1. Yarim o‘tkazgichli priborlar qachondan keng qo‘llaniladi?


Elektrzanjirlarnielektryoysizo’chirish qaysi narsaga asoslangan?


Download 263.89 Kb.
bet8/12
Sana19.04.2023
Hajmi263.89 Kb.
#1365125
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Tursunov fanidan toliq

16.Elektrzanjirlarnielektryoysizo’chirish qaysi narsaga asoslangan?
5-rasmda qisqa tutashgan rotorli asinxron dvigatelni boshqarish uchun apparat ko’rsatilgan. Kuch tiristorlari bloki B1 tarmoq va dvigatel orasiga ulangan. VS1, VS2, VS3, tiristorlarini boshqarish B2 boshqarish blokidan amalga oshiriladi. B2 boshqarish blokida kuch tiristorlari uchun ishga tushirish impulslari ishlab chiqariladi. Agar B2 ishi to’xtasa, ishga tushirish impulslariham to’xtaydi va tokning nul orqali o’tishida kuch ventillari yopiladi, dvigatel toksiz qoladi. B3 bloki dvigatelni faza yo’qolishidan, B4 bloki tokning o’ta yuklanishida dvigatelni uzadi. Tiristorlar asosida yarim o’tkazgichli o’chirgichlar (vыklyuchatellar) yaratilishi mumkin, ularning yordamida tokning nul orqali o’tishidan avval zanjir o’chiriladi.

17.O’zgaruvchan va o’zgarmas tok elektr apparatlarining magnit zanjiri va o’ziga xosligi.
a) Magnit zanjiri. Elektromagnitlar kontaktor, ishga tushirgich (puskatel), rele, avtomatlar, elektromagnit muftalar va boshqalar kabilarda keng qo’llaniladi. Elektromagnitning magnit zanjiri uchun asosiy nisbatlarni klapan sistemasida ko’rib chiqamiz (1-rasm).

Magnit zanjirining ish kuchi beruvchi harakatchan qismi yakor deb ataladi. Magnit o’tkazgichning 3 va 4 uchastkalari o’zak yoki sterjen deyiladi. Klapan sistemasida yakor ilgarilovchi ham aylanuvchi ham harakatda bo’lishi mumkin.
Magnitlovchi g’altak 2 bo’yicha tok o’tganda MYuK hosil bo’ladi, uning ta’sirida F magnit oqimi qo’zg’aladi. Bu oqim havo oralig’i δ tirqish va magnit zanjirining turli magnit potentsiallarga ega bo’lgan boshqa qismlari orqali tutashadi. Yakor harakatlanganda (siljiganda) o’zgaradigan δ tirqish ishchi (tirqish) deyiladi. Ishchi tirqish orqali o’tayotgan magnit oqimi mos ravishda ishchi magnit oqimi deyiladi va Fδ bilan belgilanadi. Ishchi tirqish orqali o’tmaydigan magnit zanjiridagi boshqa oqimlar sochiluvchi oqim Fa deyiladi. Yakordan hosil bo’ladigan elektromagnit kuch ishchi tirqishdagi magnit oqimi bilan aniqlanadi. Magnit zanjirini hisoblashda belgilangan ishchi oqimni hosil qilish uchun zarur bo’lgan g’altakning MYuK-i aniqlanadi (to’g’ri masala) yoxud g’altakning ma’lum MYuK-i bo’yicha ishchi oqim aniqlanadi (teskari masala).



Download 263.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling