1. Yer solig‘ini to‘lovchilar, soliq ob‘ekti va bazasi. Yer solig‘i stavkalari va soliqdan imtiyozlar. Yer solig‘ini hisoblab chiqarish tartibi


Yer solig‘ini budjetga to‘lash muddatlari


Download 62.03 Kb.
bet4/4
Sana20.11.2023
Hajmi62.03 Kb.
#1789319
1   2   3   4
Bog'liq
10-mavzu Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i

4. Yer solig‘ini budjetga to‘lash muddatlari.
Yer solig’i yer uchastkasining mulkdori, yerga egalik qiluvchi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachining yashash joyidan qat’i nazar, yer uchastkasi joylashgan hududdagi tuman yoki shaharning mahalliy byudjetiga to’lanadi.
Yil mobaynida ajratilgan yer uchastkalari uchun yer solig’i jismoniy shaxslar tomonidan yer uchastkasi ajratilganidan keyingi oydan e’tiboran to’lanadi.
Yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan taqdirda, yer solig’ini to’lash yer uchastkasi kamaytirilgan oydan e’tiboran to’xtatiladi (kamaytiriladi).
Yer solig’i bo’yicha imtiyozlar belgilangan taqdirda, bu soliq imtiyoz huquqi vujudga kelgan oydan e’tiboran to’lanmaydi. Yer solig’i bo’yicha imtiyozlarga bo’lgan huquqlar bekor qilingan taqdirda, bu soliq mazkur huquq bekor qilinganidan keyingi oydan e’tiboran to’lana boshlaydi.
Belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalari uchun yer solig’i yer uchastkasidan foydalanish faktidan qat’i nazar, jismoniy shaxslar tomonidan to’lanadi.
Soliq davri uchun yer solig’i to’lash jismoniy shaxslar tomonidan hisobot yilining 15 oktyabriga qadar amalga oshiriladi.
5. Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig’i bo’yicha xorijiy davlatlar tajribasi.
Ko’pgina rivojlangan mamlakatlarda fuqarolar egaligida, tasarrufida va foydalanishidagi yer uchastkalari bizning mamlakatimizdagidek yer solig’iga emas, balki, mulk ob’ektlari tarkibiga kirgan holda mol-mulk solig’iga tortiladi. Mol-mulkdan olinadigan soliqlar davlat soliqlari umumiy hajmida kam o’rin tutadi va ko’pchilik mamlakatlarda mahalliy soliqlar toifasiga kiritiladi. Mamlakatimizda ham mol-mulk va yer solig’i mahalliy soliqlar guruhiga kiritilgan.
Rivojlangan mamlakatlarda mulkni soliqqa tortish ikki soliq guruhi: mulkning umumiy summasiga soliq va mulkning alohida turlariga soliqlari asosida amalga oshiriladi. Mulkning umumiy summasiga soliq o’z navbatida jismoniy shaxslarning shaxsiy mulkiga soliq va yuridik shaxslar mol-mulk soliqlariga bo’linadi.
Shaxsiy mulk solig’iga jismoniy shaxslar mulkining qiymati tortiladi. Mulk qiymati amaldagi qonunlarga ko’ra ishlab chiqilgan usullar orqali aniqlanadigan bozor yoki kadastr qiymati asosida baholanadi.
Shaxsiy mulk solig’i yagona stavkada yoki soliqqa tortishning tabaqalashtirilgan progressiv stavkasi asosida undirilishi mumkin. Soliqqa tortishning yagona stavkasi Germaniya, Belgiya, Islandiya va Lyuksemburgda qo’llaniladi. Soliqqa tortishning progressiv tizimi Shvetsiya, Finlyandiya, Norvegiya, Ispaniya, Shveytsariya va boshqa davlatlarda amal qiladi.
Mol-mulkka solinadigan barcha soliqlar hududiy yoki mahalliy soliqlarga taalluqli ammo, undirish chegarasi ko’p hollarda markaziy darajada belgilanadi. Maxsus mol-mulk soliqlari tarixan saqlanib qolgan soliqlar hisoblanadi. Bu soliqlarning jami soliq tushumlaridagi ulushi rivojlangan mamlakatlarda qattiq farq qiladi. Agar Buyuk Britaniyada ushbu ulush 10%dan oshig’ini tashkil etgan bo’lsa, Belgiya, Gretsiya, Avstriya, Italiya, Lyuksemburg, Turkiya, Finlyandiya, Shveytsariya, Shvetsiya, Ispaniyalarda ular 1%dan oshadi. Mulkning alohida turlariga soliqlari bo’yicha yuqori tushumli davlatlarga AQSh (9%dan yuqori), Kanada (8%dan yuqori), Yangi Zelandiya (6% atrofida), Avstraliya (deyarli 5%), Irlandiya (2,5%), Frantsiya (2% atrofida) kiradi.1
Mol-mulkka solinadigan soliqlar bo’yicha yuqori ulushli tushumlar ko’chmas mulkdan undiriladi. Inshaot va imoratlarni soliqqa tortishda ularning qurilish materiallari, yerga biriktirish usullari, xajmi va foydalanish maqsadlaridan kelib chiqqan holda soliqqa tortish shartlari differentsiyalanadi. Albatta, turar joylarni va sanoatga tegishli binolarni soliqqa tortish shartlari sezilarli farq qiladi.
Yer uchastkalarini soliqqa tortishda qaysi xo’jalik maqsadlarida foydalanishidan kelib chiqqan holda farqlanadi. Imorat qurilgan va qurilmagan yer uchastkalari, qishloq xo’jaligi maqsadlarida ishlatiladigan va ishlatilmaydigan yer uchastkalarini soliqqa tortish tizimi farq qiladi. Odatda ushbu soliq stavkalari yer uchastkasining kadastr qiymatidan foizlarda belgilanadi. Bu soliqlardan davlat mulkida, mahalliy hokimiyat organlari mulkida, shuningdek, qonun-hujjatlarda ko’rsatilgan tashkilotlar mulkida bo’lgan ob’ektlar ozod etilishi mumkin.
Ushbu soliqlar orasida ko’chmas mulk solig’i asosiy soliq hisoblanadi, bu soliqqa yer uchastkalari va imoratlar tortiladi. Bu soliq stavkalari yuqori bo’lmaydi va odatda shunday mulk qiymatining 1,0–3,0%ini tashkil etadi. Ba’zi mamlakatlarda shuningdek, mulkning umumiy summasiga solinadigan soliq ham bo’ladi, unga faqat yirik mulk tortiladi, chunki ushbu soliq borasida soliq solinmaydigan yuqori darajali minimum ko’zda tutilgan. Soliq solinadigan mulk tarkibiga yer uchastkalari va imoratlardan tashqari, kompaniyalarning aktsiyalari paketlari, individual (yakka) tadbirkorlarning aktivlari va tovar zaxiralari, uchinchi shaxslar qarzdorligi va shu kabilar ham kiritiladi. Soliq stavkalari 1,0–2,0%ni tashkil etadi.
Ayrim mamlakatlarda hamon saqlanib qolayotgan hunarmandchilik va uy egaligi soliqlari ham mol-mulk soliqlari jumlasiga kiradi. Bunday soliqlarni hisoblab chiqishda ishchilar, dastgohlar, deraza, eshiklar soni va shu kabilar negiz qilib olinadi.
Jahon bozorida etakchilik qiluvchi mamlakatlar yutuqlarining tahlili shuni ko’rsatmoqdaki, ularning ko’pchiligi soliqlar borasida raqobatbardoshlik yo’li bilan muvaffaqiyatli ravishda quyidagi asosiy vazifalarni hal qiladi:
– soliq stavkalarini dunyodagi o’rta darajadan pastroq darajada belgilash;
– daromad oluvchilar asosiy ommasi bo’yicha soliqqa tortishning progressiv tizimlaridan voz kechish;
– soliqqa torish bazasini hisoblab chiqarishda investitsiyalarni soliqqa tortishdan butunlay ozod qiladigan muayyan qoidalarni belgilash.
Rivojlangan xorijiy mamlakatlardagi soliq tizimlarining hammasini ham takomillashgan va hozirgi kunning talablariga to’liq javob beradi deb bo’lmaydi. Shuning uchun ham bu mamlakatlar soliq tizimlarini sistematik ravishda isloh qilib turilishi bejiz emas. Albatta, o’tish iqtisodiyotiga ega bo’lgan mamlakatlar rivojlangan xorijiy mamlakatlar soliq tizimlaridan avtomatik ravishda nusxa olmasdan, ularning xatolaridan tegishli saboq olishlari kerak. Zero, soliq siyosatida mamlakatning o’z tajribasiga tayanibgina qolmay, soliq tizimida yaratilayotgan va rivojlanayotgan mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda boshqa mamlakatlardagi barcha qimmatli va foydali tajribalardan foydalanish ham muhim.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda o’tkazilayotgan islohotlar tajribasini tahlil qilish ham bu mamlakatlar bilan O’zbekiston o’rtasida bir necha o’xshash sharoitlar mavjud bo’lganligi uchun mamlakatimizda soliq sohasida o’zgarishlarni amalga oshirishda bir necha foydali saboqlarni berishi mumkin.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, davlatimiz soliq tizimidagi mol-mulk va yer solig’ining o’rni va ahamiyati rivojlangin mamlakatlardagi mol-mulk va yer solig’ining ahamiyati bilan bir qator o’xshashliklarga ega. Yuqorida ko’rib o’tganimizdek, mol-mulk solig’i barcha davlatlarda undiriladi. Yer solig’i esa Avstriya, Germaniya, Rossiya Federatsiyasi, Ukraina va boshqa xorijiy davlatlarda undirilar ekan. Boshqa davlatlarda esa yer uchastkalari ko’chmas mulk solig’i ob’ektiga qo’shilgan holda soliqqa tortiladi. Yuqorida ko’rib o’tganimizdek, mamlakatimiz mol-mulk va yer solig’i Rossiya Federatsiyasi mol-mulk va yer solig’i bilan umumiy o’xshashliklarga ega.
Albatta, rivojlanish yo’lida borayotgan yosh davlatimizning soliq siyosati ham mukamallashish yo’lidadir. Jumladan, mol-mulk solig’i ham. Ushbu soliq turini takomillashtirish maqsadida Kanada misolidagi kabi maxsus bo’linmalarni tashkil qilish, Yaponiya misolida mol-mulk solig’ini faqatgina oldi-sotdi paytida to’lash kabi vazifalarni amalga oshirilganda, nazarimda foydadan holi bo’lmas edi.
Maxsus bo’linma mol-mulk solig’iga tortiladigan soliq bazasini aniqlashda ob’ektivlikni ta’minlaydi va turli ko’rinishdagi soliqdan qochish hollarining oldini oladi.
Mol-mulk solig’ini oldi-sotdi paytida undirishning afzaliklarini katta miqdordagi pul tushumi (undirish xarajatlari kamayadi va soliq to’lash manbasi naqd bo’ladi) hamda ijtimoiy himoyada (harakatda bo’lmagan mulkdan undirishmaydi) ko’rishimiz mumkin.
Ijtimoiy himoyani yanada kuchaytirishimiz maqsadida Germaniya, Frantsiya, Ispaniya, Shvetsiya kabi davlatlar amaliyoti qo’llanilayotgan mol-mulk solig’iga tortilmaydigan minimumni hamda yuqorida sanab o’tilgan davlatlarda mavjud bo’lgan progressiv soliq stavkasini taklif qilish mumkin.
Bundan tashqari, yuqoridagi deyarli barcha davlatlardagi kabi yer solig’i ob’ektlarini mol-mulk solig’igi qo’shgan holda soliqqa tortish tartibini ishlab chiqish va uni mamlakatimiz amaliyotiga joriy etish mumkin. Bunda mamlakatimizdagi mol-mulk va yer soliqlari birlashtirilib, jismoniy shaxslar egaligidagi barcha mulkka, jumladan, yer uchastkalari ham shu mulk ob’ektiga kiritilgan holda soliqqa tortiladi. Buning uchun mamlakatimizda yerning bozor bahosi shakllangan bo’lishi kerak.



1 А.В.Перов, А.В.Толкушкин, Налоги и налогообложение. Учебное пособие, 2-е изд., перераб. и допол. Москва – ЮРАЙТ, 2003. 87 с.

Download 62.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling