1. Yassi chuvalchanglar (plathelminthes) tipi. Jigar qurtlarining (Fasciola sp.) biologik xususiyatlari


-rasm. Mushuk ikki so'rg'ichlisi(


Download 0.67 Mb.
bet15/26
Sana02.01.2022
Hajmi0.67 Mb.
#194845
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
Bog'liq
Parazit chuvalchanglar yassi chuvalchanglar tipi

25-rasm. Mushuk ikki so'rg'ichlisi(Opisthorchis felineus)ning tashqi ko’rinishi va rivojlianish sikli: 1-voyaga yetgani(marita), 2-asosiy xo’jayinlari, 3-tuxumi, 4-oraliq xo’jayini(Bithynia avlodiga mansub mollyuska), 5-miratsidiy, 6-sporotsista, 7-rediya, 8-serkariy, 8a-mollyuskadan suvga chiqqan serkariy, 9-qo’shimcha xo’jayini-karplar oilasiga kiruvchi baliqlar, 10-metaserkariy.
Parazitning tuxumlari asosiy xo'jayini o't suyuqligi orqali ichakka va imdan ax-lati bilan tashqi muhitga chiqadi. Molluska parazit tuxumlarini yutib yuboradi va uning organizmida tuxumdan miratsidiy lichinkasi chiqib, harakatsiz sporotsistaga aylanadi va molluska jigariga o'rnashib oladi. Bu yerda sporotsistalardan rediyalar hosil bo'ladi. Rediyalar o'sishi bilan partenogenetik usulda ko'payib, serkariylar-ga aylanadi. Serkariylar harakatchan bo'lib, molluska tanasidan suvga chiqadi va keyingi rivojlanishi uchun ikkinchi oraliq, ya'ni qo'shimcha xo'jayini - baliqlar terisi hamda jabralariga yopishib oladi. Baliq terisini teshib muskul va biriktiruvchi to'qimalari orasida pardaga o'ralib, taxminan 6 haftadan keyin metatserkariyga ay­lanadi. Kasallangan baliqlar bilan oziqlangan asosiy xo'jayinlar parazitni o'zlariga yuqtiradi. Odam ham yaxshi dudlanmagan yoki yaxshi qovurilmagan kasal baliqlarni yesa, parazitni o'ziga yuqtiradi.

Asosiy xo'jayini oshqozonida va ingichka ichagida metatserkariyning po'sti yemirilib, parazit o't yo'li orqali jigarga o'tadi. Bu yerda 3—4 haftadan keyin jinsiy voyaga yetib, yana tuxum qo'ya boshlaydi. Umuman, opistorxisning tuxumdan tortib, to jinsiy voyaga yetishigacha 4-4,5 oy vaqt kerak bo'ladi.

Opistorxis keltirib chiqaradigan kasallik opistorxoz deyiladi. Opistorxozni kasallik sifatida birinchi marta 1891 -yilda Tomsk shahrida shifokor K.N. Vinogradov aniqlagan. Bu kasallik Ukrainada, Perm va Kaliningrad viloyatlarida, Don, Volga daryolarining ba'zi hav-zalarida borligi aniqlangan. Opistorxoz, ayniqsa, Ob va Irtish daryolarining havza-larida keng tarqalgan.

Asosiy xo'jayini organizmida opistorxis 25 yil yashaganligi fanga ma'lum. Bu kasallikdan o'lgan bir kishining jigarida 25320 dona parazit borligi aniqlangan. Opistorxoz bilan kasallangan odamlarda bosh aylanishi, bosh og'rig'i, asabiyla-shish va ko'ngil aynish kabi holatlar kuzatiladi. Jigar va oshqozon osti bezining ishi buziladi, ba'zi hollarda bu kasallik jigar va oshqozon osti bezlarida rakning paydo bo'lishiga sababchi bo'ladi.

Bu kasallikka qarshi kurashish uchun awalo opistorxoz bilan kasallangan odam va hayvonlarga xloksil, geksaxlorparaksilol, geksaxloretan va boshqa dorilar berib davolash kerak. Metatserkariy bilan kasallangan baliqlarni yaxshilab pishirish yoki muzlatish yo'li bilan yuqumsizlantirish, zararlangan xom baliqlarni asosiy xo'jiyinlariga bermaslik, suv havzalariga opistorxisning tarqalishiga yo'l qo'ymaslik hamda aholi o'rtasida sanitariya-gigiyena qoidalariga anial qilishni targ'ibot qilish kerak.


Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling