1. Yevropa haqida


Modernizatsiyaning to‘rtta bosqichi


Download 420 Kb.
bet9/15
Sana13.01.2023
Hajmi420 Kb.
#1091593
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
Yevropa davlatlari iqtisodiyotining rivojlanish bosqichlari

Modernizatsiyaning to‘rtta bosqichi
Uzoq izlanishlardan keyin Yevropada modernizatsion islohotlarning shakllanish bosqichlarini tahlil qilib, quyidagi xulosaga kelindi: Modernizatsiyaning birinchi to‘lqini, bu qit’ada XVIII asrning ikkinchi yarmidagi “ma’rifatparvarlik absolyutizmi” davriga to‘g‘ri keladi. O‘sha paytdayoq fransuz ma’rifatchilari inson aqli va ongining mamlakat rivojidagi roliga yuksak baho bergan, shu tufayli madaniyatning barcha jabhalarida yuksalish bo‘lgandi. Ikkinchi to‘lqini, XIX asrning ikkinchi choragida hukumat konstitutsionalizmi islohotlaridan boshlandi. U Bavariya, Saksoniya, kamroq darajada Prussiyada zarur yo‘nalishda rivojlanib, tugal shaklni hosil qildi. Ammo Rossiyada bu jarayon dekabrchilar qo‘zg‘olonidan (1925) keyin vaqtincha to‘xtab qoldi va u keyingi rivojlanishdan chekindi. Uchinchi to‘lqini, ma’rifatparvarlikdan keyin shakllanishga ulgurgan “paternalizm” (lot. otaga qarashli degani) qarashlari bilan bog‘liq holda kechdi. Dastlab Italiyada ishlatilgan bu atama kattaning kichikka, qarindoshning qarindoshga, ustozning shogirdga va yaqinlarga nisbatan g‘amxo‘rligi asosida faoliyat yuritishning go‘zal bir ko‘rinishi edi. Keyin u butun qit’aga tarqalib, ish beruvchilarning o‘z hamyurtlariga ijtimoiy munosabatlarda xilma-xil moddiy-ma’naviy rag‘batlantirish vositasiga aylandi. Aslida, u ish beruvchilar bilan ishchi-xizmatchilar o‘rtasida tuzilgan konsensus bo‘lib, ijtimoiy tengsizlik va adolatsizlikka qarshi bosh ko‘tarmaslikka,Vatan ravnaqi uchun birga ishlashga chaqiriq edi.
To‘rtinchi to‘lqini, XX asr o‘rtalarida o‘rtaga tashlangan yagona umumiy bozorni shakllantirish va erkin savdoga qaytish g‘oyasida mujassamlashdi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng, Yevropadagi ahdlashuvchi mamlakatlar nafaqat o‘rtadagi bojlarni qisqartirdilar yoki bekor qildilar, balki o‘z suvereniteti bir qismini o‘z xohishlari bilan saylov organiga saylanadigan vakillariga topshirdilar. Mintaqa integratsiyalashuvi mohiyati shunda namoyon bo‘ldi. Yevropadagi shiddatli rivojlanishni kuzatib yurgan AQSh korchalonlari o‘z gegemonligidan foydalanib, jahonning liberallashuvida “Pax Americana”ni amalga oshirish uchun qulay fursat kelganini anglab, qat’iy harakatni boshladilar. Shu maqsadda 1944 yilda Nyu-Gempshir shtatidagi Bretton-Vud shahrida konferensiya tashkil qilinib, Xalqaro valyuta-moliya institutlari: Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki tuzildi hamda Tarif va savdo to‘g‘risidagi (1947) Bosh kelishuvga erishildi. Tarixiy konferensiya Jon Meynard Keyns (1883–1946) iqtisodiy doktrinasining triumfi (tantanasi) bilan boshlandi. London qirollik jamiyati, Britaniya lordlar Palatasi parlamentining a’zosi bo‘lgan Keyns Davlatlararo xalqaro moliyaviy boshqarish institutlarini tuzish va xalqaro moliya tizimini qayta tashkil qilish g‘oyasini bergan shaxs sifatida tarixga kirdi. O‘shanda tuzilgan xalqaro tashkilotlar G‘arb gegemonligining moliyaviy ustunligi missiyasini hozirga qadar bajarib kelmoqda.
Haqiqatan ham, G‘arb davlatlarining ko‘p asrlik kolonial siyosati uzil-kesil inqirozga yuz tutganidan so‘ng (XIX asr ikkinchi yarmi), qit’ada modernizatsiyalash jarayoni har jihatdan jadallashdi. Kolonialtizimning yemirilishi Yevropani zaiflashishiga emas, balki jiddiy iqtisodiy yuksalishiga turtki berdi. O‘sha paytda Yevropaga dunyoning turli qit’alaridan kelib joylashgan muhojirlar soni ko‘payib borardi. Jumladan, Hindiston, Pokiston, Bangladesh, Jazoirdan Angliya, Fransiya, Gollandiya, Belgiya hamda Skandinaviya mamlakatlariga muhojirlarning to‘xtovsiz nolegal oqimi kela boshladi. Ammo Yevropa bundan ham o‘z manfaati yo‘lida foydalandi. Sobiq koloniyalarning xomashyo resurslarini ekspluatatsiya qilish, qazib olish sanoatini milliylashtirish natijasida ularning narxlarini oshirishdi. Shu tariqa, muhojirlar mehnati evaziga G‘arbiy Yevropada yer tabiiy resurslarini o‘zlashtirish tezlashdi, qishloq xo‘jaligi ham rivojlandi.



Download 420 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling