1. Yassi chuvalchanglar (plathelminthes) tipi. Jigar qurtlarining (Fasciola sp.) biologik xususiyatlari


Lantsetsimon ikki so’rg’ichlisi(Dicrocoelium lanceolatum)ning tuzilishi va biologik xususiyatlari


Download 0.67 Mb.
bet8/26
Sana02.01.2022
Hajmi0.67 Mb.
#194845
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
Bog'liq
Parazit chuvalchanglar yassi chuvalchanglar tipi

Lantsetsimon ikki so’rg’ichlisi(Dicrocoelium lanceolatum)ning tuzilishi va biologik xususiyatlari. Lantsetsimon ikki so’rg’ichlisi ham jigar qurti kabi chorva mollari va boshqa umurtqali hayvonlarda, ba’zan esa odamlarning jigar va o’t yo’llarida, o’t qopida parazitlik qiladi. Bu so’rg’ichlining tanasi jarrohlik pichoqchasi(lantset)ga o’xshaganligi uchun lantsetsimon ikki so’rg’ichlisi deb ataladi. Tanasi cho’ziq, uzunligi 5 - 15 mm keladi. So’rg’ichlari bir-biriga yaqin joylashgan. Tuzilishi jihatidan jigar qurtiga o’xshasada, ayrim farqlari ham bor. Jumladan, ular tanasining cheti bo’ylab joylashgan naysimon ko’rinishdagi ichaklari shoxlanmay gavdasining oxirida ko’r o’simta bilan tugaydi. Yumaloq shakldagi 2 ta urug’doni qorin so’rg’ichining orqasida, undan keyin bir dona yumaloq tuxumdoni joylashgan.

Lantsetsimon ikki so’rg’ichlining rivojlanish siklida uchta xo’jayin qatnashadi. Asosiy xo’jayini har xil umurtqali hayvonlar va ba’zan odam, birinchi oraliq xo’jayini quruqlikda yashovchi Xeropicta avlodiga mansub qorinoyoqli mollyuskalar va qo’shimcha, ya’ni ikkinchi oraliq xo’jayini Formica va Proformica avlodlariga mansub chumolilar hisoblanadi(22-rasm).




Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling