Lumumbaning tarafdori Antuan Gizenga isyon ko‘taradi va Patris Lumumbani uy qamog‘idan ozod qiladi. Lumumba shimoldagi o‘z tarafdorlari oldiga ketayotgan paytda siyosiy raqiblari tomonidan qo‘lga olinadi. Oradan 40 yil o‘tib, Lumumbaning o‘z dushmanlari qo‘liga tushib qolishi sabablari ochiqlanadi. Aniqlanishicha, Lumumbaning raqiblari sobiq bosh vazirni Moiz Chombe qo‘liga topshirishadi. Moiz Chombe esa Patris Lumumbani Katangadagi bir kulbaga qamab, qiynoqlar qo‘llashadi. Lumumbadan qasd olish jarayoniga belgiyalik harbiylar va ayrim maxsus xizmatlarning xodimlari bosh qosh bo‘lgani haqidagi ma’lumotlar keyinchalik ommaga ochiqlanadi.
1961-yilning 17-yanvar sanasida Patris Lumumba va uning bir necha safdoshlari uzoq vaqt davom etgan qiynoqlar va mazaxlardan so‘ng otib tashlanadi. Lumumba jasadi esa qotillari tomonidan yo‘q qilib yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |