1. Yevropa haqida


Yevropa Ittifoqining shakllanishi, yagona Yevropa akti, Maastrix va Amsterdam shartnomalari


Download 420 Kb.
bet14/15
Sana13.01.2023
Hajmi420 Kb.
#1091593
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Yevropa davlatlari iqtisodiyotining rivojlanish bosqichlari

Yevropa Ittifoqining shakllanishi, yagona Yevropa akti, Maastrix va Amsterdam shartnomalari
1991-yilda Maastrix (Niderlandiya Qirolligi) hamda 1997-yilda Amsterdamdagi yig‘ilishlarda qabul qilingan shartnomalar hozirgi Yevropa Ittifoqining shakllanishida alohida o‘rin tutgan. 1991-yilning dekabrida qabul qilingan Yevropa ittifoqi to'grisidagi Maastrix shartnomasi Yevropa integratsiyasi qaror topishida muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Maastrix shartnomasining maqsad-mohiyati quyidagilardan iborat:
-yaratilgan yagona bozor yo’lidan og‘ishmay borib, iqtisodiy va valyuta ittifoqi tomon intilish;
5. Yevropa qit’asini subregionlarga ajralishi.
Yevropa – Yevrosiyo materigining g‘arbiy qismini egallagan qit’a. Yevropa hududining maydoni 10 mln km² ga teng. Shundan 4,1 mln km² Rossiyaning Yevropada joylashgan qismiga to‘g‘ri keladi. Yevropa siyosiy xaritasida 44 mustaqil davlat (Rossiya bilan birga) joylashgan. Bundan tashqari, Turkiya va Qozog‘iston davlatlari ham qisman Yevropada joylashgan, ammo xalqaro statistikasida ular Osiyo qit’asi tarkibiga kiritilgan. Yevropa davlatlari odatda 4 ta yirik subregionlarga bo‘linadi: Shimoliy, G‘arbiy, Janubiy va Sharqiy Yevropa.
Chexiya va Slovakiya respublikalari Chexoslovakiya davlati tarkibidan ajralib chiqdi. Jahon hamjamiyati tomonidan to‘laligicha tan olingan oxirgi siyosiy-geografik o‘zgarish 2006-yildagi Serbiya va Chernogoriya federatsiyasining tarqalishi bo‘ldi. Ahamiyatlisi shundaki, Bolqon yarimorolidagi ayrim davlatlarning mustaqillikka erishish jarayoni tinch ravishda kechmasdan, harbiy ziddiyat, millatlararo va dinlararo fuqarolik urushlarni keltirib chiqardi. Bunday urushlarning eng qonlilari Bosniya va Gersegovina hamda Xorvatiya davlatlarida 1992–1995-yillarda sodir bo‘ldi. Sobiq Yugoslaviya hududida, xususan Serbiya va Makedoniya davlatlarida, geosiyosiy vaziyat haligacha to‘liq barqarorlashgani yo‘q. Sharqiy Yevropa subregionining yana bir xususiyati bironta ham monarxiya davlati yo‘qligidan iborat. Rossiya hamda Bosniya va Gersegovina hududiy-davlat tuzilish jihatidan federativ, boshqa davlatlar esa unitar tuzilishga ega. Subregion hududi asosan, ulkan Sharqiy Yevropa tekisligidan iborat bo‘lsada, yirik tog‘ tizimlari ham mavjud. Tog‘lar Chexiya, Slovakiya, Ruminiya, Albaniya va sobiq Yugoslaviya davlatlari hududining katta qismini egallaydi. Foydali qazilmalardan neft va tabiiy gaz (Rossiya, Ruminiya), tosh va qo‘ng‘ir ko‘mir (Ukraina, Rossiya, Polsha, Chexiya, Slovakiya, Serbiya), temir rudalari (Rossiya, Ukraina, Polsha), rangli metallar (Albaniya, Serbiya, Bosniya va Gersegovina, Ruminiya), kaliy tuzlari (Belarus, Rossiya), torf (Belarus, Rossiya) zaxiralarini alohida ko‘rsatib o‘tish mumkin. Sharqiy Yevropaning tog‘li mamlakatlari gidroenergiya resurslariga boy bo‘lib, ulardan samarali ravishda foydalanilmoqda. Shuning uchun ham Slovakiya, Bosniya va Gersegovina, Ruminiya, Albaniyaning energetika balansida GES ulushi yuqori. Aholi daryo vodiylari, dengiz bo‘ylarida hamda yirik sanoat rayonlarida zich joylashgan. Urbanizatsiya darajasi, Moldova, Bosniya va Gersegovina hamda Sloveniyadan tashqari, 50 foizdan yuqori, ayrim davlatlarda esa 70 foizdan ham ortib ketadi. Lekin o‘rtacha olganda, boshqa subregionlarga nisbatan Sharqiy Yevropaning shaharlashuv darajasi biroz pastroq. Eng yirik shahar aglomeratsiyalari Moskva, Sankt-Peterburg, Praga, Kiyev, Budapesht negizida, Ukrainadagi Donetsk-Dneprbo‘yi va Polshadagi Sileziya sanoat rayonlarida, Rossiya hamda Bolgariyaning Qora dengizbo‘yi sohillarida shakllangan. Sharqiy Yevropa davlatlarida oxirgi yillarda shakllangan demografik vaziyat inqirozli ko‘rinishga ega bo‘lib, tug‘ilishning o‘lim darajasidan pasayib ketganligi bilan tavsiflanadi. Shuning uchun ham Sharqiy Yevropadagi aksariyat mamlakatlar aholi soni tez sur’atlar bilan kamayib borayotgan davlatlar qatoriga kiradi. Aholining milliy tarkibida slavyan xalqlari yetakchilik qiladi. Slavyan xalqlari guruhiga rus, ukrain, belarus, polyak, bolgar, serb, xorvat, chex, slovak, bosniyalik, sloven, makedoniyalik, chernogoriyaliklar kiradi. Sharqiy Yevropa mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy darajasi bir-biridan ancha farq qiladi. Garchi bu yerdagi hamma mamlakatlar o‘tish iqtisodiyotidagi davlatlar safiga kiritilgan bo‘lsada, Sloveniya, Chexiya, Vengriya, Slovakiya, Xorvatiya, Polsha kabi davlatlarning aksariyat iqtisodiy ko‘rsatkichlari Yevropadagi rivojlangan davlatlar pog‘onasiga yaqinlashgan bo‘lsa, Albaniya, Makedoniya, Moldovaning ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari birmuncha past bo‘lib, ko‘proq rivojlanayotgan mamlakatlarning darajasiga tortadi. Sharqiy Yevropa mamlakatlarining xalqaro ixtisoslashuvi asosan ko‘p tarmoqli sanoat, jumladan, yoqilg‘i-energetika (Rossiya, Polsha, Chexiya, Ruminiya), qora metallurgiya (Rossiya, Ukraina, Polsha, Serbiya, Chernogoriya), rangli metallurgiya (Serbiya, Chernogoriya, Albaniya), kimyo (Rossiya, Belarus, Ukraina, Polsha), mashinasozlik (Rossiya, Ukraina, Belarus, Polsha, Chexiya, Slovakiya, Vengriya, Sloveniya), yengil sanoati (Rossiya, Polsha, Chexiya), oziq-ovqat (Chexiya, Ukraina, Bolgariya, Serbiya, Ruminiya, Makedoniya, Moldova) ishlab chiqarishlari bilan belgilanadi. Ba’zi davlatlar dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarining eksporti bilan ham ajralib turadi (Vengriya, Polsha, Serbiya, Bolgariya). Ko‘p davlatlari uchun turizm sohasi ham muhim daromad manbayi hisoblanadi. Iqtisodiyotning bu tarmog‘i, ayniqsa, Bolgariya, Ruminiya, Chexiya, Slovakiya, Xorvatiya, Chernogoriya, Sloveniya, Vengriya kabi davlatlar uchun katta ahamiyat kasb etadi.


Download 420 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling