1. Yerning meliorativ holatiga ta’sir qiluvchi tabiiy omillar. Tuzlarning manbalari va tarqalishi
Download 36 Kb.
|
1404291234 52493
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.Yerning meliorativ holatiga ta’sir qiladigan irrigatsiya xo’jalik sharoitlari. 5.Tuproqning qayta sho’rlanishi.
- Foydalanilgan adabiyotlar
Tuproqning meliorativ holatiga tabiiy va suv xo’jalik sharoitlarining ta’siri Reja:
1.Yerning meliorativ holatiga ta’sir qiluvchi tabiiy omillar. 2.Tuzlarning manbalari va tarqalishi. 3.Sho’rlanish va botqoqlanishning vujudga kelishida yer usti va yer osti sizot suvlarining ahamiyati. 4.Yerning meliorativ holatiga ta’sir qiladigan irrigatsiya xo’jalik sharoitlari. 5.Tuproqning qayta sho’rlanishi. Tuproq, yer usti va yer osti suvlarining tarkibida asosan kaltsiy (Ca), magniy (Mg), natriy (Na), kaliy (K), kislorod (O), xlor (Cl), oltingugurt (S), uglerod (C),azot (N) elementlari boshqa elementlarga nisbatan ko’proq uchraydi. Bu elementlar havo, tog’ jinslari va minerallar tarkibida bo’lib suv, shamol, iqlim va biokimyoviy omillar ta’sirida yemirilib tuzlarni hosil qiladi. Tabiatda tuzlarning asosiy manbalari quyidagilar hisoblanadi: 1.Tog’ jinslari va minerallarining yemirilishi. 2.Vulqon otilish jarayoni. 3.Yer yuzasiga yaqin joylashgan gumbaz, tosh tuzlar (tuz konlari) 4.Yerning chuqur qatlamlaridan chiqayotgan sho’r buloqlar. 5.Biokimyoviy omillar ta’sirida tuzlarning paydo bo’lishi(sho’rhok va sho’rtob yerlarda o’sadigan o’simliklarning kul hosil qilishi va bu kulning tarkibida juda ko’p miqdorda natriy xlor va natriy sulfat borligi). Yuqorida ko’rsatilgan manbalar bo’yicha hosil bo’lgan tuzlar yer usti, yer osti suvlari va shamol harakati ta’sirida yerning ma’lum mintaqalariga tarqaladi. V.A.Kovda tuzlarning to’planish va sho’r tuproqlarni paydo bo’lishi jarayonini quyidagi sikllarga bo’ladi: 1)Quruqlikda tuz to’planishi, ya’ni materiklarning (qit’a) ichki qismlaridagi berk (suvi okeanga qo’shilmaydigan) o’lkalarda tuzlarning to’planishi. 2.Dengiz yaqinida tuz to’planishi; ya’ni dengiz sohillarida va sayoz suvli qo’ltiq qirgoqlarida dengiz suvlarining to’planishi. 3.Deltalarda tuz to’planishi; bunda daryo va sizot suvlarining quruqlikdan olib kelinayotgan tuzlari hamda turli vaqtlarda dengiz tomonidan kelayotgan tuzlar. 4.Yer osti suvlarining bug’lanishidan tuz to’planishi, bunda yerning chuqur qatlamlaridagi sho’r suvlarni tektonik yoriqlar orqali yer yuzasiga chiqishi va bug’lanishi (Kaspiy dengiziga yaqin yerlar va Ustyurt platasi). 5.Antropogen tuz to’planishi, ya’ni sho’r yerlarni me’yoridan ortiqcha sug’orish va sug’orish tarmoqlaridan filtrlanayotgan suvlar evaziga minerallashgan sizot suvlarining ko’tarilishidan hamda sho’r suvlar bilan ekinlarni sug’orish oqibatida to’planayotgan tuzlar. Tuzlarning tarqalishida yer usti, yer osti, sizot suvlari va shamol katta rol o’ynaydi. Tabiatda tuzlar yer usti va yer osti, sizot suvlari bilan birgalikda tarqaladi. Tuzlarning suvlar bilan tarqalishida joyning relyefi, geologik tuzilishi, tuproq gruntning suv o’tkazish xossasi va boshqa tabiiy sharoitlar katta ahamiyatga ega. Suv ayirgichlar yuzasida ma’lum miqdorda suvda eriydigan tuzlar bo’lib, ustiga yetarli miqdorda atmosfera yog’inlari yog’ib tursa tuzlar eritmasi ikki yo’nalishda oqib boradi: 1.Yer yuzasidan oqar suvlar bilan birga. 2.Sizot va yer osti suvlari bilan birga. Oqibatda suv ayirgichlardagi tuzlar daryolarga, undan dengizlarga va okeanlarga borib tushadi. Yerning tabiiy meliorativ holati gidrogeologik mintaqalar bo’yicha turlicha bo’ladi. 1.Yer usti suvlarining singib kirish mintaqasida - qulay meliorativ holat. 2.Sizot suvlarining sirtga tegish mintaqasida - qisman noqulay. 3.Sizot suvlarining tarqalish (bug’lanish) mintaqasida - noqulay. 4.Sohil mintaqasida - turg’unsiz meliorativ holat vujudga keladi. Yerning meliorativ holatiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan asosiy irrigatsiya - xo’jalik sharoitlariga quyidagilar kiradi: Yangi yerlarni o’zlashtirish, qishloq xo’jalik ekinlarini me’yoridan ortiqcha sug’orish, sho’rlangan yerlarni asossiz me’yorlarda sho’rini yuvish, ekinlarni sho’r suvlar bilan sug’orib va sho’r yuvish, sug’orish va kollektor-zovur tarmoqlaridan noto’g’ri foydalanish, ularni o’z vaqtida ta’mirlamaslik, sug’oriladigan yerlarni ba’zan turli sabablarga ko’ra foydalanmasdan tashlab qo’yish, yerlarga me’yoridan ortiqcha mineral o’g’itlar va pestitsidlarni qo’llash kabilar kiradi. Sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida dastlab tuproq sho’rlanmagan bo’lib, keyinchalik yangi yerlarni o’zlashtirish va sug’orish jarayonida shu tuproqlar turli darajada (kuchsiz sho’rlanishdan tortib sho’rhoqgacha) sho’rlanib, qishloq xo’jaligida foydalanishiga yaroqsiz bo’lib qoladi. Bu hodisaga tuproqning qayta sho’rlanishi deyiladi. Irrigatsiya tarmoqlaridan va ekinlarni katta me’yorda sug’orish natijasida filtrlangan suvlar tuproq gruntining juda chuqur qatlamlaridagi tuzlarni eritadi va sizot suvlariga qo’shilib minerallashganlik darajasini oshiradi hamda uning joylashish sathini umumiy ko’tarilishiga olib keladi. Natijada sizot suvlari bug’lanib, tuproqni qayta sho’rlantiradi va botqoqlantiradi yoki sho’rlanmagan tuproqlarda esa faqat botqoqlanish yuz beradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Vorobyov S.A., Кashtanov A.N., Likov A.M., Makarov I.P. Zemle-delie. M.: Agropromizdat. 1991. 2. Ermatov A.Q. Sug’oriladigan dehqonchilik. T.:O’qituvchi. 1983. 3. Ermatov A.Q.,G’aniyev V. Dehqonchilik. T.: Mehnat. 1990. 4.Zaurov E.I. Dehqonchilikdan laboratoriya ishlari va amaliy mashg’u-lotlar T:. «O’qituvchi»,1979 . 5. Tursunxujaev Z., Bolkunov A. Nauchniyi osnovi xlopkovix sevooborotov. T.: Mehnat, 1987. 6.H.Sheraliev. M.Shodmanov Dehqonchilik. Ma’ruzalar matni T.:2004 7. Astanov R., Shodmanov M., Madraimova S. Sistema zemleldeliya .Tekst leksiy. T.: 2004. 8. O’zbekiston Respublikasining "Suvdan foydalanish to’g’risida"gi qonuni, T.1993. 9. U.Norqulov, X.Sheraliev «Qishloq xo’jaligi melioratsiyasi» T.2003. Download 36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling