1. Yevropa haqida


Download 420 Kb.
bet1/15
Sana13.01.2023
Hajmi420 Kb.
#1091593
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Yevropa davlatlari iqtisodiyotining rivojlanish bosqichlari


Reja:
1. Yevropa haqida.
2. Yevropa qit’asinining iqtisodiy rivojlanish bosqichlari.
3. Yevropa qit’asining iqtisodiy tarmoqlariga umumiy ta’rif.
4. Yevropa qit’asida integratsiyalashuv jarayononini rivojlanishi.
5. Yevropa qit’asini subregionlarga ajralishi.

1. Yevropa haqida
Hududi, chegaralari, geografik o`rni
Yevropa qit’asining maydoni 10 mln. km.kv ni tashkil etadi. Shundan 5,9 mln. km.kv ga teng hududda (Rossiyadan tashqari) Yevropadagi barcha mamlakatlar, shu jumladan, sobiq Ittifoq respublikalari joylashgan. Rossiya Federatsiyasi jami hududning 4,1 mln. km.kv ga teng qismi Yevropa qit'asiga to‘g‘ri keladi. Yevropa qit’asi shimoldan janubga (Shpitsbergen orollaridan O’rta dengizda joylashgan Krit oroligacha) 5 ming km ga, g’arbdan sharqqa (Portugaliyaning Atlantika okeani sohilidan Rossiyaning Ural tog‘laridagi Yevropa - Osiyo qit’alari chegarasigacha) 6 ming km ga cho`zilgan. Yevropa aholisi (Rossiya aholisini hisoblamaganda) 2012-yil boshida 600 mln. kishini tashkil etdi yoki 1900-yilga nisbatan (300 mln) deyarli ikki martaga ko'paydi. Lekin, dunyo aholisi sonidagi uning salmog`i XX asr ichida 18% dan 9% gacha kamaydi.

1-rasm. Yevropa tabiiy xaritasi
Yevropa nisbatan kichik qit’a bo'lsa ham, umumgeografik o‘rni bu yerda xilma-xil iqlim mintaqalar va tabiat zonalarining shakllanishiga sabab bo'ldi. Shuning uchun ham qit’aga xilma-xil tabiiy sharoit xosdir. Yevropa har xil relyef shakllari - tekislik va pasttekisliklar, qir va tog'lar mavjudligi bilan ajralib turadi. Yevropada 26 ta har xil morfostruktura, 9 ta tabiiy-geografik o‘lka ajratiladi. Yevropada o'rtacha balandlikdagi tog'lar esa ancha katta maydonni egallaydi. Ularning ko'pchiligidan dovonlar orqali transport yo'llari o'tkazilgan. Yevropa hududi g`arb, shimol va janub tomonlardan dengiz va okeanlar suvi bilan o'ralgan. Shuning uchun ham Yevropada (Rossiyani hisobga olmaganda) dengizdan 600 km uzoqlikda bo'lgan joy yo`q. Jumladan, Buyuk Britaniyaning katta qismida aholi dengizdan atigi 60-80 km ga teng uzoqlikda istiqomat qiladi. Boshqa qit’a va materiklardan farqli o'laroq, Yevropa hududining 28%i inson tomonidan o'zlashtirilmagan, xolos.

Download 420 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling