1. Yerga ishlov berishning maqsadi va undagi texnologik jarayonlar


Yer haydash usullari va uning sifatiga baho berish


Download 31.2 Kb.
bet2/5
Sana01.04.2023
Hajmi31.2 Kb.
#1316539
1   2   3   4   5
Bog'liq
dehqonchilik

Yer haydash usullari va uning sifatiga baho berish.
Yerni sifatli haydashda haydash usulining ham roli katta. Yer asosan 2 usulda, yani aylanma yoki (shaklli) va taxta (zagon) larga bo’lib haydaladi. Aylanma yoki (shaklli) haydash uchastkaning o’rtasi yoki chekkasidan boshlanadi. Bunda plug qayrilishlarda haydash chuqurligidan ko’tarilmay traktor buriladi, natijada traktorga zo’r keladi, u tez-tez buziladi va plug sinadi. Haydash uchastkaning o’rtasi va chetida tugallanadi. Bu usulda haydash chuqurligi hamma yerda bir tekis bo’lmaydi. Shuning uchun dehqonchilikda aylanma yoki (shaklli) haydash usuli man etilgan.
Dala to’g’ri taxta (zagon) larga bo’lib haydalganda haydash sifatli bo’ladi. Shuning uchun yerni haydashdan oldin dala taxtalarga bo’lib chiqiladi. Traktor va plug korpuslari soniga qarab, agregatning salt yurishini kamaytirish uchun burilish joylarining kengligi 3-4 metrdan 20-25 metrgacha bo’lgani maqul. Traktorning salt yurishini, marza va egatlar sonini kamaytirish uchun taxtaning eni 40-60 m bo’lgani yaxshi. Kichik dala bitta, katta dalalar esa bir nechta taxtaga bo’linib, ichkariga yoki tashqariga ag’darib haydaladi. Aks holda marza va egatlar soni ko’payib, yerning relyefini buzadi, uni tekislash uchun ko’p mehnat sarflanadi. Yer haydash muddati har bir xo’jalikning iqlim sharoitiga va ekinlar agrotexnikasiga bog’liq. O’zbekistonning sug’oriladigan yerlarida yer asosan, 28-32 sm chuqurlikda haydaladi. Yer soatiga 7-7,5 km tezlikda haydalsa, qatlam yaxshi ag’dariladi, uvoqlanadi va tekis chiqadi.
Haydov sifati yerni haydash vaqtida yoki haydalganda keyin tekshiriladi. Haydash sifati dalaning diagonali buyicha aniqlanadi. Yerning sifatli haydalishi, bu tadbir o’z vaqtida amalga oshirilishiga, haydash chuqurligi agregat buriladigan joyidan taxtaning oxirigacha bir xil bo’lishiga bog’liq.
Bedapoya va ang’iz, ayniqsa, sifatli haydalishi kerak, qatlam to’la ag’darilmasa, erta bahorda beda yoki begona o’tlar o’sib chiqadi, organik massa tuproqqa yaxshi ko’milmay ekin sifatsiz ekiladi. Organik massaning 10% tuproqqa ko’milmay qolsa, yer sifatsiz haydalgan bo’ladi.
Diametri 5 sm dan katta kesakchalar palaxsa hisoblanadi. 1 mda o’rtacha 5 tadan ortiq palaxsa bo’lsa, haydash qoniqarsiz deb topiladi. Ekin ekiladigan yer tuprog’i yaxshi uvoqlanishi kerak, aks holda unga ekin eqish kechikadi. Kuzgi shudgorda palaxsa hosil bo’lsa zarari yo’q, chunki qishki yog’in-sochinda ular maydalanib ketadi. Ko’z bilan chamalanganda, chala joy umumiy maydonning 0,2 % dan ortiq bo’lmasligi lozim, aks holda yer qoniqarsiz haydalgan hisoblanadi. .

Download 31.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling