1. Yevropa haqida
Yevropa qit’asining iqtisodiy tarmoqlariga umumiy ta’rif
Download 420 Kb.
|
Yevropa davlatlari iqtisodiyotining rivojlanish bosqichlari
3. Yevropa qit’asining iqtisodiy tarmoqlariga umumiy ta’rif.
Yevropa mamlakatlari xo`jaligi Yevropa bugungi dunyoda iqtisodiy, fan-texnika va madaniy salohiyatining ulkanligi va serqirraligi, industrial tarmoqlar, aholi va shaharlarning juda yuqori darajada konsentratsiyalashganligi, rivojlangan infratuzilmasi bilan alohida ajralib turadi. Yevropada qadimgi va yangi davrlar, an’anaviy sohalar va eng yangi texnologiyalar, tarixiy shaharlar va o‘ta madaniy landshaftlar, bahaybat aeroportlar va transkontinental tezyurar magistrallar o'zining yorqi n ifodasini topgan. Yer quruqlik yuzasining atigi 5% ni egallagani holda, Yevropa (Rossiyasiz) jahon aholisining 8% ni o'zida jamlaydi. Bu yerda iqtisodiy va demografik salohiyati ulkan davlatlar - GFR, Fransiya, Buyuk Britaniya va Italiya bilan bir qatorda mitti mamlakatlar Vatikan, Monako, San-Marino va boshqalar keng tarqalgan. Yеvrора dunyoning yuqori darajada urbanizatsiyalashgan regionidir. Shahar aholisining salmog`i 65-68% dan (Janubiy Yevropa davlatlari) 74-92% gacha va hatto, 100% gacha (G`arbiy va Shimoliy Yevropa mamlakatlari) boradi. Yevropa Ittifoqining o‘zida salkam 50 ta millioner shahari mavjud. Yevropaga jahon miqyosida YIM ning 19,6%i (AQSHga 18,3 %, Yaponiyaga 5,3%), jahon eksportining 12,1%i (AQSHga 8,2%, Yaponiyaga 4,8%) to‘g‘ri keladi. Dunyoda YMD eng katta 10 ta mamlakatning 5 tasi, 100 ta eng yirik TMK (Transmilliy korporatsiya)ning 28 tasi, 20 ta eng salmoqli bankning 11 tasi ham Yevropada joylashgan. Dunyodagi jami horijiy investitsiyalarning salkam yarmi Yevropa davlatlari tomonidan jalb qilinadi (ushbu ko'rsatkich AQSH bo'yicha 20% ga teng). Milliy (global) raqobatbardoshlik reytingiga binoan (2008-2009-yy.) Yevropa mamlakatlari quyidagi o`rinlarni egallaydi: Shveysariya 2 (AQSHdan keyin), Daniya, Shvetsiya, Finlandiya, Germaniya va Niderlandiya tegishli tarzda 3,4,6,7 va 8-o`rinlarni. Yevropada jahonning yetakchi bank-moliya markazi - London joylashgan. U barcha ko'rsatkichlar bo'yicha Nyu-York va Tokio shaharlaridan oldinda turadi. Yevropa jahon xo'jaligida sanoat va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi, tovarlar va xizmatlar eksporti, oltin va valuta zaxiralari, xalqaro turizm rivojlanganligi bo'yicha yetakchi o'rinlarni egallaydi. Regionning iqtisodiy salohiyatini «Katta sakkizlik»ka kiruvchi to'rt davlat - Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya va Italiya belgilab beradi. Aynan ana shu davlatlar ulkan ishlab chiqarish soha va tarmoqlariga ega. Biroq, ular о`rtasida «kuchlar» nisbati oxirgi o‘n yil ichida o'zgardi. Hozir asosiy rolni Germaniya o'ynamoqda. Mazkur mamlakat reindustrializatsiya yo`lidan ildam sur`arlarda rivojlanmoqda. Boshqa davlatlar ichida Ispaniya, Niderlandiya, Shvetsariya, Belgiya va Shvetsiya katta iqtisodiy salohiyatga ega. Ularning iqtisodiyotlari to`rt yirik davlatlardan farqli o`laroq, Yevropa va butun dunyoda tan olingan alohida tarmoqlarga ixtisoslashgan. Iqtisodiy ochiqlik Belgiya va Niderlandiyada keng tus olgan. Qit`ada Sharqiy Yevropa mamlakatlari iqtisodiyoti ham munosib o`rin egallaydi. Ushbu mamlakatlarda XXI asrda ham bozor tamoyillariga asoslangan tizimga o`tish davom etmoqda. Download 420 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling