1. Yozuv turlarida alohida toʻxtaling
Download 68.5 Kb.
|
3-mavzu. Grafika
Aim.uz 1. Yozuv turlarida alohida toʻxtaling.1.Yozuvning paydo bo’lishi –kishilik jamiyati yaratgan eng yirik mandaniy kashfiyot hisoblanadi. Insoniyatning qo’lga kiritgan eng yirik davrga xos madaniy obidalar yig’indisi, fikriy natijalarning hozirgi davrga yetib kelishi yozuvning paydo bo'lishi bog'liq. Qadimdan yozuvlarning bir necha turlari mavjud bo'lgan.Yozuv turlari: •Piktografiya yozuv •Logografik yozuv •Iyeroglifik yozuv •Ideagrafikyozuv •Mixsimon yozuv •Fonografik yozuv Bundan tashqari, Avesto, Xorazmiy, Baqtriya, Lotin yozuvlari ham mavjud boʻlgan. Olimlarning fikricha, har qanday yozuvning asosida musavvirlik yotadi. Atrof-tevarakdagi narsalarni suratda aks ettirish xamma xalqlarga xosdir. Shuning uchun xozirgi zamon yozuvi bo’lmagan paytda odamlar ba’zi xodisa va voqealarni uzoq, masofaga etkazish niyatida yoki zamonda abadiylashtirishni, jonli va jonsiz narsalarning rasmini chizish yo’li bilan amalga oshirishgan. Bunday yozuv piktografik yozuvdeb nom olgan. Bu atama ikki so’zdan iborat bo’lib birinchi yarim lotincha pictus(chizilgan) va ikkinchiyarmi grekcha grapho yozaman degan ma’nolarni anglatadi. Bu yozuvning birliklarini piktogrammalar deb atashadi. Yozuvning bu turi mukammal bo’lmay, u birinchidan.rasmlar orasidagi munosabatlarni, ularning tartibi-ni ko’sata olmaydi va buning natijasida bir maktubni bir necha xil o’qishga, talqin qilishga yo’l qo’yadi. Ikkinchidan, mavhum tushunchalarni aks ettirish imkoni yo’q, darajadadir.
2.Grafika tildagi tovushlarni, belgilarni korsatuvchi shakliy vositalar tizimi. Grafika haqida tushuncha Grafika grekcha grafikas co`zidan olingan bo`lib, yozuv degan ma’noni bildiradi. Grafika og`zaki nutqni turli shakllar, belgilar, raqamlar va chiziqlar yordamida aks ettiruvchi tilshunoslikning bir sohasi hisoblanadi. Grafik vositalarga harflar, belgilar va tinish belgilari kiradi. harf tovush ifoda etuvchi shakl. Tutuq () belgisi tovush ifoda etmaydigan shakl. Yozuvda qo`llanadigan (,) (.) (!) (?) (:) (
) (-) («») (;) () shartli belgilar tinish belgilari deb yuritiladi. Yozuvda 1, 2, 3 kabi raqamlar ham qo`llanadi.
Download 68.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling