1. Yashash muhiti tushunchasi Atrof-muhit ifloslanishini inson organizmiga salbiy taʼsiri
Download 0.53 Mb.
|
6-amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Shovqinli va shahar sharoitlarda yashovchi kishilarning salomatligiga muhit omillarining salbiy taʼsiri Mashgʻulotning maqsadi
- 2. Atmosfera havosining ifloslanishini inson organizmiga salbiy taʼsiri
6- AMALIY MASHGʻULOT Mavzu: MUHIT OMILLARINING INSON ORGANIZMIGA TAʼSIRI Reja: 1. Yashash muhiti tushunchasi 2. Atrof-muhit ifloslanishini inson organizmiga salbiy taʼsiri 3. Ichimlik suvlarining ifloslanishini inson organizmiga salbiy taʼsiri 4. Shovqinli va shahar sharoitlarda yashovchi kishilarning salomatligiga muhit omillarining salbiy taʼsiri Mashgʻulotning maqsadi: Atrof muhitning inson organizmiga salbiy taʼsiri va keltirib chiqaradigan kasalliklari haqida tushuncha berishi. Mashgʻulotning qisqacha mazmuni: 1. Yashash muhiti tushunchasi Biz muhit deganda organizmlarni oʻrab turgan barcha omillar yigʻindisini tushunamiz. Muhit koʻpincha elementlardan tashkil topgan boʻlib, ularning ayrimlari organizm uchun zarur, ayrimlari befarq, uchinchi birlari esa zararli taʼsir koʻrsatadilar. Yashash muhiti deb tabiatning bir-biriga oʻzaro taʼsir qiluvchi tirik mavjudodlar bilan qoplangan qismiga aytiladi. Organizmlar murakkab va oʻzgaruvchan dunyoda yashab, ular oʻz hayotini asta-sekin shunga moslashtirib boradi. Tirik organizmlar toʻrtta asosiy yashash muhitini oʻzlashtirgan boʻladi: 1. Havo muhiti. 2. Suv muhiti. 3.Yer muhiti. 4. Muhit tirik organizmlarning oʻzlari hisoblanadi. 2. Atmosfera havosining ifloslanishini inson organizmiga salbiy taʼsiri Insonning hayotiga xavf tugʻdiruvchi atrof-muhitidagi jiddiy holat ekologik tanglik deb ataladi. U asosan tabiatdan ongsizlarcha foydalanish uni jadal ifloslash va shuningdek qoloq texnologik jarayonlar natijasida shakilanadi. Atrof-muhit ifloslanishini tirik organizmga taʼsirini buyuk olim Abu –Ali ibn Sino bundan 1000 yildan koʻproq vaqt oldin, ham, “Chang va tutun boʻlmasa, inson ming yil umr koʻrar edi,” deb yozib qoldirgan. Shaharlar va sanoat hududlarida kishilar oʻrtasida asab, yurak-qon tomir, surunkali bronxit, nafas qisishi va oʻpka raki kasalliklarining koʻpayishi koʻzatiladi. Koʻz kasalliklari va bolalar kasalliklarining ortishi qayd qilingan. Shahar havosida sanoat korxonalari va avtotransport chiqindilarida kanserogen moddalar boʻlib (benz(a)piren, aromatik uglevodorodlar), ularning surunkali taʼsiri natijasida rak kasalliklari kelib chiqadi. Avtotransportning chiqindi gazlaridagi qoʻrgʻoshin birikmalari ham inson sogʻligʻi uchun ayniqsa havfli hisoblanadi. Atmosfera havosining ifloslanishi turli ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga olib keladi. Insonlar sogʻligʻining yomonlashuvi, binolar, tarixiy obidalarning yemirilishi, oʻsimlik va hayvonlarning nobud boʻlishi va boshqa hodisalar katta iqtisodiy zarar yetkazadi (1-rasm). Avtomobil tutunida 200 dan ortiq zararli birikmalar, shu jumladan oʻpka raki va boshqa ogʻir kasalliklarni keltirib chiqaruvchi birikmalar (benz(a)piren, qoʻrgʻoshin va boshqalar) mavjud. Transport harakatini tartibga solish, metro, elektr transportini rivojlantirish, yoqilgʻi sifatini yaxshilash, dizel va siqilgan gazdan foydalanish va boshqa tadbirlar yirik shaharlar havosining ifloslanishini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega. Ekologik toza transport vositalarini yaratish shu kunning ustuvor vazifalaridan hisoblanadi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling