Parafistomalarning tuzilishi va biologik xususiyatlari. Paramphistomata kenja turkumiga mansub parazitlarning voyaga yetgan vakillari kavsh qaytaruvchi sutemizuvchilarning oshqozon oldi bo’limlarida (katta qorinda, ba’zan to’r qorinda), yosh parazitlar esa shirdon va ingichka ichakning shilliq pardasi ostida parazitlik qiladi. Uy va yovvoyi kavsh qaytaruvchilarda 60 turdan ziyod paramfistomatalar parazitlik qiladi.
O'zbekistonda qoramol va qo'y-echkilarda Paramfistomatalardan - Raramphistomum, Calicophoron, Gastrothylax va Liorchis avlodlariga mansub bir necha tur trematodalar parazitlik qiladi.
Paramfistomalarning gavdasi ipsimon yoki silindrsimon shaklda, rangi oq-qizg'ish, uzunligi 5-20 mm bo’lib, ularda og’iz so’rg’ichi bo’lmaydi. Qorin so’rg’ichi yaxshi rivojlangan bo’lib, tananing orqa qismiga yaqin joylashadi. Paramfistomatalar tuxumlari oval shaklda, kulrang, tuxum pusti sariqliq hujayralari bilan zich to’lmagan, o’lchami 0,11-0,16 mm. Fastsiola tuxumlaridan rangi va sariqlik hujayralari joylashishi bilan farq qiladi.
Paramphistomatidae oilasiga kiruvchi barcha turlarning rivojlanish bosqichlari deyarli bir xil o’tadi. Ular oraliq va asosiy xo’jayinlar ishtirokida rivojlanadi(23-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |