1. Yer solig‘ini to‘lovchilar, soliq ob‘ekti va bazasi. Yer solig‘i stavkalari va soliqdan imtiyozlar. Yer solig‘ini hisoblab chiqarish tartibi
Yer solig‘ini hisoblab chiqarish tartibi
Download 62.03 Kb.
|
10-mavzu Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i
3. Yer solig‘ini hisoblab chiqarish tartibi.
Tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan yer uchastkalari uchun yoxud uylar, dala hovli imoratlari, yakka tartibdagi garajlar va boshqa imoratlar, inshootlar, joylar yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilganda, shuningdek jismoniy shaxslarning mulkida bo’lgan, yashash uchun mo’ljallanmagan joylar egallagan yer uchastkalari uchun jismoniy shaxslardan yer solig’i yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’ini to’lash uchun belgilangan stavkalar bo’yicha undiriladi hamda Soliq Kodeksning 290-moddasida ko’rsatilgan imtiyozlar ularga nisbatan tatbiq etilmaydi. Jismoniy shaxs yoki oilaviy korxona yer uchastkasidan unda joylashgan uyda istiqomat qilish bilan bir vaqtda tovarlar ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish) uchun foydalangan taqdirda, yer solig’i jismoniy shaxslar uchun belgilangan stavka bo’yicha to’lanadi. [ОКОЗ: 1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.11.00.00 Маҳаллий солиқлар ва йиғимлар / 07.11.02.00 Ер солиғи / 07.11.02.04 Ер солиғини ҳисоблаш ва тўлаш тартиби] Kalendar yil soliq davridir. Y [ОКОЗ: 1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.11.00.00 Маҳаллий солиқлар ва йиғимлар / 07.11.02.00 Ер солиғи / 07.11.02.04 Ер солиғини ҳисоблаш ва тўлаш тартиби] er solig’ini hisoblab chiqarish davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat soliq xizmati organlari yer solig’ini to’lovchilar bo’lgan jismoniy shaxslarning hisobini muntazam yuritadi. Soliq Kodeksning 290-moddasida ko’rsatilgan imtiyozlarni olish huquqiga ega bo’lgan shaxslar yer uchastkasi joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga ushbu imtiyozlarga bo’lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarni mustaqil ravishda taqdim etadi. Yer solig’i summasi va uni to’lash muddatlari ko’rsatilgan to’lov xabarnomasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan jismoniy shaxslarga imzo qo’ydirilgan holda yoki to’lov xabarnomasi olinganligini va olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usulda har yili 1 maydan kechiktirmay topshiriladi. Yil mobaynida yer uchastkasi maydoni o’zgarganda va imtiyozlarga bo’lgan huquqlar vujudga kelganida (bekor qilinganda) davlat soliq xizmati organlari mazkur o’zgarishlardan keyin bir oy ichida yer solig’ini qayta hisob-kitob qilishlari hamda soliq to’lovchiga yer solig’i summasi va uni to’lash muddatlari ko’rsatilgan yangi yoki qo’shimcha to’lov xabarnomasini taqdim etishlari kerak. [ОКОЗ: 1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.11.00.00 Маҳаллий солиқлар ва йиғимлар / 07.11.02.00 Ер солиғи / 07.11.02.04 Ер солиғини ҳисоблаш ва тўлаш тартиби] Download 62.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling