1. Yalpi talab va yalpi taklif modelini tavsiflab bering
Download 12.91 Kb.
|
YaIM2
1.Yalpi talab va yalpi taklif modelini tavsiflab bering YAlpi talab - bu barcha iste’molchilar, ya’ni aholi, korxonalar va davlat narxlarning o‘rtacha darajasida sotib olishi mumkin bo‘lgan turli tovarlar va xizmatlarning umumiy hajmini, yoki milliy iqtisodiyotdagi real pul daromadlari hajmini bildiradi. Boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda, narx darajasi qancha past bo‘lsa, iste’molchilar (mamlakat ichidagi hamda chet eldagi) milliy ishlab chiqarish real hajmining shuncha katta qismini va aksincha, narx darajasi qancha yuqori bo‘lsa, shuncha kam qismini sotib oladi. SHunday qilib, narx darajasining oshishi, boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda yalpi talab hajmining kamayishiga sabab bo‘ladi. Aksincha, narx darajasining pasayishi yalpi talabning oshishiga olib keladi. YAlpi talabga narxdan tashqari ta’sir qiluvchi omillarning o‘zgarishi ham milliy ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishiga olib keladi. Download 12.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling