1. Yerga ishlov berishning maqsadi va undagi texnologik jarayonlar


Tuproqqa yuza ishlov berish usullari va texnikasi


Download 31.2 Kb.
bet3/5
Sana01.04.2023
Hajmi31.2 Kb.
#1316539
1   2   3   4   5
Bog'liq
dehqonchilik

Tuproqqa yuza ishlov berish usullari va texnikasi.
Dehqonchilikda yerni yuza yumshatish, diskalash, kultivasiyalash, boronalash, mola bostirish, egat olish, motigalash kabi agrotexnika tadbirlari ko’p qo’llaniladi. Bunday yer asosan 3-15 sm chuqurlikda ag’darib yoki ag’darmay yuza yumshatiladi. Tuproq yuzasini yumshatish, mayda kesakchali donalar hosil bo’lishi, yerni begona o’tlardan tozalash, tekislashda bu tadbirlarning ahamiyati katta. Bunda, ekin sifatli eqilishiga, ko’chatlar to’liq bo’lishiga, o’simliklar yaxshi o’sishi va rivojlanishiga qulay sharoit yaratiladi.
Boronalash. Yerni yuza yumshatish, tuproqni mayin qilish hamda haydalma qatlam havosi almashinishini yaxshilash uchun yer boronalanadi. Borona-yerni ekin ekishdan oldin ishlashda almashtirib bo’lmaydigan quroldir. Boronada qatqaloq yumshatiladi, ekilgan ekinlar urug’i va solingan mineral o’g’itlar tuproqqa aralashtiriladi-ko’miladi va qator oralari ishlanadigan ekinlar ekiladigan yerlar yumshatiladi va xokazo ishlar bajariladi. Bundan tashqari, yer boronalanganda yuzasi tekislanadi, begona o’tlar yo’qotiladi va bug’lanish kamayib, nam yaxshi saqlanadi.
Boronalar uch turga bo’linadi:
Og’ir borona- bitta tishiga 1,6-2,0 kg og’irlik tushib, yerni 7-10 sm chuqurlikda yumshatadi.
O’rtacha borona- bitta tishiga 1,1-1,5 kg og’irlik tushib yerni 4-6 sm chuqurlikda yumshatadi.
Yengil borona- bitta tishiga 0,6-1,0 kg og’irlik tushib, yerni 2-4 sm chuqurlikda yumshatadi.
Erta bahorda yer yetilishi bilan namni saqlash va begona o’tlarga qarshi kurashda, ekin ekilgandan keyin hosil bo’lgan qotqaloqni yumshatishda yengil boronalar ishlatiladi. Boronani soatiga 7-8 km tezlikda ishlatish tavsiya etiladi. Tezlik bundan oshib yoki kamayib ketsa, yer sifatsiz boronalanadi.
Yerni boronalash sifatiga tuproq namligi katta tasir etadi. Shuning uchun ham tuproq nami dala nam sig’imiga nisbatan 40-60% bo’lganda boronalash, eng qulay muddat hisoblanadi. Ammo qumoq, qumloq tuproqli yerlarda nam bundan ham yuqori bo’lganda ham boronalash mumkin. Yerning yuza qismi namsiz, quruq bo’lsa, boronalash vaqtida faqat kesaklar kuchib, tuproq uvoqlanmaydi. Bunday yer ko’p marta boronalanganda kesaklar borona tishlari orasidan ko’p marta o’tishi natijasida saralanadi, yani yuqorida yirik kesaklar, pastda esa mayda kesaklar yig’iladi.
Yerni boronalash chuqurligi boronani traktorga ulashga, yani uzun yoki kalta ulashga bog’liq. Chunonchi, borona agregatga uzun ulansa yer chuqur, aksincha kalta ulansa sayoz boronalanadi. Shuning uchun ulash uzunligi muayyan bo’lishini taqoza etadi.
Mayda urug’larni va o’g’itlarni tuproqqa aralashtirishda hamda yoppasiga ekilgan (arpa, bug’doy va boshqa) ekinlar qalinligini siyraklatishda boronalashni soatiga 5-6 km tezlikda amalga oshirish kerak. Kultivasiya. Begona o’tlarni yo’qotish va hosil bo’lgan qatqaloqni buzish hamda zichlashib qolgan yerni ag’darmasdan yumshatish uchun kultivasiya o’tkaziladi. Bu ishlar kultivator bilan bajariladi. Yer ekin ekish oldidan va qator oralarini ishlash davrida kultivasiyalanadi, bunda o’simlikning o’sishi va rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi.
Ekin qator oralari NKU-4-6A, KRX-4, KRX-3,6 markali kultivatorlar bilan yumshatiladi. Bunda o’simlik qator oralari har xil chuqurlikda yumshatiladi va begona o’tlar yo’qotiladi. Universal kultivatorlarga maxsus ish organlari, yani ekin qator oralarini yumshatuvchi, o’toq qiluvchi, egat oluvchi, o’g’it soluvchi va boshqa qismlar o’rnatiladi.
Kultivasiya qilishda kultivatorning ikki chetidagi pichoq 6-8 sm, o’rtasidagi g’ozpanja esa 10-12sm chuqurlikda ishlatiladi. G’o’za qator oralarini qanday kenglikda (60 yoki 90 sm) bo’lishidan katiy nazar kultivasiya qilishda 8-10 sm kenglikda himoya zonasi qoldiriladi. Keyingi kultivasiyada yumshatuvchi ish organlarining chetidagisi 8-10 sm, o’rtasidagisini esa 14-16 sm chuqurlikda ishlatiladi. Ikkinchi, uchinchi va keyingi kultivasiyalarda himoya zonasi 10-12 sm gacha kengaytiriladi. Har galgi sug’orishdan so’ng, yer yetilishi bilan kultivasiya o’tkazish lozim. Bu namlikni saqlashni taminlaydi.

Download 31.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling