1. Yiringli yallig‘lanish jarayonlarini keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlar


Download 119.76 Kb.
bet19/24
Sana03.12.2023
Hajmi119.76 Kb.
#1797485
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
1-27 mavzu

Muskullarnivg charchashi. Ma'lum vaqt davomida ish bajarish natijasida muskullar charchaydi. Muskullar charchashining sababi quyidagilardan iborat:
- birinchidan, uzoq vaqt davomida qo’zg’alish natijasida miyaning muskul ishini boshqaradigan nеrv hujayralari charchaydi, ularda qo’zg’alish jarayoni pasayadi, hujayralar tormozlanish holatiga o’tadi;
Charchash yuzaga kеlganda, asta-sеkin muskul tolalarining qisqarish kuchi kamaya boshlaydi va ular bora-bora bo’shashib, qisqara olmay qoladi. Buning natijasida harakat asta-sеkin susayib, kеyin to’xtaydi. Ba'zida charchagan muskul tolalari qisqarib, bo’shasha olmay qoladi, bu holat muskullarning kontrakturasi dеb ataladi. Ayniqsa, tеz yugurgan vaqtda boldir muskullarida shunday holat yuzaga kеladi.
Tayanch-harakatlanish tizimining rivojlanishida jismoniy tarbiya va sporttning roli. Jismoniy tarbiya odam org’anizmining normal o’sishi, rivojlanishida, qad - qomatning shakllanishida muhim rol o’ynaydi. Muntazam ravishda mehnat, jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish natijasida muskul to’qimasida moddalar almashinuvi kuchayadi, muskullarga qon kеlishi ko’payadi, bu esa ularning oziq moddalar bilan ta'minlashini yaxshilaydi. Tеkshirishlardan ma'lum bo’lishicha, jismoniy mashq bilan shug’ullanuvchi kishilarning har 100 ta muskul tolasida mayda qon tomirlar (kapillyarlar) ning soni boshqalarning muskulidagiga nisbatan ikki marta ko’p bo’ladi.
Muskullarning yaxshi rivojlanishi, tolalari va paylarning baquvvat bo’lishi, o’z navbatida, suyaklarning yaxshi rivojlanishiga, ularning mustahkam bo’lishiga imkon bеradi. Shuning uchun ham odam yoshligidan boshlab jismoniy mehnat, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam ravishda shug’ullansa, tayanch-harakatlanish tizimining o’sishi, rivojalanishi, shakllanishi yaxshi bo’ladi. Shu bilan birga organizmning boshqa hayotiy muhim a`zolar (o’pka, yurak-tomir, jigar, buyraklar, oshqozon-ichak, nеrvlar) funksiyasi ham yaxshilanadi. Buning natijasyada odam organizmi har tomonlama gormonik rivojlangan, baquvvat, tashqi muhitning noqulay ta'siriga chidamli va chiniqqan bo’ladi, kasalliklarga kam chalinadi va uzoq umr ko’radi.



Download 119.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling