Agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti
Download 18.92 Kb.
|
8- mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- BAJARDI
- Har xil tuproqlarda qatqaloq hosil bo’lish xususiyatlari va uni yo’qotish yo’llari. Qatqaloq
- Tavsiyalar akademik M. Mirzayev nomidagi BUVITI hamda Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ITI olim va mutaxasisslari ma’lumotlari asosida tayyorlandi. E’tiboringiz
AGROTEXNOLOGIYALAR VA INNOVATSION RIVOJLANISH INSTITUTI QISHLOQ XO’JALIGINI MEXANIZATSIYALSH SIRTQI BO’LIM MUSTAQIL ISH MAVZU-: Har xil tuproqlarda qatqaloq hosil bo'lish xususiyatlari va uni yo’qotish yo’llari. BAJARDI: 110-guruh talabasi Murodjon Ibragimov TEKSHIRDI: A. Diyorov TERMIZ 2023 YIL MAVZU Har xil tuproqlarda qatqaloq hosil bo'lish xususiyatlari va uni yo’qotish yo’llari. REJA 1-Qatqaloq yer 2-Yerlarning umumiy tushunchalari Har xil tuproqlarda qatqaloq hosil bo’lish xususiyatlari va uni yo’qotish yo’llari. Qatqaloq — 1) kuchli yogʻinlar va sugʻorishdan soʻng tuproq betida hosil boʻladigan qattiq qatlam. Oʻrta Osiyoda sugʻorma dehqonchilik rayonlarining deyarli barcha tuproqlari qatqaloqlanishga moyil. Bunga asosiy sabab, shu tuproqlarning haddan tashqari kam donadorligi va tuproq agregatlarining suvga juda ham chidamsizligidir. Yomgʻirdan yoki sugʻorishdan soʻng yerning ustki qavati ivib suyuladi, quriganda qotib Q. hosil qiladi va beti yorilib ketadi. Q. tuproq xossalari va qishloq xoʻjaligi ekinlari rivojiga salbiy taʼsir koʻrsatadi, tuproqning suv oʻtkazuvchanligi va havo almashinuvini sekinlashtiradi, shuningdek, tuproqdagi namning (20—30% gacha) bugʻlanishini tezlashtiradi. Juda qalin Q. hosil boʻlgan dalalarda maysalarning unib chiqishi 3—5 kunga kechikadi va koʻchat soni siyraklashib ketadi. Q. hosil boʻlish jarayoni tuproqlarning mexanik tarkibi, turi, madaniy holati, shoʻrlanganligi va boshqalarga bogʻliq. Q., koʻpincha, sugʻoriladigan boʻz va choʻl tuproqlarida hosil boʻladi. Uning qalinligi va qattiqligi tuproq mexanik tarkibining ogʻirlashuviga bogʻliq. Ayniqsa, ogʻir qumoqli, soz mexanik tarkibli taqirli, sur tusli qoʻngʻir tuproqlarda va taqirlarda Q. qalin hamda juda qattiq boʻladi. Shoʻrlanish hamda shoʻrtoblanish Q. hosil qilishga moyillikni kuchaytiradi. Mas, qoʻriq va yengil qumoqli och tusli boʻz tuproqlarda Q.ning qalinligi 0,3—0,5 sm, och hamda toʻq tusli boʻz tuproqlarda 0,8—1,5 sm, kuchsiz shoʻrlangan qumoqli va soz mexanik tarkibli taqirli tuproqlarda 2,4—4,5 sm ni tashkil etadi; bir m2 yerdagi Q.ning ogʻirligi 50–70 kg gacha yetadi. Ekinzor dalalarga organik oʻgʻit solish, siderat ekinlar ekish, kimyoviy melioratsiya oʻtkazish, almashlab ekishni joriy etib, tuproqlarni donador qilish, sunʼii struktura hosil qiluvchi polimerlar, yer betini mulcha (parda)lovchi materiallar qoʻllash va boshqalar choratadbirlarni amalga oshirish tuproqning fizikkimyoviy xossalarini yaxshilaydi, Q.ning oldini oladi. Nihollar unib chiqqunga qadar Q. paydo boʻlganda dala yengil boronalar yoki aylanuvchi chopqi (motiga)lar yordamida yumshatiladi. Q. taʼsirini kamaytirish uchun ekin qator oralariga tuproq yetilishi bilan ishlov berish (chopiq yoki kultivatsiya qilish) kerak. 2) Tuproq zarrachalari deyarli aralashmagan tuzlarning yer yuzida juda koʻp miqdorda toʻplanishi. Tuzli Q. qalinligi bir necha mm dan bir necha oʻn sm gacha boʻladi Respublikada may oyining birinchi va ikkinchi o‘n kunligi har yilgidan ko‘ra seryog‘in kelmoqda. Davomli yomg‘ir yog‘ishi natijasida havo harorati pasayib, namlikning yuqori bo‘lishi kuzatilyapti. Yog‘ingarchilikning ko‘p bo‘lishi ekinlarga turlicha taʼsir ko‘rsatadi. Birida salbiy iz qoldirsa, biri uchun aksincha, foydali bo‘lishi mumkin. Bugun yomg‘irlarning chigit ekilgan maydonlar, bug‘doy dalalari hamda meva-sabzavot va bog‘-tokzorlarga ta’siri haqida ma’lumot beramiz. Yog‘ingarchiliklar va ayrim joylarda jala yog‘ishi chigit ekilgan maydonlarda to‘liq nihol olish va unib chiqqan maydonlarda g‘o‘zaning rivojiga salbiy taʼsir ko‘rsatmoqda. Hududlarda bo‘lib o‘tayotgan surunkali yog‘ingarchiliklar g‘o‘za maydonlarida tuproqda ortiqcha namlikni ko‘payishiga olib kelmoqda. Bu esa tuproq harorati pasayishi, yerning yuza qismi zichlashib, “qatqaloq” va g‘o‘zani bo‘g‘zi qotib “devor” hosil bo‘lishiga, dalalarni begona o‘t bosishiga, berilgan mineral o‘g‘itlarning samarasi kamayishiga sabab bo‘lmoqda. Yog‘ingarchiliklar g‘o‘za maydonlarida 3-4, 5-6 chinbarg va shonalash fazasida rivojlanayotgan g‘o‘za nihollari o‘sishini 7-8 kungacha kechiktirmoqda. Natijada g‘o‘zani ildizi sust rivojlanib, nihollarning nimjon va ayrim joylarda nobud bo‘lishiga olib kelmoqda. Gʻo‘zaning bargi belgilangan me’yorlardan 2-3 barobar kichik bo‘lib qolmoqda. Tuproqda namlikning oshib ketishi, g‘o‘zaning turli zararkunandalari jumladan, kuzgi tunlam, shira, trips, oqqanot va gommoz, ildiz chirish kasalliklarining ko‘payishi uchun qulay sharoit yaratib, nihollarning rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Joriy yildagi mavjud holatdan kelib chiqib, g‘o‘za parvarishida quyidagi kompleks agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish talab etiladi: Birinchidan, ildiz chirish va gommoz kasalliklarining oldini olish va tuproqdagi ortiqcha namni kamaytirish, o‘simlikning ildiz qismiga havo va issiqlik kirishini ta’minlash uchun zudlik bilan g‘o‘za qator orasiga sifatli ishlov berishni tashkil etish zarur. Bunda, 60 sm qator oralig‘ida kultivatorlarga 31-33 ta, 90 sm qator oralig‘ida 37-39 ta va qo‘shqatorda 41-42 ta ishchi organ o‘rnatilishi lozim. Kultivatorlarga ishchi organlar to‘liq o‘rnatilganda nihollarning ildiziga har ikkala tomondan, shuningdek, tuproq orasiga issiq havo kirishi yaxshilanadi. Buning natijasida tuproqning suv-fizik, mikrobiologik xususiyatlari, havo almashinuvi va ozuqa tartibi yaxshilanadi, begona o‘tlarning bir qismi yo‘qotiladi, g‘o‘zaning ildiz tizimi pastga qarab rivojlanadi va nihollar durkun o‘sadi. Bu yilgi sharoitda tuproqni qizdirish va ortiqcha namlikni yo‘qotish uchun qator oralariga KKO tipidagi yumshatuvchi va chuqur ishlov beruvchi panjalar ishlatish tavsiya etiladi. Ikkinchidan, qatqaloq hosil bo‘lgan maydonlarda qatqaloqni bartaraf etish va tuproqning ustki qatlamini mayin donador holda saqlash uchun qo‘l kuchi yordamida yoki turli moslamalar bilan qatqaloqni yumshatishni tashkil etish lozim. Uchinchidan, begona o‘tlar g‘o‘za niholining oziqlanishiga sherik bo‘ladi va o‘sishdan orqada qolayotgan niholni rivojiga yanada salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois, eng avvalo kultivatorga albatta pichoq o‘rnatish va ishchi organlarni to‘liq va sifatli joylashtirish lozim. Shuningdek qo‘lda mayda chopiq ishlarini tashkil etish yaxshi samara beradi. To‘rtinchidan, g‘o‘zada azotli (karbamid) o‘g‘it yordamida bargidan oziqlantirish tadbirlarini tashkil etish. Buning uchun 100 litr suvga 4,0-5,0 kg karbamid (2-4 chin bargda) solinib aralashtiriladi va 300 l ga yetkazilib 1 gektar maydonga sepiladi. Shonalagan maydonlarda 7,0-8,0 kg karbamid o‘g‘itidan suspenziyalar qo‘llaniladi. Bunda yosh nihollar jadal rivojlanib, barg plastinkasi yanada qalinlashadi. Natijada g‘o‘zaning barglari turli so‘ruvchi hasharotlar, ya’ni shira yoki tripsga bardoshli bo‘ladi. Shuningdek, g‘o‘za 2-4 chinbarg davridan shonalash davrigacha gumin asosli biostimulyatorlar bilan gektariga 0,3-0,5 litr me’yorda ishlov berish kerak. Beshinchidan, yog‘ingarchiliklar natijasida chigit ekilgan maydonlarda tuproqda yuqori miqdorda namlik yuzaga kelganligini inobatga olib, ildiz tizimini yaxshi rivojlanishini ta’minlash uchun birinchi va ikkinchi kultivasiya orasida maxsus moslama yoki chuqur yumshatgich yordamida yumshatish kerak. Bunda mexanik tarkibi yengil va o‘rta tuproqlarda 22-25 sm, mexanik tarkibi og‘ir tuproqlarda 26-28 sm, pastki qattiq gips (ganch) qatlami bo‘lgan yerlarda 30-35 sm yumshatish, o‘simlikni o‘sishi va rivojlanishi yaxshilaydi. Xususan, sizot suvlari yaqin joylashgan tumanlarda tuproqda ortiqcha (achchiq) zax mavjud yerlarda tez-tez va chuqur kultivasiya qilish, ildiz chirish, gommoz kasalliklari va sho‘rning ko‘chatga ta’sirini kamaytiradi. Qator oralaridagi tuproqning namini tezda qochirish maqsadida chizel kultivatorning yumshatuvchi panjalari o‘rnatilgan alohida qurilmalardan foydalanish mumkin. Oltinchidan, surunkali yog‘ingarchilik va past harorat natijasida o‘sishdan to‘xtab, qizilpoya bo‘lib qolgan g‘o‘zaning bo‘g‘ziga issiq tuproq tortish va havo almashinuvini yaxshilash maqsadida jo‘yak olish va buni bir xaftadan keyin buzib, yana qayta jo‘yak olishni amalga oshirish lozim. Bunda o‘simlik qo‘shimcha 2-3 daraja foydali haroratni ko‘p olib, o‘sishi va rivojlanishi tezlashadi. Yettinchidan, g‘o‘za nihollarini jadal rivojlantirishning yana bir asosiy omili mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish hisoblanadi. Shu bois bu yilgi sharoitdan kelib chiqib, olimlar tavsiyasiga ko‘ra, 3-4 chinbarg chiqargan maydonlarga oziqlantirish ishlarini zudlik bilan tizimli ravishda amalga oshirish lozim. Buning uchun har bir gektar maydonga karbamid o‘g‘iti 150 kgdan, agar ammiakli selitra bo‘lsa 200 kgdan, fosforli o‘g‘itlardan 100 kg va kaliy o‘g‘itidan 50 kg me’yorda aralashma holda qo‘llash tavsiya qilinadi. Sakkizinchidan, havoni seryog‘in kelishi shira rivojlanishi uchun qulay sharoit hisoblanadi. Shu sababli shira soni ko‘paygan maydonlarga kimyoviy ishlov berish lozim. Bunda tarkibida asetamiprid, imidakloprid, tiametoksam bo‘lgan kimyoviy preparatlardan qo‘llash tavsiya etiladi. Tavsiyalar akademik M. Mirzayev nomidagi BUVITI hamda Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ITI olim va mutaxasisslari ma’lumotlari asosida tayyorlandi. E’tiboringiz uchun rahmat http://fayllar.org Download 18.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling