1. Yassi chuvalchanglar (plathelminthes) tipi. Jigar qurtlarining (Fasciola sp.) biologik xususiyatlari


Download 0.67 Mb.
bet19/26
Sana02.01.2022
Hajmi0.67 Mb.
#194845
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
Bog'liq
Parazit chuvalchanglar yassi chuvalchanglar tipi

Metagonimuslar (Metagonimus). Metagonimuslardan - Metagonimus yokogawai ning uzunligi 1-2,5 mm atrofida (27-rasm).



27-rasm. Metagonimus yokogawai: 1-og’iz so’rg’ichi, 2-ichagi, 3-qorin so’rg’ichi,

4- urug’ yo’li, 5-bachadon, 6-urug’ qabul qiluvchi, 7-tuxumdon, 8-sariqdonlari, 9-urug’donlari.


Metagonimus odam, mushuk, it, cho'chqa va boshqa yirtqich sutemizuvchilaming ingichka ichagida parazitlik qiladi. Bu parazit bilan kasallangan asosiy xo'jayinlari axlatlari orqali tashqi muhitga tuxumlarini chiqaradi. Metagonimusning oraliq xo'jayinlari chuchuk suv shilliqqurtlari va qo'shimcha xo'jayinlari har xil turga kiruvchi baliqlar (zog'ora baliq, leshch, laqqa baliq, do'ng peshona, gulmoy baliq va bosh.) hisoblanadi. Metatserkariylar baliqlaming tangachalarida, suzgich qanotlarida, jabralarida va teri osti yog' qavati hujayralarida hamda muskullarida joy-lashadi.

Odam va yirtqich sutemizuvchilar metatserkariylar bilan zararlangan baliqlarni iste'mol qilishi natijasida parazitni o'zlariga yuqtiradi. Metagonimoz qo'zg'atuvchilari bilan asosan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Koreya Xalq Demokratik Respublikasi va Filippin orollari atrofidagi aholi ko'proq zararlanadi-lar. MDH da esa Amur daryosi suv havzalari atrofidagi odamlarda uchrab turadi. Odamlar asosan xom baliqlarni yeyishlari oqibatida kasallanadi.

Metagonimoz qo'zg'atuvchisini aniqlash, bu parazit bilan kasallangan odamlar-ni davolash va profilaktik chora-tadbirlarni olib borish opistorxoznikiga o'xshash. Kasallangan odamlar naftamon va kombantirin kabi dorilar bilan davolanadi.


Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling