1. Yer tuzishning maqsadi, mazmuni va vazifalari
Download 35.83 Kb.
|
2-4 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Xo‘jaliklararo yer tuzishning iqtisodiy mohiyati.
- Xo‘jaliklararo yer tuzish
Nazorat savollari
1. Ma’muriy tumanda yer tuzish chizmasining mohiyati nimadan iborat va u nima uchun kerak? 2. Tuman yer tuzish chizmasiga ta’rif bering va uning asosiy tarkibiy qismlarini ayting. 3. Yer tuzish chizmalari va loyihalari orasidagi asosiy bog‘liqlik va farq nimalardan iborat? 4. Nima uchun ma’muriy-hududiy bo‘linmalarda yer tuzishda bashoratlash (prognozlash) va uzoq muddatli rejalash usullaridan, korxonalar va xo‘jaliklarda yer tuzishda esa loyihalash usullaridan foydalaniladi? 4-Mavzu: Xo‘jaliklararo yer tuzish tushunchasi, vazifalari va mazmuni Reja: Xo‘jaliklararo yer tuzishning iqtisodiy mohiyati Yer fondi, uning tarkibi va foydalanilishi Xo‘jaliklararo yer tuzishning vazifalari va mazmuni 1. Xo‘jaliklararo yer tuzishning iqtisodiy mohiyati. Xo‘jaliklararo yer tuzish - uning yordamida yer resurslaridan foydala-nishni va ularni muhofaza qilishni tashkil etishga qaratilgan yer tuzish turlaridan biridir. «Xo‘jaliklararo yer tuzish» tushunchasi jamiyatda va ishlab chiqarishda unga zarurat tug‘ilgan sari asta-sekin shakllandi. Avvalo «chegaralash» tushunchasi mavjud bo‘lib, uning ma’nosi quyidagidek ifodalanar edi: «Davlat chegaralashi yer mulkining chegaralarini moddiy va hujjatli mustahkamlashga va uning ichidagi yerlar miqdorini aniqlashga qaratilgan texnik va huquqiy harakatlar yig‘indisidan iboratdir» (Kavelin S.P. Mejevanie i zemleustroystvo. M.,1914. 149 b.). «Xo‘jaliklararo yer tuzish» atamasi faqat o‘tgan asrning 40 yillarida professorlar S.A.Udachin va G.V.Cheshixinlarning ilmiy ishlarida paydo bo‘ldi. Xo‘jaliklararo yer tuzish - bu xalq xo‘jaligida, uning tarmoqlarida, yerdan foydalanishni va uni muhofaza qilishni tashkil etish, yer egaliklari va yerdan foydalanishlarning yer fondlari, xo‘jaliklarning yer uchastkalarini tartibga solish va o‘zgartirish, yangilarini tashkil etish, ularni joylarda ajratish, ma’muriy-hududiy bo‘linmalar va maxsus qo‘riqlanadigan hududlar chegaralarini belgilash bo‘yicha tadbirlar tizimi va jarayonidir. U mo‘ljallangan maqsadga, mulkchilik turlariga va foydalanilishiga bog‘liq bo‘lmagan holda barcha yerlarni qamrab oladi. Xo‘jaliklarda ichki yer tuzishdan farqli o‘laroq xo‘jaliklararo yer tuzish hamma vaqt bir necha yer egaliklarini va yerdan foydalanishlarni qamrab oladi; faqat qishloq xo‘jaligida emas, balki, xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari yerlarida o‘tkaziladi. Xo‘jaliklararo yer tuzishga yer tuzish masalalarining ayrim qishloq xo‘jalik korxonalari va fermer xo‘jaliklari hududlaridan tashqarida yechiladigan qismi kiradi. Xo‘jaliklar, korxonalar, tashkilotlar yoki ular tizimlari yer egaliklari va yerdan foydalanishlariga taalluqli masalalar uning vakolatidir. Yer tuzishning bu turi yordamida yerlar xalq xo‘jaligi tarmoqlari, yer fondi toifalari, huquqiy shaxslar va fuqarolar orasida taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi; ishlab chiqarishni yuritish, uning faoliyat ko‘rsatishi, korxonalarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish uchun boshlang‘ich hududiy asos yaratiladi; yer qonunchiligi, ekologiya talablarining bajarilishi, maxsus huquqiy tartibga rioya qilish ta’minlanadi; yer egaliklari va yerdan foydalanishlarning (yer uchastkalarining) aniq hududlari va ularning hududdagi chegaralari belgilanadi, texnika vositalari yordamida maydonlari aniqlanadi. Download 35.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling