1. Xo'jalik hisobi haqida tushuncha
Xo’jalik muomalalari ta’sirida ro’y beradigan o’zgarishlar
Download 63.41 Kb.
|
1. Xo\'jalik hisobi haqida tushuncha
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11. Buxgalteriya hisobi schyotlari haqida tushuncha.
10. Xo’jalik muomalalari ta’sirida ro’y beradigan o’zgarishlar.
Korxona faoliyatini ainalga oshirish davomida turli jarayonlar ro'y berib, bu jarayonlar natijasida shu korxonaga tegishli bo‘lgan xo‘jalik mablagiari va ulaming tashkil topish manbalari tarkibiy hamda miqdony jihatdan o‘zgaradi. Balansga ta’rif berilganida, uning ikki qismi aktiv va passiv tomonlari mos ravishda xo'jalik mablaglari hamda xo‘jalik mablag‘larining tashkil topish man- balarini aks ettiradi deyildi. Demak, tabiiyki, xo‘jalik mablaglari va ular tashkil topish manbalarining xo‘jalik jarayoni natijasida o‘zgarishi balansda o‘zgarish ro‘y berishiga olib keladi. Sababi o‘zgarish natijasida xo‘jalik mablag‘ining o‘zaro ikki turi yoki mablag' manbalari turlarining ikki yoki undan ortig‘i o‘zgarishi yoki ham mablag‘ va ham ulaming tashkil topish manbalari birdaniga o'zgarishi mumkin. Xo‘jalik jarayonlari natijasida balansdagi o‘zgarishlami quyidagi to'rt turga ajratish mumkin: Xo‘jalik jarayonlarining balansdagi o‘zgarishlarga ta’sirining to‘rt turi mavjud. 1.Xo’jalik jarayonlari tufayli balansning faqat aktiv tomoni o'zgaradi, passiv tomoniga ta’sir etmaydi va balans o‘z tengligini saqlab qoladi. Bunda xo‘jalik mablag‘larining o‘ri yoki joylashgan joylari o‘zgaradi, xolos. 2.Xo‘jalik jarayonlari tufayli balansning faqat passiv tomoni o‘zgaradi, aktiv tomoniga ta’sir etmaydi va balans o‘z tengligini saqlab qoladi. Bunda xo‘jalik mablagiarining kelar manbalarining mazmuni o‘zgaradi. 3.Xo‘jalik jarayonlari tufayli balansning har ikkala tomoni bir xil summaga ko‘payadi va balans o'z tengligini saqlab qoladi. Bunda xo'jalik mablagiari va ulaning kelar m r xil summaga ko‘payadi. 4.Xo‘jalik jarayonlari tufayli balansning har ikkala tomoni bir xil summaga kamayadi va balans o‘z tengligini saqlab qoladi. Bu yer- da xo‘jalik mablagiari va ulaming kelar manbalarining balans qiymati bir xil summaga kamayadi. 11. Buxgalteriya hisobi schyotlari haqida tushuncha. Buxgalteriya hisobida xo‘jalik mablaglari va ularning tashkil topish manbalarining harakati to‘g‘risida ma’lumotga ega bolish uchun har bir mablag‘, manba va xo‘jalik jarayonlari alohida-alohida raqamlar bilan belgilanadi. Mablag‘, manba va xo‘jalik jarayonlari uchun belgilangan raqamlar buxgalteriya schyotlari deb yuritiladi. Buxgalteriya hisobi schyotlarining ikki tomoni bo‘lib, bir tomoni «Debet», ikkinchi tomoni tomoni «Kredit» deb yuritiladi. Qadimiy savdo kitoblarida schyotning «Debet» tomonida kir- im, «Kredit» tomonida chiqim ko‘rsatilgan. Hozirda ham bu ma’no qisman saqlanib qolgan.Bu schyotlar xo‘jalik mablagiari, ularning tashkil topish manbalarining harakatini hisobga olish ishlarini va ulardan to‘g‘ri foydalanishni nazorat qilishda ham qo‘l keladi. Masalan, buxgalteriya hisobi tizimida «Xomashyo va ma- teriallar» sozi o‘rida - 1010, «Kassa» so‘zi o‘rnida -5010, «Asosiy ishlab chiqarish» so‘zi o‘rnida - 2010, «Tayyor mahsulot» so‘zi o‘rnida - 2810 kabi raqamlardan foydalaniladi. Buxgalteriya hisobi schyotlari raqami bir davlatda bir xil qabul qilinadi. Buxgalteriya hisobi schyotlarining bir xilligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya Hisobi Milliy Standartlarining 21-sonli «Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qollash bo‘yicha yo‘riqnoma» nomli standart qabul qilingan. Ushbu standartdagi schyotlar yig‘indisiga «Buxgalteriya hisobi schyotlar tizimi» deyiladi. Schyotlar tizimi xo‘jalik mablag‘larini va ularning tashkil topish manbalarini, xo‘jalik jarayoni natijasida ularning tarkibiy, miqdoriy va harakat jihatidan o'zgarib borishini iqtisodiy guruhlash va doimo tezkor nazorat qilib borishdir. Korxona faoliyatida yoppasiga, uzluksiz hisob qilib borilar ekan, korxona barcha mulkim o‘rganib, ulaming xususiyatlarini yaxshilab anglab yetmoq kerakdir. Korxona mulklari hisobi to‘liq yuritilar ekan, hisob ishlarini osonlashtirish, oqilona tashkil etish maqsadida schyotlar rejasi ishlab chiqilgan. Shum nazarda tutmoq kerakki, Buxgalteriya Hisobi Milliy Standartining ishlab chiqili- shi vahayotgatatbiq etilishi zaruriy hoi bo‘lganidek, schyotlaming yangi rejasini ishlab chiqish ham zamr bolib qoldi va schyotlaming yangi rejasi korxonalar moliya xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobida qo‘llanilib kelmoqda. Download 63.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling