1. Xo‘jalik hisobining va uning tavsiflang


Download 21.19 Kb.
bet2/3
Sana07.11.2021
Hajmi21.19 Kb.
#171420
1   2   3
Bog'liq
OR Buxgalteriya hisobi

Statistik hisob miqdor ko'rsatkichlarida ifodalanadigan ijtimoiyommaviy hodisalarni sifat jihatdan tavsiflab, kuzatish va aks ettirish
hamdajamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini o'rganish tizimidir.
Statistik hisob ishlab chiqaruvchi kuchlar, ishlab chiqarish munosabatlari va ijtimoiy turmushdagi siyosiy va madaniy jarayonlar rivojlanishining asosiy qonuniyatlarini ochib beradi. Iqtisodiyotni boshqarish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni yig'ish, statistik tahlil qilish va
axborotdan foydalanuvchilarga o'z vaqtida taqdim etish statistik hisobning asosiy vazifasidir. Bu maqsadda statistik hisob buxgalteriya va
operativ hisob ma'lumotlaridan foydalanib, shu bilan birga ularning
tuzulishiga ham ta'sir etadi.
O'rganilayotgan hodisalarning xususiyatiga ko'ra statistik hisobda
natura, mehnat va pul o'lchovlaridan foydalaniladi. Statistik hisob
ma'lumotlarni to'plash va ishlov berishning muayyan metodik usullaridan, masalan, yalpi va tanlab kuzatish, statistik to'plash, statistik guruhlash, o'rtacha miqdorlarni hisoblash, indekslar va boshqalardan foydalanib, xo'jalik faoliyatining asosiy qonuniyatlarini ochib beradi.
Davlat boshqaruv organlari tomonidan statistik ma'lumotlar
asosida prognozlar ishlab chiqiladi, iqtisodiy siyosat sohasidagi qarorlar
qabul qilinadi. Mamlakat iqtisodiyotini tezkor boshqarish bO'yicha aniq
chora-tadbirlar belgilanadi.
Buxgalteriya hisobi xo'jalik yurituvchi subyektning mablag'lari va
ular manbalarining harakatini aks ettirib, xo'jalik jarayonida sodir
bo'ladigan muomalalarni yoppasiga va uzluksiz kuzatib borish, kuzatish
natijalarini o'lchash va hujjatlarda rasmiylashtirish, ularni yagona bir
o'lchovda, ya'ni pul ifodasida umumlashtirish hamda boshqaruv qarorlarini asoslash va qabul qilish uchun zarur ko'rsatkichlarni hisoblash va
baholash, ularni tegishli axborotdan foydalanuvchilarga taqdim etish
maqsadida moliya-xo'jalik faoliyatini nazorat qilish tizimidir.

2. Korxonalarning xo`jalik mablag`lari hamma vaqt kengaytirilgan takror ishlab


chiqarish jarayonida harakatda bo`ladi va davrlar bo`yicha ham miqdor, ham qiymat jihatidan o`zgarib turadi. Xo`jalik faoliyati ustidan rahbarlik qilish va boshqarish uchun korxona qanday mablag`larga ega, ularning tarkibi va qaerda joylashganligi hamda bu mablag`lar qanday manbalardan tashkil topganligi to`g`risida aniq ma’lumotlar bo`lishi zarur. Xo`jalik mablag`larining tarkibi, joylanishi, harakati va ularning kelib chiqish manbalaridagi o`zgarishlarni bir-biriga solishtirib, ma’lum bir sanaga pul o`lchovida umumlashtirib aks ettirish buxgalteriya hisobi usulining muhim elementlaridan biri – balans yordamida amalga oshiriladi.
Balans yordamida xo`jalik mablag`lari, ularning holati, mavjudligi, joylanishi va tashkil topish manbalari to`g`risidagi ma’lumotlarga ega bo`linadi. Balans usulidan faqat buxgalteriya hisobidagina foydalaniladi deb tushunish noto`g`ridir. Bu usuldan rejalashtirish, ta’minot, statistika hisobida va operativ hisobda ham keng foydalaniladi. Shuning uchun ham balans usuli yordami bilan ma’lumotlarni umumlashtirish ko`p fanlarda qo`llaniladigan umumiy usullar qatoriga kiradi.
Buxgalteriya hisobida xo`jalik mablag`lari ikki tomonlama, ya’ni ularning tarkibi va joylanishiga hamda kelib chiqish manbalariga ko`ra aks ettirilishi hisobga olinib, balanslar tuzilayotganda ularda aks ettirilayotgan ma’lumotlar tengligiga e’tibor qilinadi. Korxona xo`jalik mablag`larining turlari va joylanishi hamda bu mablag`larning tashkil topish manbalari buxgalteriya balansining ikki tomonini tashkil qiladi.
Buxgalteriya balansida korxonaning xo`jalik mablag`lari va ularning tashkil toppish manbalari umumlashtirilib, odatda, kunning ohiriga (banklarda) yoki hisobot davridan keyingi oyning birinchi kuniga pul o`lchovida tuziladi. Korxonalarda hisobot davrida sodir bo`lgan xo`jalik muomalalari maxsus hujjatlarda qayd qilinadi. Bu hujjatlarga asoslanib buxgalteriya provodkalari tuziladi va ular buxgalteriya hisobining sintetik schyotlariga tarqatiladi. Hisobot davri ohirida sintetik schyotlar bo`yicha aylanma vedomost tuziladi. Bunda hisobot davri boshidagi har qaysi sintetik schyotning boshlang`ich qoldig`i, hisobot davrida sodir bo`lgan aylanma summasi va hisobot davri ohiriga qoldiq summasi ko`rsatiladi.

Shuni qayd qilib o`tish kerakki, korxona xo`jalik mablag`lari va ular manbalarining kundalik xo`jalik faoliyatiga buxgalteriya balansi yordamida to`la baho berib bo`lmaydi. Darhaqiqat, kundalik xo`jalik faoliyatidagi o`zgarishlarni aks ettirib turish uchun buxgalteriya hisobining joriy ma’lumotlarini hisobga oluvchi schyotlar tizimi usulidan foydalaniladi. Lekin xo`jalik mablag`lari va ular manbalarining harakatini, ularda sodir bo`lgan o`zgarishlarni ma’lum bir sanaga to`plab aks ettirish talab qilinadi, chunki bunday yig`ib tasvirlash korxona xo`jalik mablag`larining, bir tomondan, tarkibi va holatidagi davriy o`zgarishni ko`rsatsa, ikkinchi tomondan, ularning tashkil topish manbalaridagi o`zgarishlarni aks ettiradi, shu bilan birga, u xo`jalik faoliyatining holatini iqtisodiy tahlil qilishda zarur hulosalar olish uchun muhim material hisoblanadi.

3. Ma’lum bo‘ldiki, balans xo‘jalik mablag‘lari va ularning tashkil
topish manbalarini ma’lum sanaga, umumlashtirilgan tasnifiy guruhlar
bo‘yicha tavsiflar ekan. Lekin, korxona moliya-xo‘jalik faoliyatini
boshqarish va biznes-reja hamda shartnomalarning bajarilishini nazorat
qilish uchun har bir mablag‘ning mavjudligi va harakati, har bir korxona
bilan hisob-kitoblar ahvoli, ayrim mablag‘ manbalarining o‘zgarishi va
boshqalar to‘g‘risida kundalik ma’lumotlar kerak. Shuningdek, faqat
natijalarnigina emas, balki xo‘jalik jarayonlarini ham tavsiflaydigan
ma’lumotlar zarur. Bunday ma’lumotlarga xo‘jalik muomalalarini,
ularning xususiyatlariga ko‘ra hisobga olgan holda aks ettirib borish
yo‘li bilan ega bo‘lish mumkin. Xo‘jalik muomalalarini joriy tartibda aks ettirish va guruhlash uchun buxgalteriya hisobining schotlaridan
foydalaniladi.

Buxgalteriya hisobining schotlari – bu xo‘jalik mablag‘lari, mablag‘larning


manbalari va xo‘jalik jarayonlarini nazorat qilish va boshqarish uchun
zarur axborotlarga ega bo‘lish maqsadida, ularni dastlabki hujjatlar
ma’lumot‐lariga asosan joriy tartibda hisobga olish, guruhlash va bir
tizimga keltirish usulidir.

Guruhlash iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra bir xil xo‘jalik mablag‘lari,


mablag‘lar manbalari va xo‘jalik muomalalari uchun alohida schot
ochish bilan ta’minlanadi.
Schot buxgalteriya hisobi obyektlarini identifikatsiyalashga imkon
yaratadigan maxsus belgi hisoblanadi. Shuning uchun har bir schotga,
unda hisobga olinadigan obyektga mos keladigan nom va xos raqam
(kod) belgisi beriladi (1-ilovaga qarang). Schotlar xo‘jalik mablag‘lari,
ularning vujudga kelish manbalari va xo‘jalik jarayonlarining har bir turi
uchun buxgalteriya hisobi obyektlarining turkumlanishiga muvofiq ochiladi. Masalan, «Bino, inshootlar va uzatgich moslamalar», «Mashina va
uskunalar», «Xom-ashyo va Materiallar», «Patentlar, litsenziyalar va
nou-xou», «Asosiy ishlab chiqarish», «Hisob-kitob schoti» va h.k.
Buxgalteriya hisobining schotlari ikki tomonli jadval shakliga ega
bo‘lib, chap tomoni – «debet», o‘ng tomoni – «kredit» deb ataladi. «Debet» va «kredit» atamalari lotincha bo‘lib, aynan tarjimasi debet – «u
qarzdor» va credit – «u ishonadi» degan ma’noni bildiradi.

Mablag‘larning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra ikki guruhga: 1)


Tarkibi, joylanishi va ishlatilishi bo‘yicha; 2) Tashkil topish manbalari
va maqsadli tayinlanishi bo‘yicha bo‘linishidan kelib chiqqan holda
schotlar ham, aktiv va passiv schotlarga bo‘linadi. Aktiv schotlarda
xo‘jalik mablag‘larining mavjudligi va harakati (ko‘payishi, kamayishi)
aks ettiriladi. Aktiv schotlarning qoldiqlari debet tomonida yoziladi.
Aktiv schotlar balans aktividagi moddalarga asosan ochiladi:


Download 21.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling