1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy xo‘jalik faoliyati bilan tanishish
Hisob-kitoblar buxgalteriya xisobi
Download 221.91 Kb.
|
Mehrigiyo Feruz Yulduzi
10.Hisob-kitoblar buxgalteriya xisobi.
Korxonalar har doim byudjet bilan hisob-kitob olib boradi. Byudjetdan beriladigan mablag‘larning doirasi hozirgi kunda juda cheklangan. Byudjet bilan hisob-kitoblarning asosiy qismi to‘lovlarlir. Ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 1. Ishchi va xizmatchilarning ish haqidan ushlab qolishlar (fuqarolardan olinadigan daromad solig‘i). 2. Realizatsiyaga olib boriladigan (qo‘shilgan qiymat, aksiz). 3. Korxona foydasidan to‘lanadigan daromad (foyda) solig‘i. 4. Moliyaviy natijalarga olib boriladigan jarima, iqtisodiy sanksiyalar. Byudjet bilan hisob-kitoblar 6410»Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar» sintetik passiv schyotida hisobga olinadi. 6410schyot bo‘yicha sintetik va analitik hisob to‘lov turlari 8 jurnal orderda yuritiladi. To‘lovlarning hajmi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadi. Har bir to‘lov turi uchun to‘lov muddati va soliq inspeksiyasiga hisobot topshirish muddati belgalangan. Chorak tugagandan so‘ng hisob-kitoblar yana qayta tekshirib aniqlanadi. Ortiqcha o‘tkazilgan mablag‘lar keyingi to‘lovlar uchun hisoblanadi yoki korxonaga qaytariladi, kam to‘langan summalar oxirigacha to‘lab qo‘yiladi. Buxgalteriya hisobda byudjetga to‘lovlar hisoblanganda quyidagi provodkalar rasmiylashtiriladi: 1. Fuqarolardan olinadigan daromad solish hisoblanganda: Dt 6710-»Xodimlar bilan mehnat haqi bo‘yicha hisob kitoblar» schyoti. Kt b410-»Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar» schyoti. 2. Soliq va to‘lovlarga (mol mulkdan to‘lanadigan soliq, ekologiya, yer, reklama solig‘i, yo‘l fondiga ajratma va h.k.)schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi: Dt 9430-»Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti. Kt 6410-»Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar» schyoti. 3.Mahsulot realizatsiyasiga olib boriladigan soliqlarga (eksportbojxona tadbirlari, QQS): Dt 5110- »Hisob-kitob schyoti». Kt 9210-»Asosiy vositalarning realizatsiyasi va boshqa hisobdan chiqarishlar» schyoti. Dt 9210-»Asosiy vositalarning realizatsiyasi va boshqa hisobdan chiqarishlar» schyoti. Kt 6410-»Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar» schyoti. 4. Korxona foydasidan to‘lanadigan soliq summalarga: Dt 9810-»Daromadlar (foyda)ga solinadigan soliq bo‘yicha xarajatlar» schyoti. Kt 6410-»Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar» schyoti. 5. Moliyaviy natijalarga olib boriladigan to‘lovlarga: Dt 9910»Yakuniy moliyaviy natija» schyoti. Kt 9810-»Daromadlar (foyda)ga solinadigan soliq bo‘yicha xarajatlar» schyoti. 6. Hisoblangan soliq va to‘lovlar summalari byudjetga o‘tkazib berilganda quyidagicha yozuvlar rasmiylashtiriladi: Dt 6410-»Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar» schyoti. Kt 5110-»Hisob-kitob schyoti». 7. Agar korxonaning byudjetdan qarzi bankdan olingan qarzlar hisobdan to‘lansa, u holda: Dt 6410-»Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar» schyoti. Kt 6810-»Bankning qisqa muddatli kreditlari» schyoti buxgalteriya yozuvlari rasmiylashtiriladi. Korxona byudjetga to‘lovlar qilish bilan birga byudjetdan tashqari va boshqa fondlarga (nafaqa, bandlik (ish bilan ta’minlash), ijtimoiy sug‘urta fondi va boshq.) ham to‘lovlarni amalga oshirishi lozim. Korxonaning to‘lovlar bo‘yicha byudjetdan tashqari hisob-kitoblari 6520»Davlat maqsadli fonlariga to‘lovlar» schyotida umumlashtiriladi hamda 6510»Sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar» schetidan foydalaniladi. To‘lov uchun hisoblangan summalar uchun ushbu schyotlar kreditlanadi, o‘tkazib berilgan summalar uchun debetlanadi. 6520»Davlat maqsadli fondlariga to‘lovlar», 6510»Sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar» schyotlari bo‘yicha sintetik va analitik hisob to‘lov turlari bo‘yicha 8 jurnal orderda yuritiladi. Download 221.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling