1. Yaponiya demografiyasi, joylashuvi, ekologiyasi va boshqa sanoat sohalari o’rni
Yaponiya kompaniyalari jahon bozorida
Download 315.31 Kb.
|
Xudoyberdiyev Javohir IH-51
Yaponiya kompaniyalari jahon bozorida.―Toyota kompaniyasi ishlab chiqargan ―Prius rusumli avtomobillar xaridorlar tomonidan qaytarilmoqda. Boisi, ularning boshqaruv tizimidagi nosozlik tormoz ishlamay qolishiga sabab bo’layotir. Ma‘lumotlarga ko’ra, Yaponiyaning o’zida yuzdan ziyod xaridordan shikoyat tushgan. ―Toyota uch yuz mingga yaqin ―Prius mashinasini qaytarib olishni e‘lon qilgan. Kompaniya shu choqqacha bu mashinadan 1,6 million dona ishlab chiqargan.
Mеtallurgiya sanoat tarmog`ida «Nippon kokan seytetsu», «Sinnippon seytetsu» va «Kavasaki seytetsu» kompaniyalari mamlakatda ishlab chiqariladigan cho`yanning 70 %i va 60 % mеtalni ishlab chiqaradi hamda ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish bo`yicha dunyoda AQSHdan so`ng 2-o`rinda turadi. Kеmasozlik sanoati mamlakatdagi eng еtakchi sanoat tarmoqlaridan biridir. Dunyoda ishlab chiqarilayotgan kеmalarning 48 %i aynan shu mamlakatda ishlab chiqariladi. Eng asosiy kеmasozlik sanoatining markazi Kavasaki shaharida joylashgan. Bundan tashqari Iokogama, Osaka, Kobе va Nakasaki shaharlaridagi kеmasozlik tarmoqlari rivojlangan. «Mittsubisi Dzyukogio» va «Isikavadzima Xarima» kompaniyalari kеma ishlab chiqarishi bo`yicha dunyoda 1 va 2-o`rinlarda turadi. Bundan tashqari ko`plab kompaniyalar sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo`yicha jahonda еtakchi o`rinlarda boradi, masalan: «Sony» kompaniyasi - tеxnika va radioapparatura tovarlarini ishlab chiqaradi. «Nissyo-Ivai» kompaniyasi - oltin qazib chiqarish tеxnologiyalari va uning asbob-uskunalarini ishlab chiqaradi. “Sumitoma korporеyshn” kompaniyasi kompyutеr va tеlеkommunikatsiya mahsulotlarini ishlab chiqaradi. «Panasonik», «AYVA», «JVC» kompaniya va firmalari tеxnika, radioapparatura, tеlеapparatura mahsulotlarini ishlab chiqaradi. «Yamaxa» firmasi esa radioapparatura va elеktron musiqa asboblarini ishlab chiqaradi. Hozirgi kunda xorijiy mamlakatlarda robotlarni ishlab chiqish va tayyorlash bilan ikki yuzga yaqin firma shug'ullanib kelayapti, jumladan G'arbiy Evropadagi 90 ga yaqin firmada 170 mingga yaqin robotlar ishlab chiqilgan. Chet el mamlakatlari robotlar ishlab chiqarishga 1990 yilgacha, bo'lgan davrga katta kapital mablag' ajratishgan edi. Masalan, AQSh va Yaponiya 1981-1986 yilda 0,5 va 1 milliard kapital mablag' ajratgan bo'lsa, 1986-1990 yilda har bir mamlakat 2 milliardga yaqin dollar ajratgan. Robotlarni ishlab chiqarish va bunyod etish bo'yicha Yaponiya birinchi o'rinni egallab kelmoqda. Dunyodagi mavjud robotlarning 38 foizi Yaponiyaga ,25 foizi AQShga, 22 foizi Fransiyaga to'g'ri keladi. Sanoat robotlarini ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda Yaponiya birinchi o'rinni egallashining asosiy sababi sanoat robotlari bilan shug'ullanuvchi firmalarga katta kapital mablag'lar ajritilganligidadir. Agar bu sohaga 1969 yilda 0,4 milliard yen ajratilgan bo'lsa, 1976 yilda 15 milliard, 1977 yilda 18—20 milliard yen ajratilgan. Sanoat robotlarining bozor narxi 1977 yilda 100 milliard yenni tashkil etgan bo'lsa, 1985 yilda 260 milliard yenni tashkil etgan. AQSh, Yaponiyada ham sanoat robotlarini ishlab chiqarish uchun katta kapital mablag'lar ajratilmoqda. Sanoat robotlarining bozor narhi AQShda 1977 yilda 50 million dollarni tashkil etgan bo'lsa, 1985 yilda 1.400 million dollarni tashkil etdi. Yaponiyadagi asosiy va yordamchi operatsiyalarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishga oid vositalarni uch guruhga bo'lish mumkin: - operator yordamida boshqariladigan manipulyatorlar; -oldindan belgilangan dastur asosida ishlaydigan va qayta sozlanmaydigan avtomatik manipulyatorlar; - dastur bilan boshqariladigan va avtomatik tarzda qayta sozlanadigan sanoat robotlari. Bunday robotlar, o'z navbatida, tsiklli va raqamli dastur bilan boshqariladigan robotlarga bo'linadi. Juda ko'p jahon firmalari Yaponiya ishlab chiqarayotgan sanoat robotlariga qo'shimcha talablar qo'ymoqdalar, jumladan, robotlar baxosini kamaytirish, konkret operatsiyalarni bajara oladigan va gruppa robotlarni kompyuterlar orqali boshqara oladigan qurilmalarni ishlab chiqarish, robotlarning epchil qo'llarini tayyorlash, robotlarni kerakli pozitsiyaga surib qo'ya bilish; robotlarning xotira hajmini oshirish, boshqaruv sistemasi va ayrim qismlar ishonchliligini oshirish, robotlarda rangni, predmetlar holati va shaklini aniqlash; sanoat robotlari turlarining texnikaviy xarakteristikasini standartlashtirish; avtomatlashtirilgan omborlar ishlab chiqarish uskunalari bilan bog'langan komplekslarni ishlab chiqish; robotlar yordamida buyumlarni joylash va taxlash ishlarini bajarish va hokazolar. AQShda ishlab chiqarilayotgan dasturli birinchi avlod robotlarining umumiy qimmati 1977 yilda 33 million dollarni, 1985 yilda esa 370 million dollarni tashkil etgan. AQShda sanoat robotlarining uch xil ko'rinishi seriyali ishlab chiqarilmoqda: — tik oyoqda turib ishlaydigan odamni almashtira oladigan robot (ish zonasi 10 m3 va undan katta); - o'tirib ishlaydigan odamni almashtira oladigan robot (ish zonasi 1 — 1,2m3); - eng aniq yig'uv va o'lchov operatsiyalarini bajaradigan robot (ish zonasi 0,01—0,1m3). Shvetsiyada hammasi bo'lib sanoat robotlarini ishlab chiqarish bilan sakkizta firma band bo'lib, 900 taga yaqin sanoat robotlari ishlab chiqarildi, ularning 300 ta dan ortig'i Shvetsiya zavodlarida ishlatilmoqda. Shvetsiya bir million aholi jon boshiga to'g'ri keladigan robotlar soni bo'yicha birinchi o'rinda turadi. Bu ko'rsatkich Yaponiyada 19ga, AQShda 7 ga tengdir. 1980 yil ning oxirida Frantsiyada 500 ga yaqin, Italiyada 400 dan ortiq, Angliyada 371 ta, Yaponiyada esa 1133 ta sanoat roboti ekspluatatsiya kilingan.1 Ishlab chiqarishda yangi texnika va texnologiyalar qo'llanmokda. AQSh, Yaponiya va G'arbiy Yevropaning boshqa mamlakatlari korxonalarida robotlar odamlar o'rnini egallamokda. Ko'pchilik xollarda ishsizlik namoyon bo'lmoqda. Ilmiy texnika taraqqiyoti mehnatga layoqatli aholining AQShda 8,5 foizi va G'arbiy Yevropada 11 foizini boshqa ishga o'tishiga sabab bo'lmoqda. Sotsiologlar nuqtaiy nazaricha, avtomatlashtirish oqibatida sodir bo'layotgan ishsizlik muammosini ham xal etish kerak. Keyingi vaqtlarda g'arb matbuotida ilmiy texnika taraqqiyotining ijtimoiy oqibatlari bilan kurashishning yangi yo'li zo'r berib qidirilmoqda. Sanoatda yo'q qilinayotgan ishchi o'rinlariga maishiy xizmat ko'rsatish soxasida joylar tayyorlanayapti. Yaponiya sanoat kompaniyalari korandalikni qo'llab kelmoqdalar. Ya'ni, ikkinchi darajali ishchilardan vaqtinchalik ishlarda foydalanmoqdalar.
Download 315.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling