1. Yerga ishlov berishning maqsadi va undagi texnologik jarayonlar


Download 31.2 Kb.
bet4/5
Sana01.04.2023
Hajmi31.2 Kb.
#1316539
1   2   3   4   5
Bog'liq
dehqonchilik

Aylanuvchi (rotasion) motiga ekin ekilgandan keyin hosil bo’lgan qatqaloqni buzish va tuproq yuzasini yumshatish uchun mo’ljallangan. Aylanuvchi motigada har bir diskining 16 tadan uzun o’tkir tishi bo’lib, 15-16 disk bitta o’qqa birlashtirilgan. Tishlar 1mjoyga 3-10 sm chuqurlikda 150 tagacha sanchilishi mumkin. Bunda qatqaloq yaxshi buziladi, o’simliklarga zarar yetmaydi va hosildorlik ortadi.
Mola bostirish-molalash. Yerni ekishga tayyorlash hamda ekinlarni parvarish qilish uchun har xil molalardan foydalaniladi. Molalash, ayniqsa, bahorda haydalgan yerlarni «o’tirtirish» va urug’larning o’sishi uchun qulay sharoit, yani mayin tuproqli yuza qatlam hosil qilish uchun zarur.
Molalarning zichlash tasiri ularning og’irligiga va tuproq namligiga, harakat tezligiga bog’liq. Bir marta mola bostirilganda tuproq 7,5 sm gacha zichlashishi mumkin. Mola qancha sekin harakatlansa tuproq shuncha ko’p zichlashadi. Yerni molalashning natijasi tuproqning namligiga bog’liq. Agar tuproq quruq bo’lsa, yerni molalashning ijobiy ta’siri bo’lmaydi, aksincha bo’lsa, ya’ni tuproq namroq holda molalansau holda ham zichlashib qolib, salbiy oqibatlar kelib chiqadi. Keyinchalik yer yuzasi qurib qattiqlashadi, havo almashinuviga va yog’in sochin suvlarining qo’yi qatlamlarga o’tishiga to’sqinlik qiladi.Sernam yerlarga mola bostirish boshqa ishlarga qaraganda juda xavfli hisoblanadi, chunki uning salbiy tasirini zudlik bilan bartaraf etish qiyin.
Tuproq unumdorligini oshirishga va ekinlardan doimo barqaror hosil yetishtirishga qaratilgan barcha agrotexnik tadbirlar orasida yerni ishlash muhim ahamiyatga ega bo’lib, yerni ishlashda yer qatlami ag’dariladi, aralashtiriladi, begona o’tlarning o’q ildizi qirqiladi, tuproq zichlanib tekislanadi, egat va jo’yak olinadi.
Yerni sifatli haydashda haydash usulini ham ahamiyati katta bo’lib, yer aylanma (shaklli) va taxta (zagon) larga bo’lib haydaladi. Lekin, xozirgi paytda faqat yerlarga ishlov berishni zagon usuli qo’llaniladi. Shuningdek, dehqonchilikda yerni yuza yumshatish, diskalash, kultivasiyalash, boronalash, mola bostirish, motigalash, egat olish kabi agrotexnika tadbirlari ham k Yerga ishlov berishning maqsadi va undagi texnologik jarayonlar.
Tuproqning unumdorligiga va ekinlardan muttasil yuqori hosil olishga qaratilgan barcha agrotexnika chora tadbirlari orasida yerni ishlash muhim ahamiyatga ega. Chunki, yerga ishlov bermasdan turib bunday yerda ekin yetishtirib bo’lmaydi. Tuproq o’simlik ildizi uchun yetarli darajada yumshoq bo’lganda, uning suv fizik xususiyatlari va mikroorganizmlar faoliyati yaxshi bo’ladi.

Download 31.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling