Yer kurrasida va materiklar ichida namlikning aylanishi. Quyosh nurlari ta’sirida Dunyo okeani, daryolar, ko’llar, botqoqliklar, muzliklar yuzasidan, o’simliklardan va Yer sirtining boshqa qismlaridan har yili 520 ming km3 (1015 mm) suv bug’ga aylanadi. Suv bug’lari gravitatsiya kuchlari ta’sirida yuqoriga ko’tariladi va kondensatsiya jarayonida to’yinib, og’irlik kuchlari tufayli yog’in sifatida yana Yer sirtiga tushadi.
Atmosferadagi namlikning asosiy manbaiokeanlar va dengizlar yuzasidan bo’ladigan bug’lanishdir. U Yer kurrasi yuzasidan bo’ladigan umumiy bug’lanishning 86,5 foizini tashkil etadi. Shu miqdorning ko’p qismi bevosita yana okeanlar va dengizlar yuzasiga atmosfera yog’ini ko’rinishida qaytib tushadi. Bu kichik suv aylanishi deb ataladi.
Namlikning qolgan qismi materiklar tomon harakatlanadi va ular Yer yuzasi bilan murakkab aloqada bo’ladi (7rasm). Okean va quruqlik yuzasidan suvning bug’lanishi, suv bug’ining okeanlar ustidan o’tishi va materiklar ichiga kirib borishi, ularning kondensatsiyalanishi hamda yog’in sochin tarzida yer sirtiga tushishi, shuningdek, materiklardan suvning daryolar ko’rinishida oqib ketishi kabi jarayonlar tabiatning ayrim komponentlari orasida suv almashinishini ta’minlaydi. Bu bir butun jarayon bo’lib, iqlim hosil qiluvchi juda muhim omil hisoblanadi. Dunyo okeani bilan quruqlik o’rtasidagi suv va issiqlik almashinuvi, shu jarayon orqali amalga oshadi.
Suvning tabiatda aylanishi tufayli materiklarga suv keladi va bu suv bilan tuproq, o’simlik, hayvonot olamining ehtiyojlari ta’minlanadi, jilg’alar, soylar, daryolar va ko’llar suvga to’ladi.
Okean yuzasidan bo’lgan bug’lanish, kondensatsiya va okeanga tushadigan yog’indan iborat kichik aylanishdan tashqari suvning yana ikki xil aylanishialohida olingan materik doirasidagi va katta, ya’ni butun Yer kurrasi miqyosidagi aylanma harakati farq qiladi.
Suvning materik doirasidagi aylanishi unga chetdan namlik kelishi, yog’insochinlar, atmosfera oqimi, ya’ni namlikning chekka hududlardan materik ichkarisiga olib borilishi, bug’lanish va daryo oqimidan tashkil topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |