1. Xo'jalik hisobi haqida tushuncha
Download 63.41 Kb.
|
1. Xo\'jalik hisobi haqida tushuncha
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Buxgalteriya hisobining rivojlanish tarixi.
- 4.Buxgalteriya hisobi nazariyasi predmeti.
- 5. Xo’jalik mablag’larini turkumlash.
- 6. Buxgalteriya hisobining elementlari.
Buxgalteriya hisobi- ichki boshqarish va tashqi iste’molchilarning maqsadlari uchun joriy va yakuniy axborotni olish bilan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning xo’jalik faoliyati ustidan uzluksiz va o’zaro bog’liq bo’lgan kuzatish va nazorat qilish tizimidan iborat. Buxgalteriya hisobi yordamida xo’jalikda mavjud bo’lgan har xil turdagi moddiy qiymatliklar va pul mablag’larining miqdori, boshqa korxona va tashkilotlar bilan hisob-kitoblarning holati, undagi boshqa resurslarning umumiy hajmi haqida ma’lumotlar olinadi; tayyorlangan materiallar, ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot hajmi va tannarxi aniqlanadi; xo’jalik faoliyatining moliyaviy natijalari - foyda yoki zarar hisoblab chiqiladi; korxonaning rentabelligi hamda korxona va uning tarkibiy qismlarining boshqa qator ko’rsatkichlari hisoblab aniqlanadi.
Buxgalteriya hisobida ham operativ va statistik hisobdagi kabi barcha o’lchovlar - natura, mehnat va pul o’lchovlari qo’llaniladi. Lekin unda pul o’lchoviga alohida ahamiyat beriladi, chunki u buxgalteriya hisobining umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarini olish imkonini beradi. Shuning uchun pul o’lchovida buxgalteriya hisobining barcha ob’yektlari, garchi ular natura va mehnat o’lchovlarida aks ettirilgan bo’lsa ham, albatta, pul o’lchovida ifodalanadi. Buxgalteriya hisobining eng muhim xususiyatlaridan biri shundaki, uning xujjatlarida barcha xo’jalik operatsiyalari yoppasiga qayd qilinadi. Bu narsa barcha xo’jalik jarayonlarining to’la tavsifini olish uchun zarurdir. Buxgalteriya hisobining boshqa xususiyati, uning hujjatlanishidir. Buxgalteriya hisobi tizimida qayd qilinadigan har bir operatsiya dastlab hujjatlashtirilishi kerak. Hujjat buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining yagona manbai hisoblanadi. 3.Buxgalteriya hisobining rivojlanish tarixi. Hisob tizimining shakllanishi kishilik jamiyati rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lib, tarixiy manbarnung guvohlik berishicha, 6000 yil oldin dastlabki hisoblar paydo bo‘lgan. Dastlab hisobning eng od- diy shakllari paydo boigan. U bilan bog4liq ma’lum manba eramiz- dan 3600 yil oldin Shumeredagi toshlarda savdo bitimlari qayd etil- gan bo‘lib, bu hisobning dastlabki ko‘rinishi hisoblanadi Buxgalteriya hisobining tug‘ilish davri Italiya diyori bilan bog'liqdir. Jamiyatda ikkiyoqlama yozuv paydo bo‘lishi soha rivojlanishiga asos boladi. XIII-XIV asrlarda ikkiyoqlama yozuv tizimi paydo bo‘ldi va Shimoliy Italiyaning bir necha savdo markazlarida undan foydalanila boshlandi. Topilgan yagona qo‘lyozmalarga ko‘ra ikkiyoqlama yozuv 1340-yili paydo bo‘lgan. Yana boshqa manbalarga ko‘ra, bundan ham oldinroq Fransi- yanmg Shampan viloyati savdo firmalarida (1299-1300) ikkiyoqlama yozuvdan foydalanilgan. Ikkiyoqlama yozuvga fransuz monaxi Luko Pacholi asos solgan. U «Schyot va yozuvlar to‘g‘risida riso- la» nomli asarida (1494) hisob yozuvlariga oid tushunchani ochib berdi. Hozirda ham bu kitob juda dolzarb hisoblanadi. Buxgalterlavozimini birinchi boiib, Insburkschyotlarpalatasi- ning ish yurituvchisi Xristofor Shtexer olgan, bu borada imperator Maksimilian I ning 1498-yil 13-fevralda chiqargan buyrugl Vena davlat muzeyida saqlanmoqda. Buxgalteriya hisobi bo‘yicha darslik birinchi marta XIX asrda Rossiyada paydo bo‘ldi. 1931-yili K.Klarko va N. Nemchinnovlar tomonidan «Schyot ilmi» nomli o‘quv qo‘llanma nashr etildi. 1710-yilda Rossiya hukumatining «Harbiy va boshqa ishlar bo‘yicha xabarnoma» gazetasida birinchi bor «Buxgalter» so‘zi paydo bo‘ldi. Bu davrda Rossiyada Pyotr I tomonidan harbiy islo- hotlar o‘tkazilavotganligi munosabati bilan hisob va nazoratga juda katta e’tibor berilayotgan edi. Ko‘rinib turibdiki, Buxgalteriya hisobi fan va mutaxassislik sifatida shakllanishi hamda rivojlanishi uzoq o'tmishga ega. 4.Buxgalteriya hisobi nazariyasi predmeti. Buxgalteriya hisobining predmeti - korxonaning xo‘jalik mablag‘lari va ulaming tashkil topish manbalarini, ulaning xo‘jalik jarayonlari natijasida o‘zgarib borishlarini yoppasiga, uzluksiz, qonun-qoidalarga asosan hujjatlarda toliq, aniq, to g ‘ri aks ettirish va samarali boshqarilish uchun zarur axborotlami shakllantirish hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi bir korxona ma’lumotlari bilan chegaralanmaydi, sabab, ulaming hisobotlari tegishli tashkilotlarga belgilangan muddatlarda yig‘ilib, jamlanib, butun xo‘jalik bo‘yicha ma’lumotlar olinadi, natijada ular faoliyati ustidan nazorat va boshqaruv olib boriladi. Korxonalar va muassasalarda yuritiladigan buxgalteriya hisobi O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunga asoslanib olib boriladi. Korxonalar buxgalteriya hisobi shu korxonalar faoliyatini uzluksiz, yoppasiga kuzatib, huj- jatlashtirib, olingan ma’lumotlami baholash orqali schyotlar tizimida ikki yoqlama yozuv yordamida aks ettiradi hamda hisob ma’lumotlari haqiqiyligini inventarizatsiya yordamida tekshirib, aniq va to‘g‘ri hisob ma’lumotlari asosida buxgalteriya balansi va hisobotlarini tuzadi. 5. Xo’jalik mablag’larini turkumlash. Хo’jalik jarayonlari ma’lum mablag’lar zaxirasini talab etadi. Shuning uchun ham, ishlab chiqarish korxonalari imoratlar, mashinalar, uskunalar, materiallar, pul mablag’lari, nomoddiy aktivlar va shu kabi boshqa mablag’larga ega bo’ladi. Korxona mablag’larining manbalari- davlat jamg’armasidan, aksiyalarni chiqarish va sotishdan, muassislarning badallaridan, banklarning kreditlari hamda boshqa korxonalar va tashkilotlardan olingan qarzlar hisobidan, foydadan va boshqalardan tashkil etiladi. Хo’jalik faoliyatini to’g’ri boshqarishda korxonaning qanday mablag’larga egaligi, ularning joylashuvi hamda bu mablag’lar manbalari va maqsadlarini bilish kerak. Xo‘jalik mablag‘larini yaxshi o‘rganish va buxgalteriya hisobining yuritishni osonlantirish maqsadida ular turkumlanadi. Xo‘jalik mablag‘lari turkumlanayotganida ularning quyidagi xu- susiyatlarini e’tiborga olish zarur: - xo'jalik mablaglari dan foydalanish xarakteriga ko'ra; - xo‘jalik mablag‘larini korxona faoliyatida qatnashish xarakteriga ko‘ra. Xo‘jalik mablag‘lari birinchi xususiyatiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: 1. Ishlab chiqarishdagi: a) mehnat vositalari; b) mehnat buyumlar. 2. Muomaladagi. 3. Ombordan chetlatilgan mablag‘lar. Xo‘jalik mablagiarini korxona xo‘jalik faoliyatida qatnashishi xarakteriga ko‘ra quyidagicha turkumlash mumkin: 1. Asosiy mablag`lar: a) ishlab chiqarishdagi; b) noishlab chiqarishdagi. 2. Aylanma raablag‘lar: a) me’yorlanadigan; b) me’yorlanmaydigan. 3. Oborotdan chetlatilgan mablag’lar. Xo`jalik mablag`larini manbalari bo`yicha turkumlanishi: O`z mablag`lari. Chetdan jalb qilingan mablag`lar. 6. Buxgalteriya hisobining elementlari. Jurnallar Kitoblar Ishchi varaqlar Moliyaviy hisobot Har bir korxonada kundalik xo’jalik muomalalari natijasida moliyaviy ma’lumotlarni yozib olish, tartibga solish va tahlil qilish usuli bo’lishi kerak. Ko'pgina hollarda, korxonalar va korporatsiyalar buxgalteriya hisobi va buxgalteriya hisobining aniq tizimini talab qiladigan Umumiy qabul qilingan buxgalteriya tamoyillariga amal qilishlari kerak. Shu bilan birga, kichik korxonalar soliqlarni tayyorlash va daromadlarni hisobga olish uchun buxgalteriya hisobining asosiy elementlariga muhtoj. Buxgalteriya tizimlari qo'lda - jismoniy kitoblar yordamida yoki ma'lumotni tartibga solish va saqlash uchun buxgalteriya dasturlari yordamida o'rnatilishi mumkin. Download 63.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling