Gazlar va changning yonishi. Yonuvchi gazlar havo bilan birikib portlash jihatidan xavfli aralashmalar hosil qilishi mumkin. Shu sababli ular portlash jihatidan xavfli moddalar toifasiga kiradi. Gaz-havo aralashmalarining xavflilik darajasi ularning alanga olish haroratiga va portlashning miqdoriy chegaralariga qarab baholanadi.
Gazlar barqaror yonayotganda harorati 1400ºC gacha, portlaganda esa 2000ºC gacha ko`tarilishi mumkin. Yonuvchi gazlarning, shuningdek, suyuqlik bug`larning portlashiga qarshi kurash tadbirlarini to`g`ri tashkil qilish uchun ularning havo bo`yicha zichligini bilish zarur, chunki havo bo`yicha zichligi birdan kichik bo`lgan gazlar xonaning yuqori qismida, zichligi birdan katta bo`lgan gazlar esa xonaning pastki qismida, quduqlar, o`ralar, handaqlarda to`planadi.
Ishlab chiqarishdagi alanga olish manbalari. Yonug`chi ashyolarning alanga olishiga va yonuvchi aralashmalarning portlashiga sabab bo`luvchi issiqlik manbalari o`zlarining issiqlik jamg`armalari va ularning yuzaga kelish sabablariga ko`ra turli tuman bo`lsa-da ammo ularning barchasi qandaydir energiya yoki kimyoviy reaktsiyalarda issiqlik chiqishi yoki ortishi yutilishining natijasidir.
Kimyoviy reaktsiyalarda issiqlik chiqishi yoki yutilishi. Ochiq alanga, cho`g`langan yonish mahsulotlari, uchqunlar, issiqlik chiqaradigan kimyoviy reaktsiyalar alanga olish manbai bo`lishi mumkin.
Turli xil gorelkalar, kavsharlash lampalari, elektr yoylari, isitish pechlari, elektr tokida va gaz alangasida payvandlash jarayonlari, chekish uchun yoqilgan gugurt yoki zajigalka ochiq alanga olish manbayi bo`lishi mumkin. Ochiq alanga manbaining va issiqlik energiyasi jamg`armasining harorati deyarli hamma yonuvchi moddalar va har qanday gaz-havo hamda bug`-havo aralashmalarining alanga olishi uchun etarlidir.
3. O`zbekiston Respublikasining “Yong’in xavfsizligi to`g’risida”gi qonuni.
Do'stlaringiz bilan baham: |