1. Yevropa haqida


Yevropa qit’asida integratsiyalashuv jarayononini rivojlanishi


Download 420 Kb.
bet13/15
Sana13.01.2023
Hajmi420 Kb.
#1091593
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Yevropa davlatlari iqtisodiyotining rivojlanish bosqichlari

4. Yevropa qit’asida integratsiyalashuv jarayononini rivojlanishi.
Mintaqaviy iqtisodiy integratsiya xususida so‘z borganda, eng avvalo, G ‘arbiy Yevropa mamlakatlarining bu borada erishgan yutuqlari va hozirgi kunda jo ‘shqin rivojlanayotgan Sharqiy, Janubiy-Sharqiy Osiyo mintaqalari tasavvurimizga keladi. Lekin, integratsiya jarayonlarining shakllanishi, ya’ni amalga oshirish chora tadbirlari va tashkiliy tuzilmalarni bunyod etishdagi qiyinchiliklar, muzokaralar mazkur jarayonning ko‘rinar ko’rinmas jihatlaridir. Jahon xo‘jaligi integratsiyalashuvining turli darajada rivojlanishiga qaramasdan, unga undovchi maqsadlar bir-biriga o‘xshash bo‘lib, deyarli barcha integratsion guruhar quyidagi maqsadlarni ko‘zlaydilar:
1.Iqtisodiyot ko‘lamini kengaytirishdan olinadigan manfaat (Bozor chegaralarining kengayishi, transaksion xarajatlaming pasayishi, investitsiyalar oqimining ortisli, Markaziy Amerika va Afrika davlatlari guruhida yaqqol ko‘rinadi).
2.Qulay tashqi siyosiy muhitning shakllanishi. (Ishtirokchi mamlakatlar siyosiy, harbiy, ijtimoiy va boshqa noiqtisodiy sohalardagi ham jihatlikka o‘zaro tushunish va hamkorlik asosida erishadilar. Masalan, Yevropa Ittifoqidagi katta va kichik davlatlar tajribasi shundan dalolat beradi).
3.Savdo siyosati masalalarini birgalikda hal etish. (Ishtirokchi mamlakatlar BSTdagi ko‘p tomonlama muzokaralarda kuchli pozisiyaga erishadilar. Xususan, Ylga a’zo davlatlarning guruh sifatidagi harakati).
4.Iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurishda ko‘maklashuv. (Guruhdagi rivojlangan ishtirokchi davlatlarning bozor islohotlari, ularning kapital va texnologiyalaridan foydalanish imkoniyati. Masalan, Yevropa Ittifoqi doirasidagi integratsiya.)
5.Milliy sanoat tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash. (Yirik mintaqaviy bozor shakllanishi asosida erishiladi. Masalan, Lotin Amerikasi davlatlaridagi integratsya jarayonlari).
Yevropada integratsiya jarayonlarining rivojlanish bosqichlari G‘arbiy Yevropa mintaqasi davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro savdo sotiq aloqalari o‘ta jadal rivojlangan hudud sifatida hamda xalqaro savdo tarixi nuqtayi nazaridan e’tiborga loyiqdir. XVI-XIX asrlarda Buyuk Britaniya, Fransiya, Ispaniya, Portugaliyaning kolonializm siyosati davridayoq savdo va ishlab ehiqarishni rivojlantirishda asosiy e ’tibor arzon xomashyo hamda ishchi kuchidan foydalanishga qaratilgan ho'Isa, XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib, mintaqaviy savdo-sotiq aloqalarini kengaytirishga qaratildi. Bu davrda, ya’ni 1870-yillarda Germaniya markazlashgan davlat sifatida shakllandi. Fan va texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish, yuqori darajada texnik qurollangan milliy sanoatni shakllantirish - bevosila iqtisodiy o‘sish omili bo‘lib xizmat qildi. Birinchi jahon urushi ham «bo‘lingan dunyoni qaytadan bo‘lish» masalasini hal eta olmadi. Germaniyaning harbiy sanoat kompleksini rivojlantirishi va qo'shni davlatlarni bosib olishi xavfi kuchayib bordi. Ikkinchi tomondan, xususiy mulkchilik batamom bartaraf etiladigan, «proletar diktaturasi»ga asoslangan iqtisodiy tizimni «eksport qilish» xavfi barcha Yevropa mamlakatlarini tahlikaga solar edi. Shu sababdan, iqtisodiy integratsiyaning zaruriy shart-sharoitlari Ikkinchi jahon urushiga qadar shakllanmagan edi. Ikkinchi jahon urushidan keyin barcha davlatlar mislsiz iqtisodiy inqirozga uchradilar. Aksariyat mamlakatlar duchor bo‘lgan ishsizlik va kambag'allik, mahalliy sanoatning batamom barbod bo‘lganligi qichqa muddatlarda tiklanishni, umuman, imkoni yo‘qligidan dalolat edi. Shu davrda barcha taraqqiyparvar kuchlar G‘arbiy Yevropa mamlakatlarining mafkuraviy asoslarini erkinlashtirish va mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikka tayanadigan xalqaro iqtisodiy tartibotni ta’minlash zarurligi xususidagi g'oyalarni ilgari sura boshladiiar. Yevropaniog qayta tiklanish va iqtisodiy rivojlanishida «Marshal rejasi» muhim rol o‘ynadi va uning doirasida G ‘arbiy Yevropada barqaror o‘sish va savdo-sotiq aloqalarini keng koMamda amalga oshirishda katta yordam ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, mustamlaka imperiyalarining yemirilishi natijasida sobiq metropoliyalar tashqi iqtisodiy strategiyalarini qayta ко‘rib chiqib, qo‘shnilari bilan aloqalarini chuqurlashtirishga majbur bo‘lgan edilar. Yevropada iqtisodiy integratsiyaning hoshlang'ich muddati sifatida 1950-yil 9-may sanasi e’tirof etiladi. Fransiya Tashqi ishlar vaziri R.Shumanning 1950-yil 9-mayda Parijda bergan bayonoti bu o‘rinda tarixiy ahamiyatga ega. U Fransiya bilan GFRdagi jami ko‘mir va po‘lat ishlab chiqarislmi umumiy bosh rahbariyat tomonidan boshqariladigan bo’lishini taklif etdi. Natijada 1951-yilning aprelida Yevropa ko’mir va po‘lat birlashmasi (YeKPB) ta’sis etilishi to‘g‘risida Parij shartnomasi imzolandi. Uning larkibiga oltita davlat-Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg, GFR, Fransiya, Italiya davlatlari kirdi. Shartnoma 1953-yildan boshlab kuchga kirdi. Messin konferensiyasi (1955-yil iyun) Yevropa Ittifoqi tuzilishiga yangi turtki berdi. Unda Yevropa integratsiyasi to‘g‘risidagi Benilyuks memorandumi muhokama qilingan edi. G‘arbiy Yevropadagi integratsion jarayonlarda 1957-yil 25 martda Rim shahrida bo‘lib o‘tgan konferensiya va unda qabul qilingan shartnomalar alohida o‘rin egallaydi. Unda Messin konferensiyasining asosiy qoidalarini hayotga tatbiq etish choralari aniq belgilangan bo‘lib, bojxona ittifoqi tuzish va umumiy siyosat yuritishga, ayniqsa qishloq xo‘jaligida hamkorlik qilishga asoslangan Yevropa iqtisodiy Hamjamiyati (YelH), Atom energiyasi b'yicha Yevropa Hamjamiyati (Yevroatom) ta’sis etilgan edi. Kuchga kirgan Rim shartnomalari YeKPB, YelH va Yevroatomni birlashtirgan edi. Yevropada savdo-sotiqni rivojlantirish maqsadida 1960-yil mart oyida Yevropa Erkin Savdo Assotsiatsiyasi tuzildi va unga YeKPB va Yevroatomga a’zo bo‘lmagan davlatlar: Avstriya, Buyuk Britaniya, Daniya, Norvegiya, Portugaliya, Shveysariya, Shvesiya kirdi. Garchi assotsiatsiyaning faoliyati 1973-yilgacha samarali kechmagan bo‘lsada, Yevropa Hamjamiyati davlatlaridagi integratsion jarayonlar o‘ta jadallashgan davrda hamjamiyatga a ’zo bo’lmagan davlatlar ham savdodagi to‘siqlarni olib tashlab, boj tariflari bo’yicha deyarli bir xil darajalarni qo‘llay boshladilar. Bu Yevropa bo‘ylab tovar va xizmatlar harakatida erkinlik, yagona bojxona hududidek. makonni shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. YelFI to‘g‘risidagi shartnomada a’zo mamlakatlar doirasida kvotalarning bekor qilinishi va davlatlararo savdo yo‘lidagi boshqa to‘siqlarning bartaraf etilishini, tovarlar, shuningdek, shaxslar, kapital va xizmatlar erkin harakatda bo‘lishini ko‘zda tutadigan bojxona ittifoqi tuzishdan iborat asosiy maqsad ko‘rsatilgan. Shartnoma qishloq xo‘jaligi, tashqi savdo, ijtimoiy va qonunchilik sohalarida umumiy siyosatning aniq yo‘nalishlarini rasmiylashtirishni nazarda tutar edi. Lekin, YeM to‘g‘risidagi shartnomada makroiqtisodiy va moliyaviy siyosat masalalari xususidagi mezon hamda ko'rsatkich Ishlab chiqilmagan edi. Bundan tashqari, ittifoqdosh davlatlardagi ijtimoiy va tashqi siyosat muammolari ham shartnoma doirasiga kiritilmagan edi. 1960-1970-yillarda Yevropa mamlakatlarining aksariyati qishloq xo'jalik mahsulotlarining yirik importyori hisoblanardi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari savdoga tegishli tariflar bilan himoyalangan bo‘Isa-da, asta sekinlik bilan ko‘pgina davlatlar oziq-ovqat mahsulotlari bilan o‘z milliy ishlab chiqarish quvvatlari evaziga mamlakatni to‘liq ta’minlash darajasiga yaqinlashdi. Shubhasiz, bu integratsiya asosida chuqur o‘ylangan agrar siyosat va uni qo‘llab-quvvatlash dastaklari hamda tegishli chora-tadbirlar natijasi bo'ldi. YelHni tuzish rejalariga ko‘ra, hamjamiyatga a’zo davlatlar o‘rtasida bojxona ittifoqi tuzishni 1970-yilniitg 1 yanvarigacha tugallash vazifasi belgilangan edi. Mazkur jarayon deyarli dastlabki a’zo davlatlar miqyosida hal etilgandi. Lekin 1973-yildan hamjamiyatga Buyuk Britaniya, Daniya, lrlandiya davlatlari a’zo bo‘lib kirdi va ushbu jarayonni mazkur yangi davlatlarda ham amal qilishi uchun tegishli vaqt talab qilindi. Yevropa Ittifoqining kengayishi masalalari alohida e’tiborga loyiq bo’lib , bu masalalar ilk bor 1969-yil Gaagada o‘tkazilgan konferensiyada muhokama etildi. 1973-yil «oltilikka» Buyuk Britaniya, Daniya, lrlandiya qo‘shilgan bo‘Isa, 1981-yil Gresiya, !986-yil Ispaniya va Portugaliya, 1995-yil Avstriya, Finlyandiya va Shvetsiya davlatlari qo'shildi. Bu davrda sobiq «sotsialistik lager» tuzilmasi batamom o‘z mavqeini yo‘qotgandi. Avstriya, Finlyandiya va Shvetsiya davlatlari kichik davlatlar sanalsa-da, ulardagi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar ittifoqdagi mamlakatlarning ko‘rsatkichlaridan uncha katta farq qilmasdi. Bundan tashqari, ushbu davlatlar tashqi savdo aylanmasining 50-60 foizi YelH davlatlari hissasiga to’g‘ri kelardi. Ittifoq miqyosi kengayishi 5 bosqichda kechgan. 1990-yiiIarda ko‘pgina Sharqiy va Markaziy Yevropa davlatlaridagi tub o‘zgarishlar va bozor munosabatlarining qaror topishi Yelning kengayishi uchun shart-sharoitlar vujudga kelayotganligidan dalolat berar edi. Bundan tashqari, xalqaro vaziyat, siyosiy vazifalar ham o‘zgarayotgan edi. Yel miqyosida Iqtisodiy-Valyuta Ittifoqi (IVI) tuzilishini jadallashtirish vazifalarini hal qilish uchun ham qulay shart-sharoit yaratildi. Jumladan, 1990-yillarning boshida «sovuq urush» tugallandi, Yel ko‘plab xalqaro muammolarni hai qilish javobgarligini o‘z zimmasiga oidi.

Download 420 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling