1. Yaponiya demografiyasi, joylashuvi, ekologiyasi va boshqa sanoat sohalari o’rni


Yaponiya demografiyasi, joylashuvi, ekologiyasi va boshqa sanoat sohalari o’rni


Download 315.31 Kb.
bet2/10
Sana08.01.2022
Hajmi315.31 Kb.
#251190
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Xudoyberdiyev Javohir IH-51

1.Yaponiya demografiyasi, joylashuvi, ekologiyasi va boshqa sanoat sohalari o’rni. Yaponiyaning umumiy maydoni 376 ming km. kv. Hududining muhim xususiyatlaridan biri uning katta va kichik bir-biriga yaqin orollarda joylashganligidir. Ulardan 4 tasining maydoni ancha kattadir. Bularga Xansu, Xokkaydo, Kyuysu va Sikoku orollari kiradi. U unitar davlat bo‘lib, 47 prefekturaga bo‘linadi.

Yaponiya, asosan, tog‘li mamlakat. Hududining 75 % tog‘lar egallaydi.Eng baland tog‘i Fudziyama (3776 m)- yapon xalqining ommaviy topinadigan – sig‘inadigan muqaddas joyi hisoblanadi.Tekisliklari, asosan, Tinch okean sohillari bo‘ylab joylashgan. Ayniqsa, Tokio qo‘ltiq-bo‘yidagi Kanto pasttekisligida mashhurdir. Mamlakat Mineral boyliklarga ancha kambag‘al Yapniya biron-bir yerosti boyliklari blan o‘zini o‘zi ta‘minlay olmaydi.Shu bilan birga, boy dengiz, geometral, gidroenergiya, agroiqlim resurslariga ega.

Iqlimi musson xareakterda. Qish oylari nisbatan qurg‘ochil va sovuq, ammo shimoldan janubga qarabisib boradi. Yoz esa ancha namli va issiq o‘tadi. Yog‘in miqdori o‘rtacha 1700 mm. dan 4000 mm. gacha tebranadi.

Yaponiyaning tabiiy sharoiti o‘ziga xosdir.U kuchli tropik dovullar yo‘lida joylashgani uchun bahorning erta oylarida har yili kuchli to‘fon – tayfunlar bo‘lib turadi. Unda tez-tez silkinishlari bo‘lib turadi.Ba‘zan u juda kuchli halokatli tarzda ro‘y beradi.

Yaponiyaning aholisi 127,3 mln kishi. Aholisining soni bo‘yicha jahon mamlakatlari orasida sakkizinchi o‘rinda turadi.

Yaponiya tipik Sharq davlatlaridan bo‘lishiga qaramasdan, Osiyoda birinchi bo‘lib, demografik ko‘rsatkichlarga ko‘ra 11 tipdan 1 tipga o‘ta oldi. Unda har 1000 aholi hisobiga tug‘ilish 10 kishiga, o‘lim esa 7 kishiga to‘g‘ri kelmoqda yoki mamlakat aholisi yiliga o‘rtacha 275 ming kishiga ko‘paymoqda. Unda bolalar o‘limi ko‘rsatkichlari jahonda eng pastdir.Shu bilan birga aholisi o‘rtacha 80 yoshdan ortiqroq umr ko‘radilar. Ko‘rsatkichlarga erishishda mamlakatda olib borilayotgan optimal, demografik siyosat, aholining yetuk ijtimoiy hayot tarsi, oilani rivojlantirish yo‘nalishlari, qo‘lga kiritilgan yutuqlar muhim tarsi, oilani rivojlantirish yo‘nalishlari, qo‘lga kiritilgan yutuqlar muhim rol o’ynamoqda.

Yaponiya bir millatli davlatdir. Uning aholisining 99 % yapon millatiga mansubdir. Yaponiyada aholining o‘rtacha zichligi 1km 2 maydonga 338 kishi to‘g‘ri keladi. Agar mamlakat aholisining asosiy qismi umumiy maydonning 10 % yashashini hisobga olsak, amalda aholi yashaydigan hududlarda bu ko‘rsatkich ming kishini tashkil qiladi.

Yaponiya yuqori darajada urbanizatsiyalashgan davlatlar qatoriga kiradi. Unda jami aholining 76 % ko‘prog‘i shaharlarda yashaydi.

Mamlakatda yirik shaharlar soni 200 dan ortiq. Eng yirik shahri mamlakatning poytaxti Tokio bo‘lib, unda 30,2 mln. dan ortiq aholi istiqomat qiladi. Aholisi 1mln. dan ortiq bo‘lgan yana 6 ta shahri bor. Mamlakatda yirik shaharlar aglomeratsiyalari saqlanmoqda Tokio-Nagoya-Osaka yo‘nalishi bo‘ylab 600 km. dan ortiq masofaga cho‘zilgan hududida dunyodagi eng yirik megalopolislardan biri Tokaydo tashkil topgan. Yirik shaharlari, bu jumladan, 1869-yildan mamlakat poytaxti hisoblanadigan Tokio (Sharqiy poytaxt demakdir) shahri, asosan, yangidan qurilgan. Seysmiklik darajasi nihoyatda yuqori bo‘lgan 50-60 qavatli bino-imoratlar shaharning asosiy ko‘rinishlarini tashkil qiladi.

Foydalanadigan yer nihoyatda qimmatli, taqchil resurs bo‘lganligi sababli Yaponiyada hozirgi vaqtda binolarni ―osmono‘par qilib qurish bilan birga, ularning qator qavatlarini yer ostida joylashtirishga ham erishilmoqda. Alohida texnopolis-ilmiy-injenerik komplekslari, asosan, dengizning sayoz qo‘ltiq va ko‘rfazlarini turli axlat va chiqindi jinslar bilan to‘ldirish hisobiga hosil qilingan hududlarida qurilmoqda. Yaponiya aholisining deyarli hammasi dengiz sohili bo’ylab cho’zilgan ensiz serunum tekislikda yashaydi. Sholipoyalar, mevali bog’lar, choyzorlar yil sayin o’zining katta qismini tobora o’sib borayotgan yirik shaharlarga bo’shatib bermoqda. Yaponiyaning poytaxti – Tokio jahondagi eng katta shaharlardan biri. Unda 12 millionga yaqin kishi yashaydi.

Yaponiya – o’rta asrlarda vayronalik keltirgan bosqinchilik urushlaridan, so’ngra mustamlakachilik asoratidan xoli qolgan Osiyodagi yagona mamlakat. 19-asrda Yaponiya sanoati jadal rivojlana boshladi. Bugungi kunda u sanoati rivojlangan mamlakatlar orasida AQSHdan keyin ikkinchi o’rinda turadi.1

Aholining beshdan to’rt qismi shaharlarda yashaydi. Kema to’xtaydigan joylari va zavodlari bo’lgan, bir-biriga tutashib ketgan shaharlar qirg’oq bo’ylab turna qator tizilgan. Mamlakatda foydali qazilmalar va tabiiy resurslar oz, shu sababdan uning xo’jaligi tashqi savdoga juda bog’liq. U turli mamlakatlarga mashina, apparat, gazlama va boshqa sanoat mollari chiqaradi, chetdan neft, ruda, yog’och, don va boshqa xom ashyolar keltiradi.

Yaponiya kun chiqish tomondagi orollarda joylashgan. Shuning uchun uni azaldan Kun chiqar mamlakat deb ataydilar.Yaponlar uni Nippon deydilar. Quyosh mamlakat bayrog’ida ham tasvirlangan, uning gerbi – oltin xrizantema ham quyosh ramzi.

Yaponiya orollari shimoldan janubga ancha masofaga cho’zilgan. Yaponiyaning shimolida, ayniqsa, Xokkaydo orolida qish juda serqor va xiyla sovuq, janubda – Ryukyu orollarida deyarli tropik iqlim. U yerda bananlar va sago palmalari o’1sadi.

Mamlakat jami maydonining oltidan besh qismi baland va tik yon bag’irli tog’lar bilan band, ular qalin o’rmonlar bilan qoplangan. Eng baland tog’i – so’ngan Fudziyama vulkani. Bu tog’ Yaponiyada muqaddas hisoblanadi. Yaponiyada harakatdagi vulkanlar oz emas, issiq suvli shifobaxsh buloqlar ko’p. Tez-tez zilzila bo’lib turadi.

Hokimayatni vazirlar mahkamasi boshqaradi. Yaponiya mehnatkashlari tinchlik uchun faol kurashmoqdalar. Bu mamlakat atom bombasi portlatishning butun dahshatlarini boshidan kechirgan, yaponlar uning takrorlanishini istamaydilar.Yaponiya bilan O’zbekiston Respublikasi o’rtasida diplomatiya munosabatlari 1992-yilda o’rnatilgan.

XX asrning 60-yillaridan boshlab Yaponiyaning «iqtisodiy mo’jiza»si jahonni hayratga sola boshladi. Buning sababi II jahon urushida yengilib, atom

bombasining dahshatlarini o‘z boshidan o‘tkazgan mamlakatning tezlik bilan qaddini rostlagani va misli ko‘rilmagan sur‘atlarda tez rivojlanishga erishgani edi. Ana shunday muammolarni yengib о‘tа olgan va yuksak rivojlanish marralarini egallagan Yaponiyaning iqtisodiy taraqqiyot yo‘li hozirgi vaqtda ko‘pgina rivojlanayotgan davlatlar, shu jumladan, O‘zbekiston uchun ham ibrat bo‘lishi mumkin. Yaponiya «iqtisodiy mo‘jiza» sining asosiy manbayi, mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, yapon millatining yuqori darajadagi mehnatsevarlik va mehnat intizomi, uyushqoqlik va sabr-toqat, ishga mas‘uliyat hissi va tejamkorlik kabi ijtimoiy ko‘rsatkichlaridir.

«Iqtisodiy mo‘jiza»ning sabablari qatoriga yana harbiy tayyorgarliklardan tiyilib borishi (konstitutsiyaga ko’ra Yaponiyada milliy daromadining atigi 1 foizdan ortiq bo‘lmagan qismini harbiy xarajatlarga ajratish mumkin) ham kiradi.

Yaponiya iqtisodiyoti yuqori darajada rivojlangan mamlakat. YAMD ning umumiy hajmi (4390 mlrd. AQSh dollari)ga ko‘ra dunyoda AQShdan keyin ikkinchi o‘rinni egallaydi. Unda iqtisodiyotning barcha tarmoqlari yaxshi rivojlangan.




Download 315.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling