1. XIX asrning oxiri — XX asr boshlarida Afrika mamlakatlari
Download 440.45 Kb.
|
Saydullayeva Odina
Liberiya. Xo`sh, Afrikada mustaqil Liberiya davlati qay tariqa tashkil topgan edi? Uning tashkil topishi AQSHda qulchilikka qarshi kurash bilan bog`liqdir. 1816- yilda AQSHda erkinlikka erishgan qul negrlarni Afrikaga joylashtirish harakati boshlandi. Buning uchun Gvineya qirg`oqlarida 13 ming km2 yer maydoni sotib olindi. U yerda Monroviya (AQSH Prezidenti Monro nomidan olingan) manzilgohi tashkil etildi va Amerikaning sobiq qul negrlaridan bir qismi bu yerga joylashtirildi. Joylashib olgan sobiq qul negrlar manzilgoh hududini tobora kengaytirib bordilar. 1847- yilda esa Liberiya (erkin) davlati tuzilganligini e'lon qildilar.
o`z davlatlarida g`arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikaning ilg`or andozalaridagi tartib-qoidalarni joriy etdilar. Mamlakat konstitutsiyasi barcha fuqarolarning qonun oldida tengligini, yashash, erkinlik, xavfsizlik va baxt har bir fuqaro huquqi ekanligini e'lon qildi. Ayni paytda xalq hokimiyatning manbai ekanligi, e'tiqod erkinligi, matbuot va so`z erkinligi, sudning mustaqilligi tamoyillari ham belgilab qo`yildi. Liberiya Buyuk Britaniya va Fransiya o`rtasidagi raqobat munosabatlaridan ustalik bilan foydalanib, o`z mustaqilligini saqlab qola oldi. Efiopiya. XIX asrda ham Efiopiyada hamon o`rta asr munosabatlari hukm surardi. U bir necha knyazliklar birikmasidan iborat davlat edi. Ularning har biri o`z qo`shiniga ega bo`lgan. Bu knyazliklar nomigagina markaziy hokimiyatni tan olganlar. Yevropa davlatlari ana shu omildan foydalanishga uringanlar. Mamlakatni chet ellik dushmanlar bosib olish xavfi tobora kuchayib bordi. Ana shunday bir sharoitda Efiopiya tarixi maydonida kichik yer egasining o`g`li Kassa paydo bo`ldi. U Efiopiyani yagona davlatga birlashtirdi va 1855- yilda o`zini imperator deb e'lon qildi. U yaxshi harbiy tayyorgarlik ko`rgan qo`shin tuza oldi. Yirik feodallarni o`z qurolli kuchlariga ega bo`lish huquqidan mahrum etdi. Mamlakatda iqtisodiyotni ko`tarishga qaratilgan qator islohotlar o`tkazdi. Imperator har bir fuqaroni o`zlari oldin shug`ullangan mehnat faoliyatini davom ettirishga chaqirdi. Biroq uning islohotlari yirik feodallar va cherkovning qarshiligiga uchradi. Buyuk Britaniyaning aralashuvi bilan 1867- yilda Kassa hokimiyati ag`darildi. Biroq Buyuk Britaniya Efiopiyada mustahkamlanib ola olmadi. Efiopiya xalqining o`zgalarga qaram bo`lmaslik yo`lidagi irodasi Buyuk Britaniyaning harakatlarini yo`qqa chiqardi. Shu tariqa Efiopiya ham o`z mustaqilligini saqlab qoldi Download 440.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling