1. Yassi chuvalchanglar (plathelminthes) tipi. Jigar qurtlarining (Fasciola sp.) biologik xususiyatlari
Download 0.67 Mb.
|
Parazit chuvalchanglar yassi chuvalchanglar tipi
23-rаsm. Pаrаmfistоmаlar(Paramfistomum sp.)ning rivоjlаnish bosqichlari:
А - pаrаzitning аsоsiy хo‘jаyinlаri; B - pаrаzitning оrаliq хo‘jаyini – chuchuk suv mоllyuskаsi: 1-jinsiy ytilgаn pаrаzit; 2-tuхum; 3-mirаsidiy; 4-spоrоsistа; 5-rеdiya; 6-sеrkаriy; 7-аdоlеskаriy. Ularda og'iz so'rg'ichi bo'lmaydi, terminal joylashgan og'iz teshigidan rivojlangan farinks vaundan keyin ikkiga shoxlangan ichakketadi, Qorin so'rg'ichi kuchli rivojlangan bo'lib, gavdasining orqa uchida joylashgan, u yopishib turish vazifasini bajaradi. Jinsiy voyaga yetganlari asosiy xo'jayinlarining (kavsh qaytaruvchi juft tuyoqli sutemizuvchilar, asosan, qoramol, qo'y, echki va boshqalar) katta va to'rqorinlarida parazitlik qiladiParamfistomalar biogelmintlar hisoblanadi. Rivojlanishi ikkita xo'jayinda o'tadi. Ularning oraliq xo'jayinlari chuchuk suvlarda yashovchi molluskalar (Planorbis, Galba, Physa urug'larining turlari) hisoblanadi. Asosiy xo'jayinlari esa kavsh qay-raruvchi sutemizuvchilar. Parazitning tuxumi asosiy xo'jayinining tezagi bilan tashqariga (suvga) chiqib, 12-13 kundan keyin undan miratsidiy lichinkasi chiqadi. Miratsidiy oraliq xo'jayini - chuchuk suvda yashovchi molluskalarning organizmigakirib, sporotsistaga, keyin rediyaga aylanadi. 1,5-3 oydan keyin esa serkariylarga aylanib, oraliq xo'jayinlardan tashqariga chiqadi. Ma'lum vaqtdan keyin serkariylar domini yo'qotib, sistaga o'ralib adoleskariylarga aylanadi. Asosiy xo'jayinlari suv va o't orqali adoleskariylarni o'zlariga yuqtiradi. Adoleskariylar ichak bo'shlig'i orqali katta qoringa va to'rqoringa o'tib jinsiy voyaga yetadi. Adoleskariydan to jinsiy voyaga yetgan parazitga aylanguncha 3-3,5 oy vaqt kerak bo'ladi. Oraliq xo’jayin vazifasini Planorbidae oilasiga mansub chuchuk suv qorinoyoqli mollyuskalari bajaradi. Parazit tuxumi hayvonlar tezagi bilan tashqi muhitga chiqadi. Tuxum suvga tushgach, unda miratsidiy yetiladi. 19-27°C haroratda tuxumdan 12-13 kundan keyin miratsidiy chiqib, mollyuska organizmiga kiradi. Mollyuska organizmida sporotsista, rediy va serkariy kabi lichinkalik bosqichlarini o’tadi. Serkariylar mollyuska zararlangandan 1,5-3 oydan keyin tashqi muhitga chiqa boshlaydi va suvda o’simliklar yuzasida sistaga o’ralib, adoleskariyga aylanadi. Asosiy xo’jayinlari suv va o’t orqali parazitning adoleskariylarini o’zlariga yuqtiradilar. Yosh paramfistomatalar shirdon va ingichka ichak devorlariga kiradi. Keyinchalik esa ular katta va to’r qorinlarga qaytib, uning shilliq pardalarida parazitlik qiladi va jinsiy voyaga yetadi. Parazitlarning jinsiy voyaga yetishi turli muddatda amalga oshadi: liorxislar qoramollarda 97-130 kunda, qo’ylarda 26-107 kunda; paramfistomalar qoramollarda 40-100 kunda, qo’ylarda 103-115 kunda. Trematodalarning voyaga yetishi uchun o’rtacha 3-4 oy talab etiladi. Jinsiy voyaga yetgan parazitlar 4-5 yil yashashligi to’g’risida ma’lumotlar bor. Hayvonlarning zararlanish manbalari bo’lib, botqoqli, namli yaylovlar va invaziya bo’yicha nosog’lom (zararlangan mollyuskalar mavjud bo’lgan) suv havzalari hisoblanadi. Invaziyani tarqatish manbalari - kasal hayvonlar va paramfistomatalar lichinkalari bilan zararlangan mollyuskalar hisoblanadi. Invaziya manbai bo’lib, yovvoyi kavsh qaytaruvchilar ham bo’lishligi mumkin. Zararlangan mollyuskalar qishlab chiqadi va invaziyaning manbai bo’lib qoladi. Adoleskariylar chidamsiz, biotoplar quriganda tez nobud bo’ladi. Paramfistomatalar keltirib chiqaradigan kasallik paramfistomatoz deb ataladi. O’zbekistonning janubiy hududlarida (Surxandaryo viloyati) Calicophoron avlodiga mansub trematodalar, Shimoli-g’arbiy hududlarida esa paramfistomalarning qolgan avlod vakillari tarqalgan. So’ngi yillarda Samarqand viloyatining Urgut va Tayloq tumanlarida kalikoforoz va gastrotilyaksozlarning kuchli o’choqlari paydo bo’lgan. Ayrim qishloqlarda aholi qoramollarining ular bilan 100% gacha zararlanganligi va ayrim hollarda nobud bo’lishi kuzatilgan. Bu kasallik, ayniqsa, yosh mollarda ko'proq uchraydi. Paramfistomatoz o’tkir va surunkali shaklda kechadi. O’tkir paramfistomatoz 1,5-2 yoshli buzoqlarda kuzatiladi. Hayvonlarda ishtaha yo’qoladi, holsizlanadi, uzoq vaqt yotadi, ich ketish, ich qotishi bilan almashib turadi. Surunkali paramfistomatozni voyaga yetgan gelmintlar qo’zg’atib, trematodalarning oshqozon oldi bo’limlarida parazitlik qilishidan kelib chiqadi. Kasallikning bu shaklida hayvonlar keskin ozadi, ko’pincha yotadi, qoramollarning sut mahsulotlari kamayadi. Odatda paramfistomatozning o’tkir shakli buzoqlar yaylovga haydagandan bir oydan keyin kuzatiladi. Parazitning voyaga yetgan shakllari hayvonlar organizmida bir necha yil yashab, ularni katta va to’r qorinlarida yilning hamma fasllarida topish mumkin. Kasallangan mollarni bitionol va geksaxloretan kabi dorilar bilan davolanadi. Paramfistomatozning oldini olish uchun chorva mollarni paramfistomatidlar bilan zararlangan yaylovlarda boqmaslik, dalaga ishlatiladigan go'nglarni qayta ishlash, oraliq xo'jayinlari uchun qulay bo'lgan ko'lmak va keraksiz suv havzalarini quritish, yaylovlarni almashtirib turish kabi chora-tadbirlami amalga oshirish lozim. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling