1. Yassi chuvalchanglar (plathelminthes) tipi. Jigar qurtlarining (Fasciola sp.) biologik xususiyatlari
-rasm. Lantsetsimon so’rg’ichlisi –
Download 0.67 Mb.
|
Parazit chuvalchanglar yassi chuvalchanglar tipi
22-rasm. Lantsetsimon so’rg’ichlisi – Dicrocoelium lanceolatumning tuzilishi va taraqqiyot sikli: 1-voyaga yetgan shakli; 2-asosiy xo’jayinlari; 3-tuxumi; 4-birinchi oraliq xo’jayini va 5-9-lichinkalik taraqqiyoti; 5-miratsidiy; 6-7-sporatsistalar; 8-serkariya; 9-serkariya tugunchalari; 10-ikkinchi oraliq xo’jayin; 11-metatserkariy.
Jinsiy voyaga yetgan trematodalar jigarning o’t yo’llari, o’t qopiga tuxum qo’yadi. Tuxum o’t suyuqligi bilan 12-barmoqli ichakka tushib, hayvon tezagiga aralashib tashqariga chiqadi. Uning tuxumi ichida yetilgan miratsidiya bo’lib, u tuxum qobig’idan tashqariga chiqolmaydi va uni tuxum bilan birgalikda mollyuska yutadi. Uning ichagida tuxumdan yetilgan miratsidiy jigarga o’tib, onalik sporotsistaga, keyinchalik qiz sporotsistaga, ulardan dumli serkariyalar paydo bo’ladi. Serkariylar yetilgandan keyin mollyuska o’pkasiga o’tadi va u yerdan nafas yo’llariga keladi. Mollyuska organizmida trematoda lichinkalari Parazit lichinkalarining mollyuska tanasida rivojlanishi 82 kundan 6 oygacha davom etadi. Mollyuskaning nafas yo’llarida serkariylar 100-300 nusxadan to’planib, shilliq tugunchalar hosil qiladi. Bu tugunchalar mollyuskalarning nafas yo’llari orqali tashqariga chiqib, o’simlik va boshqa narsalarga yopishib qoladi. Ikkinchi oraliq xo'jayini - chumoli serkariylari bor shilliq qopchalarni, ya'ni to'plam sistalarni yeb, ularni o'zlariga yuqtiradi. Chumolilar organizmida 26-62 kundan keyin serkariylar metatserkariylarga aylanadi. Asosiy xo'jayinlari (chorva mollari va boshqa umurtqali hayvonlar) suv va o'simliklar bilan birga zararlangan chumolilarni yutib yuborish orqali parazitlarni o'zlariga yuqtiradi. Odam ham xuddi shu yo'l bilan zararlanishi mumkin. Asosiy xo'jayini organizmiga o'tgan metatserkariylar jigar va o't yo'llarida taraqqiy etib, 1,5-3 oydan keyin jinsiy voyaga yetadi. Nashtarsimon ikki so'rg'ichlilar keltirib chiqaradigan kasallik dikrotselioz deyiladi. Bu kasallik chorva mollari o'rtasida deyarli hamma joyda uchraydi. O’zbekistonda ham bu parazit deyarli barcha viloyatlarida (Xorazm viloyati va Qoraqolpog’iston Respublikasidan tashqari) qayd etilgan. Respublikamtzda chorva mollarning dikrotselioz bilan kasallanishi ko'pincha tog' va tog'oldi mintaqalarida kuzatiladi. Chunki bu mintaqalarning iqlim sharoitlari oraliq xo'jayinlarning yashashi va ko'payishi uchun qulaydir. Bunday joylarda Katta yosh-dagi qo'ylar dikrotselioz bilan 93 % gacha, 1-2 yoshdagi qo'ylar esa - 87 % gacha va bir yoshgacha bo'lgan qo'zilar - 66 % gacha kasallanganligi kuzatilgan. Birinchi oraliq xo'jayini - mollyuskalarning parazit lichinkalari bilan zararlanish darajasi 5-5,8 % ni tashkil qiladi. Dikrotseliyning ikkinchi, ya'ni qo'shimcha xo'jayini -chumolilarning zararlanish darajasi 28-43 % ni tashkil qilib, ayrim chumolilarda metatserkariylar soni 250 tagacha boradi. Bitta qo'y jigaridagi parazitning soni 50 mingtagacha borishi mumkin, bunday paytda kasallik og'irlashib, hatto o'limga olib keladi. Dikrotseliyning tuxumlari tashqi muhit ta’sirlariga ancha chidamli. Tezak ichida bo’lgan tuxum hayotchanligini 1 yilgacha saqlab qolishi mumkin. 23°C dan -50°C gacha bo’lgan sovuqqa bir necha soatdan bir kungacha chidashi mumkin. Hayvon jigarida parazitlik qiluvchi dikrotseliy miqdori hayvonning yoshiga to’g’ri proportsional bo’ladi. Hayvon qanchalik uzoq yashasa, u shuncha ko’proq reinvaziyaga uchraydi, uning jigarida esa parazit miqdori osha boradi. Kasallik ham shuncha og’ir o’tadi. Dikrotselliozda kasallik belgilari uncha xarakterli emas. Hayvon kuchli zararlanganda (10-15 ming nusxa) oriqlash, ko’krak sohasida shishlar paydo bo’lishi, ovqat hazm qilish jarayonining buzilishi va mahsuldorlik pasayishi, ayrim hollarda hatto o’lim bo’lishi kuzatiladi. Dikrotseliozni davolash va uning oldini olish uchun avvalo kasallangan chorva mollarni geksaxlor - paraksilol, geksixol, fevendazol, getolin va boshqa dorilar bilan degelmintizatsiya qilinadi. Yosh mollarni dikrotseliy tarqalgan yaylovlarda boqmaslik, vaqti - vaqti bilan yaylovlarni almashtirib turish va oraliq xo’jayinlariga qarshi kurash chora - tadbirlarni amalga oshirish lozim. Dikrotseliylar fastsiolalarga nisbatan antgelmintiklarga ancha chidamli, shu sababli hayvonlar bir oy ichida qayta gijjasizlantiriladi. Dikrotseliozning kuchli, tor doiradagi o’chog’larini kuz oylarida shudgor qilib tashlash va donli ekinlar ekish maksadga muvofiqdir. Hayvonlar orasida o’lim kuzatilsa, ularni bog’lab boqishga o’tish yoki yaylovlarni almashtirish zarur. Bu vaqtda kasallangan hayvonlarni davolash maqsadida majburiy gijjasizlantirish o’tkaziladi. Kasallik belgilari qayta namoyon bo’lsa, gijjasizlantirish takroriy o’tkaziladi. Dikrotselioz bo’yicha nosog’lom bo’lgan xo’jaliklarda hayvonlar rejali asosda yiliga ikki marta - noyabr va dekabr - yanvar oylarida gijjasizlantiriladi. Qo’y qo’ralari va molxonalarda maxsus go’ng saqlaydigan joylar tashkil kilish va ularni dala maydonlariga faqat biotermik usulda qayta ishlangandan so’ng chiqarish zarur.
Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling