YONG’IN XAVFSIZLIGI TO`G’RISIDA
(O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to`plami, 2009 y., 40-son, 432-modda)
Qonunchilik palatasi tomonidan 2009 yil 24 iyunda qabul qilingan Senat tomonidan 2009 yil 28 avgustda ma`qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi yong’in xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni
tartibga solishdan iborat.
2-modda. Yong’in xavfsizligi to`g’risidagi qonun hujjatlari
|
Yong’in xavfsizligi to`g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa
qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O`zbekiston Respublikasining halqaro shartnomasida O`zbekiston Respublikasining yong’in xavfsizligi to`g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo`lsa, halqaro shartnoma qoidalari qo`llaniladi.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo`llaniladi:
yong’in — odamlarning hayoti va (yoki) sog’lig’iga, yuridik va jismoniy shahslarning mol-mulkiga, shuningdek atrof tabiiy muhitga zarar yetkazadigan, nazorat qilib bo`lmaydigan yonish;
yong’in nazorati — yong’in xavfsizligi talablariga rioya qilinishini tekshirish va tekshiruv natijalari bo`yicha chora-tadbirlar ko`rish maqsadida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan faoliyat;
yong’inlar profilaktikasi — yong’inlar kelib chiqishi ehtimolini istisno etishga va ularning oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan ogohlantirish choratadbirlari majmui;
yong’indan saqlash xizmati — odamlarning hayoti va sog’lig’ini, yuridik va jismoniy shahslarning mol-mulkini, atrof tabiiy muhitni yong’inlardan himoya qilish, shuningdek ob`ektlarda, aholi punktlarida hamda boshqa hududlarda yong’in xavfsizligini talab darajasida saqlab turish maqsadida belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqaruv organlari, kuchlar va vositalar majmui;
Do'stlaringiz bilan baham: |