1. Xo'jalik hisobi haqida tushuncha


Boshlang‘ich hisob hujjatlariga


Download 63.41 Kb.
bet12/17
Sana25.10.2023
Hajmi63.41 Kb.
#1719727
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
1. Xo\'jalik hisobi haqida tushuncha

Boshlang‘ich hisob hujjatlariga xo‘jalik operatsiyasi qatnashchilari tomonidan tasdiqlanmagan tuzatishlar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Bank va kassalar hujjatlarida tuzatishlar va o‘chirib yozishlarga yo‘l qo‘yilmaydi.
16.Buxgalteriya hisobining registorlari.
Hisob registrlari «registrasiya» so‘zidan olingan bo‘lib, buxgalteriya hisobi yozuvlarini ro‘yxatga oluvchi hujjatlar degan ma’noni anglatadi. Buxgalteriya hisobi korxonalar faoliyatini yoppasiga, uzluksiz hisobini olib borar ekan, bunda hujjatlashtirish ahamiyati yuqoridir. Kuzatish natijasida olingan malumotlar dastlabki hujjatlarda aks ettirilib boriladi, so‘ngra shu dastlabki hujjatlar har tomonlama tekshirilib, buxgalteriyaga qabul qilinadi. Tekshirib qabul qilib olingan dastlabki hujjatlar asosida buxgalteriya provodkalari amalga oshiriladi. Tabiiyki, bu buxgalteriya provodkalari ham hujjatlashtirilishi shart. Buning uchun buxgalteriya hisobi registrlarining ma’lumotlaridan foydalaniladi.
Buxgalteriya hisobi registrlari - jumallar, vedomostlar, kitoblar va tasdiqlangan blankalardir. Hisob registrlarining ahamiyati shundaki, ularga schyotlarda tegishli ko‘rsatkichlar aks ettiriladi, umumlashtiriladi, oy oxiriga qoldiqlar aniqlanadi va umuman, xo‘jalik mablagiari hamda ulaming tashkil topish manbalari bilan bogiiq ma’lumotlar aks ettirib boriladi.
Korxonalaming buxgalteriya balansi va hisobotlaridan esa quyidagilar foydalaniladilar: korxonaning ichki boshqaruvi; bank muassasasi; soliq inspeksiyasi; yuqori tashkilot; kreditorlar; aksi- yadorlar; ta’sischilar va boshqalar.
Yuqorida sanab o‘tilgan bank muassasasi, soliq inspeksiyasi, yuqori tashkilot, kreditorlar, aksiyadorlar, ta’sischilar va boshqalar tashqi foydalanuvchlar deyiladi.
Buxgalteriya yozuvlarining turliligi, hajmi har xilligidan kelib chiqib, ular aks ettiriladigan hisob registrlari ham turlichadir.
Hisob registrlarining turlari (shakllari) o‘rganilayotganda, ularning quyidagi xususiyatlariga e’tibomi berish kerak.
tashqi ko‘rinishi;
ularda aks ettiriladigan yozuvlaming turliligi;
ma’lumotlaming hajmi
Hisob registrlari tashqi ko‘rinish xususiyatlariga ko‘ra qu- yidagicha turkumlanadi:
daftarlar yoki kitob shaklidagi («kassa daftari», «bosh daftar»);
kartochka shaklidagi; varaqlar yoki vedomostlar shaklidagi.
Buxgalteriya hisobi registrlari yozuv turlariga ko‘ra 3 xil bo‘ladi:
1. Xronologik hisob registrlari.
2. Tizimli hisob registrlari.
3. Kombinatsiyalashgan registrlar
Buxgalteriya hisobi registrlari ularda aks ettiriladigan ma’lumotlar hajmiga ko‘ra ikki: Sintetik registrlar va Analitik registrlarga ajratiladi.
Sintetik registrlar sintetik hisob ma’lumotlarini aks ettirishga moljallangan bolib, ularga bosh daftar, jarayonlami ro‘yxat qilish jumali, jumal-orderlar va boshqalar misol boladi.
Analitik registrlar analitik hisob ma’lumotlarini rasmiylashtirishda qo‘llanilib, ularga materiallar, asosiy vositalar, hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar va boshqa mulklar hisobi bo‘yicha yuritiladigan kartochkalar misol bo‘ladi.
17.Buxgalteriya hisobining shakllari.
Buxgalteriya hisobi shakllari quyidagi turlarga bo‘linadi:
«Memorial-order» shakli,«Bosh daftar» shakli, «Jumal order» shakli, «Elektron-avtomatlashtirilgan» shakl
Buxgalteriya hisobi shakllari birbiridan quyidagi xususiyatlariga ko‘ra farq qiladi: Shakldagi registrlarning soni, vazifasiga ko‘ra, Registrlarning tashqi ko‘rinishiga ko‘ra, Registrlarda xronologik va tizimli yozuvlar aks ettirilishiga ko‘ra, Sintetik va analitik hisob ma’lumotlarini birgalikda yozish tartibiga ko‘ra, Yozuvlami yozish tartibi va texnika vositalaming qo‘llash tartibiga ko‘ra.
Korxonalar faoliyati hisobi yuritilar ekan, bunda bir necha buxgalteriya hisob shakllaridan foydalanadi. Korxonada qo‘llaniladigan hisob shakllarini tanlash quyidagi omillarga bog‘liq bo‘ladi: korxona hisob ishlarining hajmi ko‘p yoki kamligiga; korxona buxgalteriya xodimlarining malaka va tajribalariga; korxonada olib borilayotgan hisob siyosatiga.Korxonada qaysi hisob shakli qo‘llanilishidan qat’iy nazar, 0‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuniga toliq amal qilinishi shart. Buxgalteriya hisobi shakllari quyidagi turlarga bo‘linadi: «Memorial-order» shakli,«Bosh daftar» shakli, «Jumal order» shakli, «Elektron-avtomatlashtirilgan» shakl. Buxgalteriya hisobi shakllari birbiridan quyidagi xususiyatlariga ko‘ra farq qiladi: Shakldagi registrlarning soni, vazifasiga ko‘ra, Registrlarning tashqi ko‘rinishiga ko‘ra, Registrlarda xronologik va tizimli yozuvlar aks ettirilishiga ko‘ra, Sintetik va analitik hisob ma’lumotlarini birgalikda yozish tartibiga ko‘ra, Yozuvlami yozish tartibi va texnika vositalaming qo‘llash tartibiga ko‘ra. Quyida buxgalteriya hisobi shakllarini alohida-alohida ko‘rib o‘tish orqali ulaming xususiyatlariga to‘xtab o‘tamiz. Buxgalteriya hisobining memorial-order shakli hozirgi vaqtda kam foydalanib asosan, kichik korxonalarda va davlat muassasala- rida qollaniladi. «Memorial» so‘zining ma’nosi «Xotira yoki esdalik» demakdir. Memorial-order shakli asosida yuritiladigan buxgalteriya hisobi shaklida hujjatlar qayta ishlanishi va hisob registirlar- ida aks ettirilishi ketma-ketligi keltirilgan.Ushbu buxgalteriya hisob shaklini o‘ziga xos xususiyati shundaki, xo‘jalik jarayonlarini yozish uchun sintetik va analitik hisob uchun maxsus jamg‘arma aylanma vedomostlardan foydalanadi. Buxgalteriyaga topshirilgan dastlabki hujjatlar har tomonlama tekshirilgach, sintetik va analitik hisob maxsus aylanma vedomostlari to‘ldiriladi: bunday jamg'arma anma vedomostlari asosiy vositalar, pul mablaglari va qo‘yilmalar, ishlab chiqarish zahiralari va tayyor mahsulot, ishlab chiqarish xarajatlari, mol yetkazib beruvchilar bilan hisoblashish, mehnat haqi yuzasidan hisobkitoblar, byudjet bilan, ijtimoiy sug‘urta tashkilotlari bilan hisobkitoblar, mahsulot (ish, xizmat) sotish va boshqa schyotlar uchun tashkil etiladi. Yuqorida keltirilgan vedomostlar va sintetik hisob registrlari asosida memorial-orderlar tuziladi. Memorial-order bir oyga birmarta ochiladi va oyning oxirida yopiladi. Buxgalteriya hisobining memorial-order shakli ko‘proq qol mehnatiga asoslangan. Memorialorder buxgalteriya hisobining eng oddiy shaklllaridan biri boiib, unda yozilgan ma`umotlar har oyda «bosh kitob jurnaliga» tarqatiladi. 0 ‘z navbatida «Bosh kitob» jumali asosida oborot va qoldiq summalar aniqlanadi, shundan so‘ng, schyotlardagi qoldiq summalari tegishli tartibda hisobotning boshqa shakllariga yoziladi. «Bosh kitob» dagi schyotlar debet oborotlari yig‘indisi, ular kredit oborotlari yiglndisi bilan shuningdek, «Order bo‘yicha summalar» qatori jami bilan teng bo‘lmog‘i zarur.
lumotlari asosida yozib boriladi. Bosh daftarning varaqlarida xo‘jalik jarayonining boigan vaqtida, dastlabki hujjat tartib raqami, jarayon mazmuni, summasi, korrespondensiyalanuvchi schyotlar ko‘rsatiladi. Bu daftar registri asosida yuritiladigan ushbu shaklning qulayliklari quyidagilardan iborat: yozuvlar aniqligi hisob ishlarining tekshirishni osonlashtiradi; hisob ishlari kamayadi; qollaniladigan registrlar miqdori kamayadi; sintetik schyotlar bo‘yicha aylanma qaydnoma tuzilishiga zaruriyat yo‘qoladi; hisob xodimlarining ortiqcha mehnati qisqa- radi.
Buxgalteriya hisobining «Jurnal-order» shakli boshlanglch xo‘jalik jarayoni ma’lumotlarini guruhlab jamlash prinsipiga aso- slangan. Bu jamlashda buxgalteriya hisobi hamma bolimlari bo‘yicha xo‘jalik mulklari va jarayonlarini sintetik hamda analitik hisobi ta’minlanadi. Hisobot oyidagi dastlabki hujjatma’lumotlarini tizimlab va jamlab hisobga olinishi kerak bolgan mablag‘ hamda xo‘jalik jarayonlarini ular foydalanishi bo’yicha aks ettirish im- koniyatini bemvchi hisob registrlarida olib boriladi. Demak, me- morial-orderlami tuzish zaruriyati qolmaydi. Buxgalteriya hisobining jumal-order shaklida boshlanglch xo‘jalik ma’lumotlarito‘g‘ridan-to‘g‘ri jumal-order va yordamchi vedomostlarda aks et- tirilib boriladi. Jurnal-order hisob registri yozuvlarni xronologik va tizimli aks ettirib borishga mo‘ljallangan. Xo‘jalik yurituvchi subyektlaming ba’zilarida bir turdagi xo‘jalik jarayonlarining ko‘p sodir bo‘lishi yordamchi vedomostlar dan foydalanish zaruriyatini tug‘diradi. Oy davomidagi bir xil xo‘jalik jarayoni ko‘p sodir boMganligi sa- babli yordamchi qaydnomada aks ettirilib boriladi, oy oxirida esa jamlangan ma’lumotlar jumal - order hisob registriga ko‘chiriladi. Yordamchi vedomostlar bir vaqtda ikki vazifani bajaradi. Birin- chidan, jumal-orderga ma’lumotlar aks ettirilishiga xizmat qilsa, ikkinchidan, analitik hisob registr sifatida ham foydalaniladi. Yordamchi vedomostlar buxgalteriya hisob ob y ek tlarin i guruhlashda ham ahamiyatlidir. Masalan, muomala xarajatlarini (savdo korxonalarida), umum ishlab chiqarish xarajatlarini (ishlab chiqarish korxonalarida) guruhlash zaruriyatida ham yordamchi ve- domostlardan foydalaniladi, ularda tegishli ma’lumotlar jamlanadi va oy oxirida jumal - orderda aks ettiriladi. Boshlang‘ich xo‘jalik ma’lumotlarini jumal-orderlarda to‘g‘ri gumhlashni ta’minlash maqsadida schyotlar krediti bo‘yicha korrespondensiyalari jur- nal- order hisob registrida to‘g‘ri yoritilishini ko‘zda tutilgan holda maxsus qator ajratish orqali ko‘rsatib o‘tilgan.
Buxgalteriya hisobining «Elektron-avtomatlashtirilgan» shakli asosida buxgalteriya hisobi usuli asosiy elementi sifatida hujj- atlashtirish yotadi. Ammo, shunga ahamiyat berish zarurki, hujjatlardagi ma’lumotlami guruhlash, umumlashtirish hisoblash mashinalari yoki kompyuterlar yordamida amalga oshiriladi. Hisob ishlari kompyuterlarda amalga oshiriladigan korxonalarda hisob ma’lumotlari hisob registrlarida yoki hisoblash mashinala- rining ma’lumot tashuvchilarida saqlanadi, ya’ni masalan, dis- ketlarda, fleshkalarda. Buxgalter ish joylarining kompyuter bilan ta’minlanishi avtomatlashtirilgan ish joylari (AlJ)ni yaratilishiga asos boiadi. EHM lardan buxgalteriya hisobi ishlarida foydalanish iqtisodiy samaralar bilan birga korxonalarda boshqarishning avto- matik tizimini yaratilishi bilan birga olib boriladi.



Download 63.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling