1. Yadroga doir qisqacha ma’lumot Ribosomalar
Download 14.07 Kb.
|
Ribasoma
Reja: 1.Yadroga doir qisqacha ma’lumot 2.Ribosomalar 3.Oqsillar sintezi Tasavvur qilaylik, bizda juda ham qimmatli boʻlgan maʼlumot bor. Aytaylik, bu maʼlumot chizma koʻrinishida. Bu uy, mashina yoki oʻta maxfiy qiruvchi samolyotning shunchaki oddiy chizmasi emas. Bu chizmada bizning butun organizmingiz koʻrsatilgan va unda nafaqat bizning qanday tuzilganligimiz, balki tanamizdagi har bir hujayraning lahzama-lahza qanday vazifalarni bajarishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham kiritilgan. Bu oʻta muhim, shundaymi? Bizda agar shunday muhim maʼlumot boʻlganda, uni juda ham xavfsiz, oʻzingiz koʻz-quloq boʻladigan, oʻta himoyalangan seyfda saqlagan boʻlar edingiz. Xuddi shunga oʻxshash holat eukariot hujayralarda ham amalga oshadi, ular oʻz genetik maʼlumotlarini membrana bilan qoplangan yadroning ichiga berkitib qoʻyadi. Eukariot hujayra DNKsi hech qachon yadroni tark etmaydi, buning oʻrniga u oʻzidagi maʼlumotni RNK molekulalariga koʻchiradi. Keyin bu RNK molekulalari yadroni tark etadi va ularning baʼzilari sitozoldagi ribosomalar bilan birlashib, oqsilni sintezlashga oʻtadi. (Qolgan RNK molekulalari esa hujayrada maʼlum bir vazifalarni bajaradi, masalan, ribosomaning strukturaviy qismlari sifatida yoki genlar faoliyatini boshqarishda ishtirok etadi.) Quyida biz yadro va ribosomaning tuzilishini batafsil koʻrib chiqamiz. Hamma hujayralarda ham faqat bitta yadro mavjudmi? Yadro Yadro hujayraning genetik materiali boʻlgan DNKni oʻzida saqlaydi. Shuningdek, yadroda oqsillar jamlanuvchi hujayra mexanizmlari ribosomalar sintezi ham amalga oshadi. Yadroning ichida xromatin (oqsil atrofida oʻralgan DNK) nukleoplazma deb nomlanuvchi jelyesifat suyuqlik ichida saqlanadi. Nukleoplazmani oʻrab turuvchi yadro qobigʻi ikki qavat membrana: tashqi va ichki membranadan tarkib topgan. Ushbu membranalarning har biri ikki qavat fosfolipiddan tashkil topgan boʻlib, dumchalari ichkariga yoʻnalgan fosfolipid qoʻshqavatini hosil qiladi. Yadro qobigʻining ana shu ikki qavati orasida joy mavjud boʻlib, u toʻgʻridan toʻgʻri endoplazmatik toʻr bilan ulangan boʻladi. Download 14.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling