1. Yevropa haqida


Yevropa mamlakatlarining tabiiy resurslari


Download 420 Kb.
bet3/15
Sana13.01.2023
Hajmi420 Kb.
#1091593
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Yevropa davlatlari iqtisodiyotining rivojlanish bosqichlari

Yevropa mamlakatlarining tabiiy resurslari
Yevropa tabiiv resurslaming barchasi bilan yaxshi ta’minlangan. Qit’a mamlakatlari ushbu resurslardan o‘zining imkoniyatlari va ehtiyojlaridan, jahon bozoridagi vaziyatdan mamlakatda shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy holatdan kelib chiqqan tarzda har xil darajada foydalanmoqda. Bunda iqtisodiy va ijtimoiy omillardan tashqari tabiiy-geografik shart-sharoitlar ham muhim rol o`ynamoqda. Yevropada yer va suv resurslaridan intensiv tarzda foydalanilmoqda. Qit’a tabiiy sharoiti qishloq xo`jaligini rivojlantirish uchun umuman qulay hisoblanadi. Bu o‘rinda O'rta Yevropa va Janubiy Yevropa Shimoliy Yevropadan keskin ajralib turishini aytib o'tish lozim. Yevropa biologik resurslar, ayniqsa, o‘rmon resurslari bilan nisbatan yaxshi ta’minlangan. Bu yerda Shimoliy o‘rmon mintaqasining bir qismi (Rossiya, Finlandiya, Shvetsiya, qisman Norvegiya, Buyuk Britaniya) joylashgan. Finlandiya va Shvetsiyadan tashqari mamlakatlardagi o'rmonlar, asosan, yosh daraxtlardan tashkil topgan.
Agroiqlim resurslari O'rta Yevropa va Janubiy Yevropada qishloq xo'jaligini intensiv rivojlantirishga imkon beradi. Yevropa - mineral resurslaring sanoat ahamiyatiga ega bo'lgan konlari topilgan. Yoqilg'i-energetika resurslaridan toshko'mir, qo'ng'ir ko'mir, yonuvchi slaneslar, neft, tabiiy gaz, gidroresurslardan foydalanilmoqda. Toshko'mirning yirik konlari Germaniya (Rur, Saar), Buyuk Britaniya va Ukrainada (Donbass) ochilgan. Zaxiralari Buyuk Britaniyada 190 mlrd tonnadan GFR da salkam 300 mlrd tonnagacha boradi. Qo'ng'ir ko'mirning yirik konlari GFR va Polshada (185 mlrd. tonna) mavjud. Yonuvchi slaneslar Boltqbo'yidagi Estoniya Respublikasida qazib olinadi. Yevropa neft va tabiiy gazning ulkan konlariga ega bo`lmasa ham, har holda qit’alar ichida oxirgi o'rinda qolmagan Bunda Shimoliy va Norvegiya dengizlari shelfining ahamiyati juda kattadir. XX asrning 80-90-yillarida ushbu dengizlarning tubida dastlabki neft va tabiiy gaz konlari ochildi. Hozirgi vaqtda qazib olinayotgan neft miqdori 300 mln. t, gaz miqdori 200 mlrd. kub metr dan oshib ketdi. Neft va gaz konlarining asosiy qismi Buyuk Britaniya va Norvegiyaga tegishli.
Neft va tabiiy gaz Niderlandiya, Belgiya, Ruminiya, Ukraina, Belarus, Fransiya, Italiya mamlakatlarida ham qazib olinadi. Temir rudalarining yirik konlari Shvetsiya (Kirunavara), Fransiya (Lotaringiya) va Ukraina (Krivoy Rog, Kerch, Belozyorsk konlari)da joylashgan. Marganes rudasining yirik koni ham Ukrainada ochilgan. Yevropada, xususan, Polsha, Bolgariya, Ruminiyada mis-molibden, ruda konlari juda ko'p. Fransiya va Gretsiyada yirik boksit, Vengriyada nefelin konlari topilgan. Simob rudalari Italiya, Ispaniya, Ukrainada qazib olinadi. Polimetall rudalar konlari ko'pchilik mamlakatlarning hududlarida topilgan, lekin ularning zaxiralari unchalik katta emas. Yevropada, xususan, Italiyada, Ukrainada oltingugurt, Belarus, Ukrainada oltingugurt kaliy va osh tuzi konlari eng salmoqlidir.



Download 420 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling