1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy xo‘jalik faoliyati bilan tanishish
Pul mablag’larining buxgalteriya xisobi
Download 221.91 Kb.
|
Mehrigiyo Feruz Yulduzi
9.Pul mablag’larining buxgalteriya xisobi.
Korxonalarning bankdagi hisoblashish schyoti va valyuta schyotlarida saqlanayotgan pul mablag‘lari mamlakatimiz iqtisodiyotining poydevorini mustahkamlashga xizmat qiladi. Chunki ular banklarni aktiv operatsiyalarini jonlantirilishini ta’minlaydi, milliy va chet el valyutalarining ishlab chiqarish jarayonidagi aylanishini tezlashtiradi va u bunda birdaniga ikkita muhim vazifani bajaradi. Birinchidan, korxonalarning ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilish yo‘li bilan pulning aylanishini va milliy valyuta hisobiga yaratilayotgan yalpi ichki mahsulot va yalpi milliy daromadni o‘sishini ta’minlaydi. Ikkinchidan esa, korxonaning hisoblashish va valyuta schyotlari pul mablag‘larini ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilganligi uchun bank o‘z mijozlariga ham ma’lum miqdorda haq to‘laydi. Shunday qilib, pulning birinchi vazifasi mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga xizmat qilsa, ikkinchi vazifasi esa korxonalarga ma’lum miqdorda daromad keltiradi. Pul to‘lov vazifasini ham bajaradi. Bunda pul korxona mol yuboruvchilar, pudratchilar va boshqa xizmat ko‘rsatvuchi xo‘jalik sub’ektlariga va davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlarga bo‘lgan qarz majburiyatlarini bajaradi. Pul mablag‘larining korxona iqtisodiyotida to‘tgan o‘rni uning asosiy vazifalarini bajarish uchun buxgalteriya hisobi boshqaruv apparatini tegishli ma’lumotlar to‘plami bilan ta’minlanishi zarur. Buning uchun esa pul mablag‘lari hisobining oldida quyidagi asosiy vazifalar turadi: korxonaning pul mablag‘larini samarali boshqarish uchun zarur ma’lumotlar bilan ta’minlash; to‘lov va hisob-kitoblarni pul muomalalarini tartibga soluvchi me’yoriy xujjatlarda ko‘rsatilgan tartiblarga rioya qilgan holda o‘z vaqtida amalga oShirish; hisob registrlarida pul mablag‘larini naqdligi va xarakatlarini o‘z vaqtida aks ettirish. pul mablag‘larining belgilangan maqsadlarga sarflanishi, smeta va limitlarga amal qilishini nazorat qilish; pul mablag‘larining inventarizatsiyasini belgilangan muddatlarda o‘tqazishini ta’minlash va o‘zaro hisob-kitoblar, muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlarini to‘lanishini nazorat qilish; kassadagi, hisoblashish, valyuta va bankdagi boshqa schyotlarda saqlanayotgan pul mablag‘larining saqlanishining nazoratini ta’minlash; pul resurslarining harakat oqimini prognozlash va optimizatsiya qilish bo‘yicha tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilish. Ushbu masalalarning muvaffakiyatli bajarilishi korxonaning pul mablag‘laridan samarali foydalanishni ta’minlovchi boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyatini yaratadi. Albatta, yuqoridagi vazifalarni bajarish uchun pul mablag‘larining buxgalteriya hisobini to‘g‘ri tashkil qilish zarur bo‘ladi. Buning uchun esa korxonalarda mavjud mablag‘larni turkumlaSh alohida ahamiyatga egadir. Korxonalarga pul mablag‘larining buxgalteriya hisobini yuritish ko‘p jihatdan ularning turkumlanishiga bog‘liq. Chunki pul mablag‘larining qaysi manbalardan kelib tushishi va qaysi yo‘nalishlar bo‘yicha sarflanishini taxlil qilish asosida ulardan samarali va maqsadga muvofiq foydalanish mumkin. Hozirda amaliyotda pul mablag‘lari quyidagicha turkumlanadi: 1. Valyuta turlari. 2. Qaysi joyda saqlanishi. 3. Qaysi maqsadlarga sarflanishi. 4. Qaysi manbalardan kelib tushishi. 5. Pul mablag‘lari turlari. Download 221.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling