1. Yassi chuvalchanglar (plathelminthes) tipi. Jigar qurtlarining (Fasciola sp.) biologik xususiyatlari


Shistosomalar(Schistosoma)ning tuzilishi va biologik xususiyatlari


Download 0.67 Mb.
bet20/26
Sana02.01.2022
Hajmi0.67 Mb.
#194845
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
Bog'liq
Parazit chuvalchanglar yassi chuvalchanglar tipi

Shistosomalar(Schistosoma)ning tuzilishi va biologik xususiyatlari. Trematodalar sinfi orasida odam va hayvonlarning xavfli parazitlaridan yana bir guruhi qon ikki so’rg’ichlilari - shistosomalar (Schistosoma, Orientobilharzia va boshqalar) hisoblanadi. Shistosomalar qon parazitlari bo’lib, odam va hayvonlarning qorin bo’shlig’idagi yirik vena qon tomirlarida, shuningdek, buyrak, qovuq venalarida parazitlik qiladi. Asosan issiq iqlimli mamlakatlarda, ya’ni Afrika, Osiyo va Janubiy Amerikada keng tarqalgan.

Ular ayrim jinsliligi bilan boshqa trematodalardan farq qiladi. Erkagining tanasi ancha yo’g’on, 10-15 mm uzunlikda bo’ladi, ularning qorin tomonida maxsus tarnovsimon chuqurchasi bo’lib, unga uzun (20 mm dan ortiq) va ingichka urg’ochisini joylashtirib birga yashaydi. Shistosomalarning so’rg’ichlari kuchsiz rivojlangan yoki butunlay bo’lmaydi.



Shistosomalar, ya’ni qon ikki so’rg’ichlilari biogel-mintlar bo’lib, ularning rivojlanishida oraliq xo’jayin sifatida planorbis urug’iga mansub suv mollyuskalari qatnashadi (28-rasm).

Urg’ochi chuvalchang odam qon tomiri devorini yemirib, qovuq devorining biriktiruvchi to’qimasiga tuxum qo’yadi. Buning natijasida qovuq yallig’lanadi va kasallanadi. Miratsidiy lichinkasi bo’lgan tuxumlari ichak va siydik pufagi devorlarini teshib, uning bo’shlig’iga, undan xo’jayin axlati va siydigi orqali tashqariga chiqadi. Suvga tushgan tuxumlardan miratsidiy chiqib, oraliq xo’jayini - qorinoyoqli mollyuskalar tanasiga kirib oladi.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling