi urush ochish uchun bahona qidirar edi. 1907- yil avgust oyida Marokash shahrida fransuz vrachi o`ldirildi. Fransiya zudlik bilan urush harakatlarini boshlab yubordi. Qisqa vaqt ichida Fransiya Marokashning barcha asosiy shaharlarini bosib oldi. Ispaniya ham Marokashdagi ba'zi hududlarni bosib oldi. Liviya uzoq vaqt Turkiya mustamlakasi bo`lib keldi. 1911- yil 28- sentabrda Italiya Liviyaga bosqinchilik urushi boshladi. Turkiya tayinli javob chorasi ko`rolmadi. 1911- yil 5- noyabr kuni Liviya Italiya mulki deb e'lon qilindi. 1883- yil Tunisda Fransiya hukmronligi o`rnatildi. Bungacha Fransiya Jazoirni ham egallagan edi. Jazoirda XIX asr oxirida 300 mingdan ortiq fransuz yashardi. Hosildor yerlar fransuzlar qo`lida edi. 1905—1906- yillarda Jazoirda mustamlaka zulmiga qarshi kurash boshlandi. «Yosh jazoirliklar» tashkilotlari paydo bo`ldi. Ular jazoir xalqini jabr-zulmdan, kamsitishdan qutqarish yo`llarini qidirdilar. 1912- yilda «Yosh Jazoir» partiyasi tuzildi. Bu partiya sud ishlarida jazoirliklar uchun «mahalliy kodeks» nomli kamsituvchi tartibni bekor qilish, soliq olishda jazoirliklar va yevropaliklarni tenglashtirish, xalq maorifmi kengaytirish, arablar uchun saylanadigan lavozimlarni ko`paytirish kabi talablarni qo`ydi. Yevropa davlatlarining mustamlaka taqsimotida Fransiya Marokashga ham ega bo`ldi. 1900- yili Italiya Fransiyaning Marokashga nisbatan «huquqlarini» tan oldi. Buning evaziga Italiya Liviyaga daxldor «huquq»qa ega bo`ldi. Fransiya Marokashga qarshi urush ochish uchun bahona qidirar edi. 1907- yil avgust oyida Marokash shahrida fransuz vrachi o`ldirildi. Fransiya zudlik bilan urush harakatlarini boshlab yubordi. Qisqa vaqt ichida Fransiya Marokashning barcha asosiy shaharlarini bosib oldi. Ispaniya ham Marokashdagi ba'zi hududlarni bosib oldi. G`arbiy Sudan, Senegal va Nil daryosi havzasi XIX asr oxiri — XX asr boshlarida Fransiya, Gollandiya va Angliya o`rtasida raqobat maydoniga aylandi. g`arbiy Sudan 1892- yilda Fransiya mustamlakasiga aylandi. g`arbiy Sudanliklarning ozodlik kurashida Samori Ture nomi yorqin iz qoldirdi. U atoqli lashkarboshi va siyosatchi edi. Samori Ture fransuz bosqinchilariga qarshi 18 yil davomida kurash olib bordi. Fransuzlar 1898- yildagina uni taslim eta oldilar. Asir olingan Samori Gabonga surgun qilindi va o`sha yerda vafot etdi. 1900- yilda Chad ko`li atrofi bo`ysundirildi. 1904- yili Gvineya ko`rfazi bo`ylari ham Fransiyaga tobe etildi. Unga Fransiya Gvineyasi deb nom berildi. Angliya, Fransiyadan keyin Belgiya ham Afrika yerlari uchun kurashga qo`shildi. 1883- yilda Kongo havzasidagi yerlar Belgiya mustamlakasi deb e'lon qilindi. Bitmas-tuganmas boyliklarga ega bo`lgan Afrika Yevropaning buyuk davlatlari e'tiborini tortmay qolmas edi. Yevropa davlatlarining bosqinchiligi Afrika xalqlari hayotini keskin o`zgartirib yubordi. An'anaviy savdo aloqalari buzildi. Mahalliy ishlab chiqarish vayron bo`ldi. Qul savdosi uchun odam ovlash XIX asrning o`rtalarigacha davom etdi. Buning natijasi o`laroq, qit'adan 100 mln kishi ovlanib sotib yuborildi. Portugaliya mustamlakalari bo`lgan Angola va Mozambik eng muhim qul savdosi bazalari edi. XIX asrning 70- yillaridan boshlab qit'aning ichkari qismini ham mustamlakaga aylantirish boshlandi. XIX asr oxiriga kelib qifa hududining 90 foizi mustamlakachilar qo`liga o`tdi. Faqat 2 davlat Liberiya va Efiopiyagina o`z mustaqilligini saqlab qola oldi, xolos. Download 440.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling